1. Banklarning funksiyalari
Download 15,86 Kb.
|
1. Banklarning funksiyalari
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2.Xalqaro moliya tashkilotlariga umumiy tavsif va ularning turlari.
- Xalqaro moliya tashkilotlari (XMT)
- Jahon iqtisodiy rivoji uchun xalqaro moliya institutlari qaysi funksiyalarni bajaradi
- 3.Xalqaro Valyuta fondi va uning xalqaro valyuta-kredit munosabarlaridagi faoliyati.
1.Banklarning funksiyalari Banklarning mohiyati ularning funksiyalarida yanayam yaqqolroq namoyon bo‘ladi. Banklarning funksiyalari ularning nazariy masalalari sifatida e’tirof etiladi. 226 SHu bois ham banklarning mohiyatini yoritishda vujudga kelgan qator mulohazali holatlar ularning funksiyalarini yoritishda ham mustasno emas. Xususan, iqtisodiy adabiyotlarda banklarning funksiyalari haqida qator mulohazali va tushunmovchilik holatlar mavjud. Masalan, ayrim manbalarda banklar bajaradigan operatsiyalar ularning funksiyalari sifatida qayd etiladi. Bu erda bank faoliyati natijasida ular tomonidan amalga oshiriladigan operatsiyalari nazarda tutiladi. Biroq, shuni ta’kidlash joizki, banklarning barcha operatsiyalari ham ularning funksiyalari bo‘la olmaydi. Bank funksiyasi uning ma’lum ko‘rinishdagi faoliyatini ifodalaydigan iqtisodiy kategoriya bo‘lishi lozim. Tijorat banklari quyidagi funksiyalarni bajaradi: vaqtincha bo‘sh turgan pul mablag‘larni yig‘ish va ularni kapitalga aylantirish; korxona, tashkilotlar va aholini kreditlash; iqtisodiyotda hisob - kitoblar va to‘lovlarni amalga oshirish; moliya - valyuta bozorida faoliyat ko‘rsatish; iqtisodiy - moliyaviy axborotlar berish va maslahat xizmatlarini ko‘rsatish va boshqalar. 2.Xalqaro moliya tashkilotlariga umumiy tavsif va ularning turlari. Xalqaro moliya tashkilotlari jahon iqtisodiyotida katta rol o‘ynaydi. Ular turli mamlakatlarga mablag‘ ajratish va kredit berish bilan shug‘ullanadilar, jahon savdosini rivojlantirish va moliya tizimini barqarorlashtirishga yordam beradilar. Xalqaro moliya tashkilotlari (XMT) - xalqaro moliya sohasida davlatlararo (xalqaro) bitimlar asosida tashkil etilgan institutlardir. Quyidagilar xalqaro moliya tashkilotlari ishtirokchilari hisoblanadi:
Jahon iqtisodiy rivoji uchun xalqaro moliya institutlari qaysi funksiyalarni bajaradi?
3.Xalqaro Valyuta fondi va uning xalqaro valyuta-kredit munosabarlaridagi faoliyati. Xalqaro Valyuta Fondi – bu davlatlarga kredit beruvchi, jahon valyuta tizimining faoliyat yuritishi uchun tamoyillar ishlab chiqaruvchi, xalqaro valyuta - kredit va moliyaviy munosabatlarni xalqaro boshqarishni amalga oshiruvchi xalqaro institutdir. Xalqaro Valyuta Fondi quyidagi maqsadlar amalga oshirish yo’lida faoliyat olib boradi:
Xalqaro Valyuta Fondining quyidagi funktsiyalari mavjud:
Xalqaro Valyuta Fondi ning boshqaruvi shartnoma moddalariga mos holda amalga oishriladi. Xalqaro Valyuta Fondining boshqaruv strukturasiga Boshqaruv Kengashi, Vaqtinchalik Komitet, Rivojlantirish Komiteti, Ijro etuvchi Kengash, Boshqaruvchi hamda xodimlar kiradi. Download 15,86 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling