1 Bank tizimi. Markaziy bank va uning vazifalari
Tijorat banklari va ularning vazifalari
Download 99.39 Kb.
|
1-mavzu Iqtisodiyot
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ixtisoslashgan tijorat banklar
- Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki
15.2.Tijorat banklari va ularning vazifalari
Tijorat banklari o‘zlarining xo‘jalik mavqeiga ko‘ra aktsionerlik tipidagi muassasalar hisoblanadi. Huquqiy mavqeiga ko‘ra, faoliyatning biron bir turiga xizmat ko‘rsatuvchi, ixtisoslashgan yoki milliy bank bo‘lishi mumkin. Tijorat banklar sanoat, savdo va boshqa xil korxonalarni omonat tarzida jalb etilgan pul mablag‘lari hisobidan kreditlaydi, korxonalar o‘rtasida hisob-kitobni amalga oshiradi, shuningdek vositachilik va valyuta operatsiyalari bilan shug‘ullanadi. O‘zbekiston Respublikasining “Banklar va bank faoliyati” to‘g‘risidagi qonunida aytilishicha, tijorat banklari va aktsiyali pay asosida tashkil topgan xususiy banklar bo‘ladiki, ular “kredit hisob-kitob va o‘zga xil bank xizmatini ko‘rsatadilar”. Tijorat banklar faoliyatining asosiy maqsadi foyda chiqarib olishni ko‘zda tutadi. Tijorat banklari daromadining manbai mijozlarining bank xizmati uchun to‘lovi va aktivlardan - zayom, kredit, qimmatli qog‘ozlardan olinadigan foiz hisoblanadi. Ixtisoslashgan tijorat banklar – iqtisodiyotning turli sohalarida tijorat tamoyillarida kredit-pul operatsiyalarining muayyan turlarini amalga oshiradi. Jumladan bizning respublikada Sanoat qurilish banki – sanoat, transport, aloqa va moddiy-texnika ta’minoti sohalarida; Zamin, G‘alla, Paxta banklar – agrosanoat kompleksi tarmoqlari va sohalarida; Tadbirkor banki mayda va o‘rta biznes, kooperativ va yakka tartibdagi mehnat faoliyati sohasida kredit-pul operatsiyalarini amalga oshiradi. Xalq banki - mamlakatda omonat ishlarini tashkil etishni, naqd pulsiz hisob-kitob qilishni va aholi uchun kassa vazifasini amalga oshirishni, aholiga shaxsiy ehtiyojlarga kredit berishni va shu kabi operatsiyalarni ta’minlaydi. Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki eksport-import operatsiyalarini bevosita amalga oshiruvchi korxona va muassasalarga kredit beradi, qo‘shma korxonalarga kredit berishda qatnashadi, yig‘ma valyuta rejasining ijrosini, valyuta resurslaridan tejab foydalanishini nazorat qiladi, shuningdek tashqi iqtisodiy operatsiyalarga oid hisob-kitoblarni tashkil qiladi va amalga oshirishni ta’minlaydi. Tijorat banklari tizimida tor ixtisoslashishi bo‘yicha investitsion va ipoteka banklarni ajratib ko‘rsatish lozim. Download 99.39 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling