1. Barqaror rivojlanish ta’rifi va tushunchasi. Barqaror rivojlanishning tashkil qiluvchi iqtisodiy, ijtimoiy va ekologik yo‘nalishlari


Download 45.08 Kb.
bet5/7
Sana29.04.2023
Hajmi45.08 Kb.
#1399921
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
EKO. 8- ма\'r.

7. Atrof-muhit monitoringi – atrof tabiiy muhit va ekologiya hukuki ob’ektlari holatini va ularning kishilar faoliyati natijasida o‘zgarib borish darajasini kuzatib borish va ularning oldini olish choralarini belgilash. Monitoringni asosiy maqsadi – qo‘yidagilar bo‘yicha ilmiy asoslangan tadbirlarni ishlab chiqishdir:
- atrof muhitni muhofaza qilish;
- tabiiy resurslardan oqilona foydalanish
- insonlar sog‘lig‘i va tirik organizmlar uchun xavfli turli vaziyatlarning oldini olish va ogoxlantirish;
- tabiat komplekslari va ob’ektlarini muhofaza qilish.
XX asrning ikkinchi yarmidan boshlab fan-texnika rivojlanishi natijasida jamiyatning tabiatga ta’siri kuchayib ketdi. Oqibatda sayyoraviy, mintaqaviy va maxalliy ekologik muammolar kelib chiqa boshladi.
Monitoring haqida birinchi marta BMT ning «Inson va atrof muxitining muammolari» bo‘yicha konferensiyasi ( Stokgolm shaxri 1972 5-16 iyun) da maxsus ekspertlar tomonidan monitoring tizimini tashkil etishga doir takliflar bildirildi.
2. Ekologik monitoring deb- biosferani tashkil etuvchi abiotik komponentlar xolatini va ekosistemalarda ifloslanish, erlardan qishloq xo‘jaligida foydalanish, urbanizatsiya va boshqalarning ta’siri bilan bog‘liq bo‘lgan antropogen o‘zgarishlarni aniqlash tushuniladi.
Monitoring so‘zi inglizcha so‘zdan olingan bo‘lib kuzatish, nazorat qilib borish ma’nolarini bildiradi.
Ekologik monitoringi
asosiy yunalishlari
1.Atrof-muxitga ta’sir ko‘rsatuvchi omillarni va muxit xolatini kuzatish.
2. Atrof-muxitining xaqiqiy xolatini kuzatish va baxolash.
3. Atrof-muxit xolatinig bashorati va bu xolatning baxosi.
Monitoringlar uch xil: global, regional, lokal yo‘nalishlarda olib boriladi.
Monitoring tizimi quyidagi belgilarga qarab tavsiflanadi.
Monitoring olib borilayotgan xudud maydoniga , atmosfera, suv, tuproq va boshqalar ya’ni ob’ektlarga ko‘ra bo‘linadi.
Metodlariga ko‘ra:
1. Asboblar bilan o‘lchash
2.Masofaviy tasvir
Ta’sir turlariga ko‘ra:
Geofizikaviy
Biologik
Tabiiy geografik
Iqtisodiy, ijtimoiy
Maqsadlariga ko‘ra:
1.Muxitning xozirgi xolatini aniqlash
2.Qiska muddatli bashorat
3.Uzoq muddatli xulosalar
4.Tadqiqotlar
5.Muxitga bo‘layotgan ta’sirlarni kuzatish
Monitoringni tashkil qilish quyidagi bosqichlarga ajratiladi:
Bioekologik
Geoekologik
Biosfera
1. Bioekologik monitoring bosqichi- atrof-muxitning ifloslanishi uning inson salomatligiga ta’siri nuqtai nazaridan kuzatiladi.
2. Geoekologik monitoring boskichi- tabiiy ekotizimning funsiyalar tarkibi va uning buzilishi, o‘simlik va xayvonlarning populyasion holati, qishloq xo‘jaligi ekinlarining hosildorligi bo‘yicha kuzatiladi.
3. Bisfera monitoring boskichining - asosiy vazifasi atrof-muxitni dunyo miqyosida kuzatishdan iborat. Dunyo miqyosida bo‘ladigan o‘zgarishlarning axoli salomatligi va faoliyatiga ta’sirini baxolashdir.
Kuzatish uslublariga ko‘ra monitoring turlari:
Er sun’iy yo‘ldoshlaridan -(sputniklar) monitoringda masofaviy metodlardan foydalaniladi.
Iqlim monitoringi- asosiy maqsadi iqlim tizimlarini va ularning extimoliy o‘zgarishlarini kuzatish va baxolashdir.
Biologik monitoring- biota xolati uning antropogen omillarga ta’sir reaksiyasini va funksiyalarini kuzatadi va aniqlaydi.
Ekstren monitoring- “Ekstren” lotincha “ekstra” tashqi favqulotda, zudlik bilan degan ma’noni bildiradi. Bu monitoring atmosferadagi o‘zgarishlar, ozon qatlamidagi o‘zgarishlarni, neft tashuvchi kemalar xalokatlarining oqibatlarini kuzatishda muhim ahamiyatga ega.
O‘zbekistonda atrof-muxit monitoringini amalga oshirish:
O‘zbekistonda mavjud idoraviy xizmatlar faoliyatini uyg‘unlashtirish va atrof tabiiy muxitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasi tomonidan 2002 yil 4 aprelda 111 sonli “ O‘zbekiston Respublikasida atrof tabiiy muhitning davlat monitoringi haqidagi Nizomini tasdiqlash to‘g‘risida” gi qarori qabul qilindi.
2003 yil 16 sonli va 2006 yil 16 martda 48 sonli qarori bilan O‘zbekiston Respublikasi atrof tabiiy muhit monitoringi dasturlari qabul qilingan.
Respublikamizda:
Atrof muhitni ifloslantiruvchi
Atmosfera havosini ifloslantiruvchi
Oqava suvlarni ifloslantiruvchi
Tuproqlarni ifloslantiruvchi manbalar monitoringi amalga oshiriladi.
Atrof muhit monitoringi mamlakatimizning bir qancha muassasa va tashkilotlari tomonidan amalga oshiriladi.
Atmosfera xavosi va suv xavzalarining ifloslanishi- O‘zbekiston Gidrometeorologiya Bosh Boshqarmasi, er osti suvlarining ifloslanishi, nohush tabiiy geografik jarayonlarning rivojlanishi – O‘zbekiston Geologiya qo‘mitasi tuproqlarning sho‘rlanishi va grunt suvlari me’yori – O‘zbekgidrogeologiya korxonasi, kollektor suvlarning minerallashuvi darajasini- Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, o‘rmonlar xolati - O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi, atrof muxitni inson salomatligiga ta’sirini – Sog‘liqni saqlash Vazirligi tomonidan nazorat qilinadi.
Bu tashkilot va muassasalarning monitoringi - Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi tomonidan boshqariladi.

Download 45.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling