1 Bank tizimi. Markaziy bank va uning vazifalari
1-mavzu Iqtisodiyot
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bank turlari Jami Shundan
- Shundan xorijiy
- 15.3.Bank tizimini takomillashtirilishi
- Tijorat banklarining jami kapitali tarkibi va dinamikasi (mlrd.so‘m).
- Davlat ulushiga Kapitalida davlat
- Ko‘rsatkichlar ulushi bo‘lmagan
- 2016 y. 2017 y. foizda
2016 yil
|
2017 yil | |||||||
2018 yil2 | ||||||||
Bank turlari |
Jami |
Shundan |
Jami |
Shundan |
Jami |
Shundan | ||
xorijiy |
Xorijiy |
xorijiy | ||||||
|
kreditlar |
kreditlar |
kreditlar | |||||
|
valyutada |
Valyutada |
valyutada | |||||
Davlat ulushiga ega banklar |
84,2 |
94,7 |
88,4 |
94,3 |
88,0 |
– | ||
|
|
|
|
|
|
| ||
Kapitalida davlat ulushi |
15,8 |
5,3 |
11,6 |
5,7 |
12,0 |
– | ||
bo‘lmagan banklar | ||||||||
|
|
|
|
|
|
M a n b a: O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 2017 yildagi faoliyati to‘g‘risida hisobot, 2018 yil.
2017 yili yakuni bo‘yicha tijorat banklari jami kredit qo‘yilmalarining asosiy qismi, ya’ni 88,4 foizi davlat ulushiga ega tijorat banklari hissasiga to‘g‘ri kelgan bo‘lib, ushbu ko‘rsatkich 2018 yil davomida 0,4 foiz bandga kamaygan. Bunda 2017 yil davomida chet el valyutasidagi kredit qo‘yilmalarining deyarli barchasi (94,3 foizi) davlat ulushiga ega tijorat banklari tomonidan moliyalashtirilgan.
2018 yilda iqtisodiyotdagi iste’mol va investitsion talab hajmining jadal oshishi iqtisodiyotga ajratilayotgan bank kreditlari hajmining sezilarli darajada oshishi bilan ham bog‘liq.
Xususan, 2018 yilning yanvar- sentyabr oylarida iqtisodiyotga ajratilgan kreditlar umumiy hajmi 2017 yilning mos davriga nisbatan 1,8 barobarga yoki 34,1 trln. so‘mdan 69,9 trln. so‘mgacha, YaIMga nisbatan ulushi esa 19,3 foizdan 28,6 foizgacha oshgan.
Biroq, kreditlar hajmi oshishi va pul massasi o‘sishi o‘rtasida keskin tafovut-ning vujudga kelishi hamda ajratilgan kreditlarning yalpi ichki mahsulot hajmidagi ulushi yuqori sur’atda o‘zgarishi mazkur kreditlar hisobiga yaratilgan ichki talabning bir qismi import hisobidan qoplanayotganligidan dalolat beradi.
15.3.Bank tizimini takomillashtirilishi
O‘zbekiston Respublikasi bank tizimi mamlakat iqtisodiyotining muhim va jadal sur’atlar bilan rivojlanayotgan sohasi hisoblanadi. Ushbu sohaga alohida ahamiyat baxsh etar ekan, u milliy iqtisodiyotni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida tanlab olingan.
Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev Oliy Majlisga Murojaatnomasida: «Bugungi kunda bank tizimidagi eng asosiy muammo – ular kapitalining asosiy qismi, ya’ni, 83 foizi davlatga tegishli ekanidir. Bu, o‘z navbatida, bank sektorida sog‘-lom raqobatga to‘siq bo‘lib, xizmat ko‘rsatish sifatiga salbiy ta’sir qilmoqda» deya ta’kidladilar.1
Banklar kapitallashuv darajasini oshirish borasida amalga oshirilgan chora-tadbirlar natijasida tijorat banklarining umumiy kapitali 2017 yil davomida 2,3 ba-robarga ko‘payib, 2018 yilning 1 yanvar holatiga 20,7 trln. so‘mni, ustav kapitali umu-miy miqdori esa 2,8 barobarga oshib, 16,3 trln. so‘mni tashkil etdi. Bunda davlat ulu-shiga ega banklar kapitali 11,7 trln. so‘mga oshdi.
Valyuta siyosatining liberallashtirilishi sharoitida tijorat banklarining moliyaviy barqarorligi va likvidliligini ta’minlash hamda iqtisodiyotning kreditga bo‘lgan o‘sib borayotgan ehtiyojini qondirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Pre-zidentining tegishli qarorlariga muvofiq davlat ulushiga ega banklar kapitaliga Hukumat tomonidan 670 mln. AQSh dollari miqdorida mablag‘lar yo‘naltirildi.
|
|
|
|
|
|
|
|
| |||
|
|
|
|
|
|
|
|
| |||
2 - j a d v a l Tijorat banklarining jami kapitali tarkibi va dinamikasi (mlrd.so‘m). |
| ||||||||||
|
| ||||||||||
|
|
|
|
|
|
|
|
|
| ||
|
Davlat ulushiga |
Kapitalida davlat |
|
|
| ||||||
Ko‘rsatkichlar |
ulushi bo‘lmagan |
|
Jami |
| |||||||
ega banklar2 |
|
| |||||||||
|
|
|
|
|
banklar |
|
|
|
| ||
|
2016 y. |
2017 y. |
foizda |
2016 y. |
2017 y. |
Foizda |
2016 y. |
2017 y. |
foizda | ||
Jami kapital |
6573 |
16672 |
253,6 |
2408 |
4005 |
|
166,3 |
8981 |
20676 |
230,2 | |
Ustav kapitali |
4616 |
14195 |
307,5 |
1189 |
2111 |
|
177,5 |
5805 |
16307 |
280,9 | |
Zaxira kapitali |
12 |
14 |
116,7 |
29 |
54 |
|
186,2 |
41 |
68 |
165,9 | |
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
| |
Taqsimlanmagan foyda |
1062 |
1269 |
119,5 |
406 |
524 |
|
129,1 |
1468 |
1793 |
122,1 | |
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
Bundan tashqari, 2018 yil yanvar–dekabr sanasi davomida kapitalida davlat ulushi bo‘lmagan tijorat banklari umumiy kapitali 1,6 trln. so‘mga oshirilgan bo‘lib, shundan 1 trln. so‘mi qo‘shimcha aktsiyalar va qarz qimmatli qog‘ozlarni joylashtirish orqali shakllantirildi.
Shuning uchun mamlakatimizning moliyaviy-iqtisodiy barqarorligi ko‘p jihatdan ularning samarali faoliyatiga bog‘liq. Birinchi navbatda tijorat banklari, ularning muassislari kapitallashuv darajasini oshirish bo‘yicha boshlangan ishlarni oxiriga yetkazishi, o‘z nizom jamg‘armasi miqdorini belgilangan ko‘rsatkichlarga olib chiqishi lozim.
Ushbu muammolarni bartaraf etish maqsadida mamlakatimiz hukumati va Markaziy bank hamkorligida xalqaro moliya institutlari ko‘magida bank-moliya tizimini ri-vojlantirish bo‘yicha uzoq muddatli strategiya ishlab chiqishlari belgilab berildi.
Amalga oshiriladigan amaliy ishlar natijasida respublika bank tizimiga xususiy va xorijiy kapital kirib kelishi hisobidan bank kapitalidan davlat ulushini hamda davlat banklari ulushini bosqichma-bosqich kamaytirib borish maqsadi qo‘yildi.
Fikrimizcha , bank kapitalini shakllantirishda xususiy va xorijiy kapital miq-dorini oshirish mamlakatimiz bank tizimida raqobat muhitini yana jonlantirish-ga, ularning mijozlar uchun bo‘ladigan teng ijobiy raqobatni paydo bo‘lishiga imkon yaratadi.
Bunda, albatta banklarning odatiy xizmatlarini, ya’ni kreditlash sifati va ma-daniyatini yuqori darajaga ko‘tarish bilan birga ular tomonidan yangi zamonaviy-inno-vatsion bank xizmatlarining ham takomillashuviga sharoit yaratadi.
O‘zbekiston Respublikasi bank tizimi zamonaviy holati bo‘yicha o‘tkazilgan tahlil shuni ko‘rsatadiki, o‘tgan davr davomida tijorat banklari ma’lum bir muvaffaqiyatlarga erishdilar, ular iqtisodiyotni rivojlantirishda harakatlantiruvchi kuch bo‘lib xizmat kilmoqda. Shu bilan birga, mamlakat bank tizimining yanada olg‘a tomon rivojlanishi ko‘p jihatdan taqdim etilayotgan bank xizmatlari sifati va xilma-xilligiga bog‘liq bo‘ladi.
Bugungi kunda pul-kredit siyosati va banklarni tartibga solishdagi imkoniyatlardan amalda to‘laqonli foydalanish, pul-kredit instrumentlarining lozim darajada ishlashi va samaradorligini ta’minlovchi transmission mexanizmlarni rivojlanti-rish orqali qo‘yilgan maqsadlarga erishishni osonlashtirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 9 yanvarda «O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PF-5296-sonli Farmoni qabul qilindi. Unga ko‘ra Markaziy bank faoliyatining strategik maqsadli yo‘nalishlari deb quyidagilar belgilab berildi:
narxlar barqarorligi;
bank tizimi barqarorligi va rivojlanishi;
to‘lov tizimi barqarorligi va rivojlanishi.
Ammo shu bilan birga bugungi kunda bank-moliya xizmatlari , mijozlarni jalb qilish bo‘yicha banklararo raqobat muhiti yetarli darajada davr talablariga to‘liq javob bera olmayapti. Ayni paytda qishloq joylarda xizmatlar sohasi hali-beri etar-licha rivojlanmaganini ham aytish joiz. Iqtisodiyotda boshqaruv tizimi eskirgani, innovatsion g‘oyalarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha samarali mexanizmlar o‘z vaqtida joriy qilinmagani ham jiddiy muammo bo‘lib qolmoqda.
2018 yil 23 martda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoev «Bank xizmatlari ommabopligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarorni imzoladi. Mazkur qarorda amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida bank tizimida xizmatlar ko‘rsatishning bozor mexanizmlari joriy etilganligi, ularning turlari kengayib borayotganligi, tadbirkorlar va aholi uchun moliyaviy ochiqlik oshib borayotganligi qayd etildi.
Aholi uchun valyuta ayirboshlash amaliyotlarini amalga oshirishni engillashtiruv-chi yangi bank xizmatlari joriy etilganligi, yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan chet el valyutasini sotib olish uchun imkoniyatlar yaratilganligi ta’kidlandi.
2018 yil 1 iyuldan tijorat banklariga:
– dastlabki ruxsatlarsiz va shaxsni tasdiqlovchi hujjatlarsiz mijozlarga bevo-sita xizmat ko‘rsatish hududiga to‘sqinliksiz kirish;
– mijozlarni dastlabki qabul qilish ma’muriyat xodimlaridan ko‘rsatilayotgan bank xizmatlari to‘g‘risida dastlabki maslahatlarni olish;
– kredit (mikroqarz) berish to‘g‘risidagi qarorni qabul qilishning bosqichma-bosqich jarayonini va kredit (mikroqarz) berish to‘g‘risida xabardor qilish yoki uni berishni asosli rad etish tartibini ko‘rsatkan holda kredit buyurtmalarini shaffoflik asosida ro‘yxatdan o‘tkazish va ko‘rib chiqish uchun sharoitlarni yaratish topshirig‘i berildi.
2018 yil 1 iyulga qadar:
– tranzaktsiyalarning xavfsiz va uzluksiz amalga oshirilishini ta’minlovchi milliy chakana to‘lov tizimini tuzish va rivojlantirish;
– qulay to‘lov xizmatlarini yaratish va rivojlantirish;
– naqd pulsiz to‘lovlarni amalga oshirishda innovatsion mahsulotlarni, shu jum-ladan bevosita muloqotsiz va mobil texnologiyalarni rivojlantirish hamda ilgari surish;
– bevosita muloqotsiz va mobil texnologiyalarni, birinchi navbatda, ijtimoiy-maishiy xizmat ko‘rsatish, transport, savdo, umumiy ovqatlanish sohalarida, ayniqsa, hududlarda joriy etish;
– xalqaro to‘lov tizimlari bilan o‘zaro hamkorlikni ta’minlash;
– O‘zbekiston banklari assotsiatsiyasi va tijorat banklari bilan birgalikda no-rezidentlarning to‘lov kartalari barcha to‘lov terminallari tarmog‘i orqali qabul qilinishini ta’minlovchi mahalliy to‘lov tizimlarini asosiy xalqaro to‘lov tizim-lari bilan integratsiyalash jarayonini tugallash.
2018 yil 1 noyabrga qadar:
– tijorat banklari bilan birgalikda turistlar ko‘proq boradigan joylarda kunu-tun rejimda ishlovchi avtomatlashtirilgan valyuta ayirboshlash shoxobchalari tashkil etilishini ta’minlash vazifalari yuklandi.
O‘zbekiston banklari assotsiatsiyasiga bank xizmatlari ommabopligini oshirish va bank faoliyatini takomillashtirishdagi rolini kuchaytirishga qaratilgan, shu jumladan quyidagilarni nazarda tutuvchi chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish va uni amalga oshirish tavsiya etildi:
– O‘zbekiston banklari assotsiatsiyasi faoliyati samaradorligini yanada oshirish Kontseptsiyasini tasdiqlash;
– bank tizimi xodimlarining kasbiy mahoratini oshirish, ilg‘or xalqaro tajri-badan kelib chiqib xorijiy banklar bilan tajriba almashishni yo‘lga qo‘yish;
– mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan birgalikda xorijiy mutaxassis-larni jalb qilgan holda aholining moliyaviy savodxonligini oshirish yuzasidan tadbirlarni amalga oshirish;
– bank xizmatlari ommabopligining dolzarb muammolari, xalqaro tajribani o‘rganish va uni respublika bank xizmatlari bozorida qo‘llash yuzasidan takliflar ishlab chiqish, banklar va ularning mijozlari uchun axborot-tahliliy va konsalting xizmatlarini tashkil etish yuzasidan mavzuga oid izlanishlar olib borish;
– masofaviy bank xizmatlari ko‘rsatishni rivojlantirish bo‘yicha zamonaviy va ilg‘or bank xizmatlarini amaliyotda ro‘yobga chiqarish tashabbuslarini ilgari surish, yangi axborot texnologiyalarini joriy etish;
– bank xizmatlarining yangi turlari va mahsulotlarini aniqlash hamda ularni keyinchalik respublika banklarida tatbiq etish maqsadida ilg‘or chet el banklarining faoliyatini o‘rganish.
Ushbu vazifalarni bajarishda bank tizimidagi islohotlarning muhim yo‘nali-shlaridan biri bank xizmatlari sifati va madaniyatini yuksaltirgan holda tijorat banklari va mijozlar o‘rtasidagi munosabatlarni «mijoz bank uchun emas, bank mijoz uchun» tamoyili asosida tashkil etilganligidir. Bank xizmatlarining sifati va ma-daniyatini yuksaltirish hamda, ularni mijozlarga yetkazishda bank marketingining ahamiyati beqiyos kattadir.
Hozirgi sharoitlarda bunga bank marketingidan foydalanish va banklar faoliya-tida innovatsiyalarni joriy qilish asosida erishish mumkin.
Bugungi kunda moliya-kredit sohasidagi tub o‘zgarishlar axborotlashtirish tizimi bilan bog‘langan. Hozirgi paytda xalqaro bank tizimi ko‘p jihatdan global axborot-moliya kompleksiga aylanib bormoqda. Shu sababli banklar faoliyati misli ko‘rilmagan darajada tashqi muhitda ro‘y berayotgan o‘zgarishlarga bog‘liq bo‘ladi. Bank sohasidagi o‘zgarishlar yo‘llarini belgilab beruvchi innovatsion rivojlanish-ning asosiy yo‘nalishlarini xorijiy manbalariga ko‘ra uchta guruhga birlashtirish mumkin.
Birinchidan, moliya bozorlari globallashuvi – moliyaviy xizmatlarning bir turdagi bozoriga o‘tishini belgilab beradi.
Ikkinchidan, milliy moliya bozorlarini erkinlashtirish va tartibga solmaslik
– bankdan tashqari yangi raqobatchilarning (yangi bank texnologiyalarini yetkazib beruvchilar, telekommunikatsiya firmalari, supermarketlar va b.) paydo bo‘lishiga xizmat qiladi.
Uchinchidan, jahonda integratsiyalashgan texnologik tizimlarga (Internet) o‘tish
– umumiy global tarmoqni shakllantirish imkonini beradi.
Mamlakatimiz Prezidentining 2018 yil 19 sentyabrda « Milliy to‘lov tizimini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori e’lon qilindi. Qarorga asosan Respublikada Markaziy bankning Milliy banklararo protsessing markazini (MBPM) tashkil qilish to‘g‘risidagi taklifi qo‘llab-quvvatlandi. U «O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Axborotlashtirish bosh markazi» davlat unitar korxonasi tuzilmasida faoliyat yuritadi. Bundan tashqari Uzcard kompaniyasi « karta hisob raqamidagi pul mablag‘larini xoldirlash » xizmatini ishga tushirdi. Bu xizmat karta saqlovchisiga tovarlarni (xizmatlarni) olgunga qadar mablag‘larni «muzlatib turish» hamda plastik kartochkada to‘lovni bekor qilish imkonini berdi.
O‘zbekistonda 2018 yil noyabridan boshlab yangi avlod plastik kartalari orqali kontaktsiz to‘lov texnologiyasi (NFC) bo‘yicha hisob-kitob qilinishi mumkin birinchi kobeyjing kartalarini chiqarish boshlandi.
O‘zbekistonda chiqarilgan birinchi kobeyjing kartalari UzCard va UnionPay ikkita to‘lov tizimining qo‘shma kartalari hisoblanadi. Ular ikkala to‘lov tizimi infratuzilmalarida foydalanish uchun mo‘ljallangan. O‘zbekistonda kobeyjing kartalari oddiy so‘m kartasi, xorijda esa – valyuta kartasi sifatida to‘lovga qabul qilinadi.
Kobeyjing kartasi O‘zbekistonda, shuningdek 170 ta mamlakatda va UnionPay infra-tuzilmasi mintaqalarida to‘lov uchun qabul qilinadi. Jahonda UnionPay kartalari-ni, tegishincha, yangi kobeyjing kartalarini to‘lovga qabul qiladigan 10 milliondan ortiq savdo-servis korxonalari mavjud.
O‘zbekiston Markaziy banki 27.11.2018 yilda monetar siyosatning asosiy yo‘nalish-larini tasdiqladi. Avvalgi yillardan farqli ravishda ushbu hujjat kelgusi uch yillik davr uchun, ya’ni 2021 yilgacha ishlab chiqilgan.
Markaziy bank, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri rah-barlariga 2019 yilda turmush sharoiti og‘ir bo‘lgan 1 ming 600 nafar xotin-qizlarni im-tiyozli kreditlar asosida arzon uy-joylar bilan ta’minlash vazifasi topshiriladi.
11 Каримов И.А. Ўзбекистон буюк келажак сари -Т. «Ўзбекистон», 1999, 120 бет.
Do'stlaringiz bilan baham:
ma'muriyatiga murojaat qiling