1 Bank tizimi. Markaziy bank va uning vazifalari


Download 99.39 Kb.
bet3/4
Sana24.09.2023
Hajmi99.39 Kb.
#1687288
1   2   3   4
Bog'liq
1-mavzu Iqtisodiyot

Investitsion banklar - maxsus kredit muassasalari bo‘lib, obligatsiya hamda qarz majburiyatlari boshqa turlarini chiqarish yo‘li bilan uzoq muddatli ssuda kapitalini jalb qiladi va ularni mijozlar (asosan davlat va tadbirkorlar) ga taqdim qiladi.
Investitsion kompaniyalar o‘zlarining qimmatli qog‘ozlarini chiqarish yo‘li bilan huquqiy investorlar pul resurslarini to‘playdi va ularni korxona (milliy va chet el)lar aktsiya va obligatsiyalariga joylashtiradi. Bunday kompaniyalar to‘liq investorlar manfaatini ifodalaydi va ularning asosiy maqsadi qo‘yilgan kapital hisobiga foyda olish hisoblanadi.
Ipoteka banklar – bu ko‘chmas mulk (er va inshoot) hisobiga uzoq muddatli ssuda berishga ixtisoslashgan kredit muasasalar. Ipoteka bankning resurslari o‘zlarining ipoteka obligatsiyalari hisobiga shakllanadi. Olingan ssudadan uy-joy va boshqa inshootlar qurish, korxonalarning ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish uchun foydalaniladi.
Barcha tijorat banklari zahira (rezerv)larining hajmi va tarkibi bo‘yicha Markaziy bank tomonidan o‘rnatiladigan ma’lum talablarga javob berishi zarur.
Xukumat va O‘zbekiston Markaziy banki tomonidan davlat ehtiyojlari uchun fermer xo‘jaliklardan paxta va bug‘doy etishtirish harajatlarini maksadli kreditlashga bosqichma-bosqich o‘tkazish bo‘yicha bir qancha chora-tadbirlar amalga oshirildi.
Qarzdorlarning kreditlari haqidagi ma’lumotlarni hisobga olish maksadida O‘zbekiston Markaziy banki tomonidan Kredit ma’lumotlari milliy institutini (KMMI) tashkil etish bo‘yicha nizom qabul qilinib, kredit ma’lumotlari Banklararo kredit byurosiga (BKB) va tijorat banklariga taqdim etildi. Kredit ma’lumotlarining yagona reestri tijorat banklarining kredit, lizing va faktoringli shartnomalari, garovga qo‘yilgan mol-mulk va kafolatlar hamda davlat statistika idoralari, nodavlat tashkilotlar va xo‘jalik sub`yektlaridan olingan ma’lumotlar asosida shakllantiriladi. Qarz oluvchilarning krediti haqidagi ma’lumotlardan samarali foydalanish bank nazorati sifatini oshirishga va kredit hatarlarining kamayishiga olib keladi.
Tijorat banklari kredit qo‘yilmalari hajmi 2017 yil davomida 58 trln. so‘mga yoki 110 foizga (2016 yilda – 32 foiz) o‘sib, 2018 yilning 1 yanvar holatiga 110,6 trln. so‘mga etdi hamda kredit qo‘yilmalarining YaIMdagi ulushi 44,4 foizgacha (2016 yilda

– 26,4 foiz) oshdi. Kredit qo‘yilmalarining (netto) jami aktivlar tarkibidagi ulushi esa 61,9 foizdan 65,1 foizgacha oshdi.





















1 - j a d v a l Tijorat banklarining kredit qo‘yilmalari (foizda).





























Download 99.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling