1. Banklarda buxgalteriya hisobining mazmuni va uni tashkil etishning ahamiyati


Download 23.18 Kb.
Sana20.11.2023
Hajmi23.18 Kb.
#1789966
Bog'liq
Abdullayev Sadibek Bank hisobi.tahlili amali


1-Variant
1. Banklarda buxgalteriya hisobining mazmuni va uni tashkil etishning ahamiyati.
2. Tijorat banklari buxgalteriya hisobining ko‘yidagi hisobvaraqlari berilgan:
Oldi sotdi qimmatli qog‘ozlari.
Xorijiy korxonalarga investitsiya qilingan xususiy kapital.
Kafolat va kafilliklar.
Bankning asosiy vositalari.
Talab qilib olinguncha saqlanadigan depozitlar.
Forfard bitimlari.
Joriy yil sof foydasi (zarar)
Chiqarilgan aksiyadorlik kapitali-imtiyozli.
Eskirish xarajatlari.
Transport vositalarining eskirish summasi.
Olingan kreditlar bo‘yicha garov sifatida berilgan qimmatli qog‘ozlar.
Investitsiyalardan olingan foyda va devidentlar.
Topshiriqlar:
1. Yuqorida keltirilgan hisobvaraqlardan qaysilari aktiv, ikkinchi tartibli va balans hisobvaraqlari ekanligini aniqlang;
2. Yuqorida keltirilgan hisobvaraqlardan qaysilari passiv, birinchi tartibli. ko‘zda tutilmagan xolatlar hisobvaraqlari ekanligini aniqlang.
Javoblar:
1. O‘zbekiston Respublikasi milliy iqtisodiyotining rivojlanishida banklar alohida o‘rin egallaydi. “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga asosan, “Bank – tijorat tashkiloti bo‘lib, bank faoliyati deb hisoblanadigan quyidagi faoliyat turlari majmuyini amalga oshiradigan yuridik shaxsdir:
– yuridik va jismoniy shaxslardan omonatlar qabul qilish hamda qabul qilingan mablag‘lardan tavakkal qilib kredit berish yoki investitsiyalash uchun foydalanish;
– to‘lovlarni amalga oshirish” Banklar o‘z faoliyatida ko‘plab operatsiyalarni bajaradi. Ularga yuridik va jismoniy shaxslarning, banklarning hisobvaraqlarini ochish, yuritish, hisobvaraqlar bo‘yicha hisob-kitoblar o‘tkazish, omonatlar jalb etish, kreditlar berish, qimmatli qog‘ozlar chiqarish, xarid qilish va sotish, moliyaviy lizing xizmatini ko‘rsatish, kassa operatsiyalarini bajarish, chet el valutasini sotish va xarid qilish, pul mablag‘lari, hisob-kitob hujjatlarini inkasso qilish va bir qator boshqa operatsiyalarni kiritish mumkin. Banklarda buxgalteriya hisobini yuritishning metodologik asoslari Banklarda buxgalteriya hisobini tashkil etish asoslari milliy iqtisodiyotimizning turli tarmoqlariga qarashli korxona va tashkilotlarning buxgalteriya hisobi asoslari bilan deyarli o‘xshash. Ular O‘zbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi Qonunida o‘z ifodasini topgan. Ushbu qonundan kelib chiqqan holda banklarda buxgalteriya hisobini yuritishning metodologik asoslari quyidagilar hisoblanadi:
-xo‘jalik faoliyati haqidagi ma’lumotlarni dastlabki hujjatlarda aks ettirish;
-xo‘jalik operatsiyalarini, bank mulkini puldagi ifodasini belgilash;
-barcha operatsiyalarni ikkiyoqlama yozuv asosida guruhlash, bunda yozuvlarni hisobvaraqlar rejasidagi hisob raqamlari asosida olib borish;
-hisob-kitob va boshqa operatsiyalar yakunida ma’lum sanaga bank xo‘jalik faoliyatiga tavsif berish, ya’ni bank balansini tuzish.
Banklarda buxgalteriya ishini tashkil etish asoslari korxonalar buxgalteriya hisobiga o‘xshash bo‘lsada, ba’zi bir o‘ziga xos xususiyatlari ham mavjud. Shu sababli banklarda buxgalteriya hisobini tashkil qilishda quyidagi huquqiy va me’yoriy hujjatlar asos qilib olinadi:

  1. O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki to‘g‘risida”gi Qonuni.

  2. O‘zbekiston Respublikasining “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi Qonuni.

  3. O‘zbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi Qonuni.

  1. “O‘zbekiston Respublikasi banklarida buxgalteriya hisobini yuritish va buxgalteriya ishlarini tashkil qilish tartibi to‘g‘risida”gi yo‘riqnomasi.

  2. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining boshqa me’yoriy hujjatlari.

Banklarda buxgalteriya hisobi iqtisodiyotning boshqatarmoqlaridagi buxgalteriya hisobi bilan chambarchas bog‘liq. Bu bog‘liqlik banklarning kassa, hisob–kitob,kreditva boshqa bank operatsiyalari bo‘yicha korxona,tashkilot,muassasalarga xizmat ko‘rsatishda namoyon bo‘ladi. Banklarning operatsiyalarni amalga oshirishibank, korxona,tashkilotva muassasa buxgalteriyahisobidao‘z aksini topadi. Bank balansining aktiv va passiv tomonida aks ettirilgan bank operatsiyalari, korxona va tashkilotlar balansidagi ma’lumotlar bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib, bir–biriga mos keladi .Bank mijozlari shartnoma asosida olib borgan har bir operatsiyasi bo‘yicha bankdan tegishli birlamchi hujjatlarni oladi va shu hujjatlar asosida o‘zi amalga oshirgan xo‘jalik operatsiyalarni hisobga oladi Bank buxgalteriya hisobi operativligi, tuzilishi va bir xilligi bilan xarakterlanadi. Bu barcha operatsiyalarning amalga oshirilgan kunning o‘zidayoq yordamchi kitob materiallarida aks ettirilib, bosh kitob ma’lumotlari bilan nazorat qilib borilishida namoyon bo‘ladi. Shuningdek, bank muassasalarida hisob tizimi shunisi bilan ahamiyatliki, ularda faqat moliyaviy resurslarni boshqarish emas, balki hisobning bank bo‘limlari va faoliyat sohalariga kirib ketishidir. Bank buxgalteriya hisobining hozirgi iqtisodiy rivojlanishi bosqichida bank mulkining holati va harakati, pul mablag‘lari, kreditlar, fondlar, moliyaviy natijalar va boshqa bir qancha amallar to‘g‘risidagi axborotlar oqimini ifodalab, bank faoliyatini boshqarish, nazorat qilish, tahlil qilish va rejalashtirish maqsadida shakllantiriladi.
2. Tijorat banklari buxgalteriya hisobining ko‘yidagi hisobvaraqlari berilgan:
Oldi sotdi qimmatli qog‘ozlari.
Xorijiy korxonalarga investitsiya qilingan xususiy kapital.
Kafolat va kafilliklar.
Bankning asosiy vositalari.
Talab qilib olinguncha saqlanadigan depozitlar.
Forfard bitimlari.
Joriy yil sof foydasi (zarar)
Chiqarilgan aksiyadorlik kapitali-imtiyozli.
Eskirish xarajatlari.
Transport vositalarining eskirish summasi.
Olingan kreditlar bo‘yicha garov sifatida berilgan qimmatli qog‘ozlar.
Investitsiyalardan olingan foyda va devidentlar.
Topshiriqlar:
1. Yuqorida keltirilgan hisobvaraqlardan qaysilari aktiv, ikkinchi tartibli va balans hisobvaraqlari ekanligini aniqlang;
Oldi sotdi qimmatli qog‘ozlari. Kafolat va kafilliklar.
Bankning asosiy vositalari. Forfard bitimlari.
Joriy yil sof foydasi (zarar) Eskirish xarajatlari.
Transport vositalarining eskirish summasi.
2. Yuqorida keltirilgan hisobvaraqlardan qaysilari passiv, birinchi tartibli. ko‘zda tutilmagan xolatlar hisobvaraqlari ekanligini aniqlang:
Xorijiy korxonalarga investitsiya qilingan xususiy kapital. Talab qilib olinguncha saqlanadigan depozitlar, Chiqarilgan aksiyadorlik kapitali-imtiyozli. Olingan kreditlar bo‘yicha garov sifatida berilgan qimmatli qog‘ozlar.
Investitsiyalardan olingan foyda va devidentlar.
Download 23.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling