1. Basketbol sport turining tarixi va rivojlanishi. Basketbol sport turining O’zbekistonga kirib kelishi
Download 41.41 Kb.
|
Reja Basketbol sport turining tarixi va rivojlanishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Basketbol sport turining tarixi va rivojlanishi.
BASKETBOL OʻYINING RIVOJLANISH TARIXI VA RIVOJLANISH BOSQICHLARI Reja: 1). Basketbol sport turining tarixi va rivojlanishi. 2). Basketbol sport turining O’zbekistonga kirib kelishi. 3). Chet el va O’zbekistondagi basketbol sport turi bo’yicha taniqli sportchilarni izohlang. Basketbol sport turining tarixi va rivojlanishi. Basketbol (ing . basket — savat, ball — toʻp) — sport turi, 3,05 m balanddagi savatli halqaga toʻpni qoʻlda tashlab oʻynaladigan jamoa oʻyini. B. mashgʻuloti va musobaqalari uchun toʻrtburchak maydoncha (oʻlchami 26x14 m) yoki zal (balandligi 7 m) talab qilinadi. Har bir jamoada 12 nafardan oʻyinchi boʻlib, maydonga bir yoʻla har jamoadan 5 tadan oʻyinchi tushiriladi (bu oʻyinchilar almashtirilishi mumkin). Qaysi jamoa raqibining savatiga koʻp toʻp tushirsa, oʻsha yutgan hisoblanadi. Uyinda savatga tushirilgan toʻp uchun 2 ochko, jarima belgilanganda tushirilgan toʻp uchun 1 ochko, jarimadan tashqaridagisi uchun 3 ochko beriladi. Erkaklar 40 min., ayollar 36 min., 15 — 16 yashar oʻsmirlar va qizlar 30 min., 13 — 14 yashar oʻgʻil va qiz bolalar 24 min. oʻynashadi. Oʻyin 2 qismdan iborat, orada 10 min. dam olinadi. Belgilangan vaqtda jamoalar baravar ochko olsa, biror jamoa gʻolib chiqquncha 5 min.dan qoʻshimcha vaqt beriladi. B. vatani AQShdir (1891). Xalqaro basketbol federatsiyasi (FIBA; 1932 y. tuzilgan)ga 177 mamlakat aʼzo (1991). B. 1936 y.dan Olimpiya uyinlari dasturiga kiritilgan. 1950 y.dan B. boʻyicha jahon chempionati oʻtkazib kelinadi. Basketbol — inglizcha basketball soʻzida olingan (basket — savat, ball — toʻp) boʻlib, har birida beshtadan oʻyinchi ishtirok etadigan jamoaviy sport turidir. Uyindan bosh maqsad — toʻpni qoʻl bilan oʻynagan xolda 3,05 m balandlikdagi shitga mustaxkamlangan savatga tushirib, imkon qadar koʻproq ochko olish. Xar bir jamoada beshtadan oʻyinchi ishtirok etadi. Basketbolning vatani AQSh, uning «otasi» esa James Naismith hisoblanadi. Oʻyin XIX asr oxirida paydo boʻlgan. Springfild xalqaro mashgulotlar maktabining jismoniy tarbiya oʻqituvchisi, bir paytlar ajoyib regbichi va gimnastikachi boʻlgan James Naismith (1861-yil tug'ilgan — 1932-yil vafot etgan) talabalarning qishki paytda jismonan yanada koʻproq chiniqtirish maqsadida zalda toʻp bilan oʻynaladigan yangi oʻyin oʻylab topdi. U toʻpni tashlash orqali talabalarning merganligini tekshirib koʻrish uchun qorovuldan ikki boʻsh quti keltirishni iltimos qildi. Quti topa olmagan qorovul meva solinadigan savat keltirdi. Savatlarni balandligi 3,05 m bulgan zalning ikki tomonidagi balkonga oʻrnashtirdi. Shu tariqa basketbol vujudga keldi. Neysmit yangi oʻyinning qoidalarini ishlab chiqdi va 1891 yilning 21 dekabrda Springfild maktabining zalida birinchi basketbol uchrashuvi oʻtkazildi. Guruxda 18 talaba mavjud edi. Uyinda xar biri 9 kishidan iborat 2 jamoa ishtirok etdi. Basketbolning dastlabki qoidalari 13 qismdan iborat edi va ulardan baʼzilari xozirgacha saqlanib qolingan. 1893 yilda savatlarni toʻrli temir aylana bilan almashtirishdi. 1895 yilda esa ular shitlarga oʻrnatildi. Oradan 2 yil oʻtgach, xar bir jamoada 5 kishidan maydonga tushadigan boʻlishdi. 1893 yilda frantsiyalik Mel Ridu Springfild kollejini bitirgach, vataniga qaytdi va xamyurtlarini yangi oʻyin bilan tanishtirdi. SHu tariqa basketbol butun Yevropaga tarqala boshladi. 1894 yilda esa Bob Geyli xitoyliklarni, Dunkan Petton esa xindlarni basketbol bilan tanishtirdi. 1927 yilning sentyabrda Jeneva jismoniya tarbiya maktabi ochildi va Springfild kolleji oʻqituvchisi doktor Elmer Beri maktab direktorii etib tayinlandi. Ushbu maktab bitiruvchilari tufayli basketbol Latviya, Litva, Italiya, Frantsiya, CHexoslavakiyada ommaviylashib ketdi. Koʻpgina mamlakatlarda basketbol assotsiatsiyalari tashkil topdi. 1932 yil 18 iyunda Jenevada milliy basketbol assotsiatsiyalarining dastlabki xalqaro konferentsiyasi oʻtkazildi va unda Xalqaro Basketbol Federatsiyasi (FIBA) tashkil etildi. 1999 yilga kelib FIBAga aʼzo davlatlar soni 180 dan oshib ketdi. 1936 yilgi Berlin Olimpiadasidan boshlab basketbol Olimpiadalar dasturidan oʻrin oldi. 1935 yildan Yevropa, 1950 yildan boshlab jaxon chempionatlari oʻtkazilib kelinmoqda. Ayollar basketboli esa 1976 yili Monrealdagi Olimpiadada debyutini nishonladi. AQSH t/j dunyodagi eng kuchli basketbol jamoasi xisoblanadi. Jaxondagi eng kuchli basketbol ligasi xam Milliy Basketbol Assotsiatsiyasi (MBA)dir. Liganing nomdor professional basketbolchilari 1992 yilgi Olimpiadadan boshlab AQSH t/j sharafini yirik musobaqalarda xam ximoya qilib kelmoqda. Olimpiada oʻyinlari basketbol turnirida eng koʻp AQSH t/j golib chiqqan — 12 marta, Faqatgina SSSR 2 marta (1972, 1988), Yugoslaviya (1980) va Argentina (2004) Olimpiada chempioni nomini tortib olgan. Download 41.41 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling