1. Baholash mezonlari haqida tushuncha
Download 58.5 Kb.
|
Baholash mezonlari boyicha umumiy ma`lumot. Qayta topshirish va qayta o\'qish
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1. Baholash mezonlari haqida tushuncha.
Baholash mezonlari boyicha umumiy ma`lumot. Qayta topshirish va qayta o'qish Reja: 1. Baholash mezonlari haqida tushuncha. 2. Baholash mezonlarini har bir fan boyicha ishlab chiqishning maqsadi. 3. Talabalar bilim darajasini oqilona baholash. 1. Baholash mezonlari haqida tushuncha. Semestr davomida oqitilgan fan boyicha maksimal balning kamida 55 foizini toplagan talaba qoniqarli oqiyotgan deb hisoblanadi. Semestr davomida oqitilgan fan boyicha maksimal balning 55 foizidan kam ball toplgan talaba qoniqarsiz oqiyotgan talaba (akademik qarzdor) deb hisoblanadi. Semestr davomida fanlar boyicha toplangan ballar quyidagi ozlashtirish korsatkichlari bilan baholanadi: -86-100 foiz - «a`lo»; -71-85 foiz - «yaxshi»; -55 fozidan kam «qoniqarsiz». Talabaning barcha turdagi amaliyotlardan olgan bilim va konikmalari, kurs ish yoki kurs loyihasi, bitiruv malakaviy ishi (loyihasi), davlat attestatsiyasi natijalari ozlashtirish korsatkichlari bilan baholanadi va reyting daftarchasida alohida kayd etiladi. Bunda quydagi tartibda reyting ballar belgilanadi. - malkaviy amaliyotga ajratilgan reyting ballar miqdori, shu amaliyotga ajratilgan akademik soatlarga tengdir; - har bir yakuniy davlat attestatsiyasi ajratilgan maksimal reyting ballar miqdori 100 ball, deb qabul qilinadi. - kurs loyihalari uchun ajratilgan reyting ballar miqdori 50 ball; - kurs ishi uchun 30 ball, deb qabul qilinadi. Reyting ballarini hisoblashda talabaning oquv mashgulotlaridagi faolligi, mustaqil ishlarni bajarishga ijodiy yondasha olish, oquv-mehnat intizomiga amal qilish sifatlari ham hisobga olinishi (reyting bali doirasida 10% gacha) maqsadga muvofiq. Joriy baholash (JB), oraliq baholash (OB) va yakuniy baholash (YAB) turlarida fanni ozlashtira olmagan (55% dan kam ball toplagan) yoki sababli baholash turlarida ishtirok eta olmagan talabalarga bir hafta muddat ichida qayta baholashdan otishga ruxsat beriladi. Fan boyicha belgilangan maksimal reyting balning 55% dan kam ball toplagan talaba, belgilangan tartibda rektorning buyrugi bilan talabalar safidan chetlashtiriladi (birinchi kurs talabalariga nisbatan oquv yili yakunlari boyicha amalga oshirish maqsadga muvofiq). Talabani kursdan kursga otkazishda oquv rejada muayyan semestr (oquv yil)ga belgilangan fanlardan talaba toplagan reyting ballar miqdori hisobga olinadi va rektorning buyrugi bilan amalga oshiriladi. Download 58.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling