1. Bedaning oʻtmishdoshi, yerga ishlov berish, oʻgʻitlash tizimi Bedani ekish-meʼyori, muddati, usuli. Ekinlarni parvarishlash va xosilni yigish


Download 14.47 Kb.
Sana20.06.2023
Hajmi14.47 Kb.
#1637374
Bog'liq
Beda yetishtirish texnologiyasi


Beda yetishtirish texnologiyasi
Reja:


1.Bedaning oʻtmishdoshi, yerga ishlov berish, oʻgʻitlash tizimi
2.Bedani ekish-meʼyori, muddati, usuli.
3.Ekinlarni parvarishlash va xosilni yigish
1. Beda gʻoʻza, kanop, tamaki, kuzgi bugʻdoy,sholi, makkajoʻxori, moyli va sabzavot ekinlaridan boʻshagan yerlarga ekiladi.Oʻtmishdosh ekinlarning xosili yigʻilgandan soʻng talab qilinsa diskalanadi va 7-10 kundan keyin 22-25 sm.ga xaydaladi.Erta baxorda borona qilinadi, ekishga yaqin yengil tuproqlarda mola bosiladi.
Beda oziqaga talabchan oʻsimlik.Bir gektarga 10-15 t.goʻng, 90-120 kg fosfor va 50-75 kg sof modda xisobida .kaliy solinadi
Bu ugʻitlarning xammasini yer xaydashdan oldin solish mumkin.Tuproq tarkibida azot yetarli boʻlsa azotli ugʻit ishlatilmaydi.Bedaning boshlangich rivojlanish davrlariga tuproqdagi azot yetarli boʻlmasa azotli ugʻit ishlatiladi, faqat oz meʼyorda-20-30 kg./ga. Azotli ugʻit koʻp qoʻllanilsa tuproqda biologik azot toʻplanmaydi
2. Beda biologiyasi boʻicha baxori oʻsimlik, ammo uni baxorda, yozda va kuzda ekish mumkin. Sharoitga qarab shu muddatlarda ekiladi. Beda yoppasiga qatorlab yoki tor qatorlab ekiladi.Bunda qatorlarning orasi 13-15 yoki 6,5-7,5 sm boʻladi, beda sof xolda yoki boshqa yem-xashak ekinlar bilan ekiladi. Bedani urugʻi 12-18 kg, boshqa oʻtlaring urugʻi-oqsoʻxta -6-8, koʻp urimli raygras-6, sudan oʻti-12kg, shabdar -4-6kg ekiladi.Bundan tashqari beda bilan suli, arpa, xashaki bugʻdoy ekiladi-bu ekinlarning urugʻ ekish meʼyori-40-60 kg boʻladi. Beda urugʻini .ekish chuqurligi 1-3 sm-
3. Ekish bilan bir vaqtda sugʻorish uchun egat olinadi.Bedaning xar oʻrimi tuproq turi, sizot suvlarning chuqurligi,olinadigan maxsulot turiga qarab 1-3 marotaba sugʻoriladi, birinchi suv shonalash davrini boshlanishida, ikkinchi suv shonalash davrini oxirida yoki gullash davrini boshlanishida va uchinchi suv-oʻrilgandan soʻng qayta tez oʻsib chiqishi uchun beriladi.Urugʻ uchun qoldirilgan urim bir marotaba kam sugʻoriladi., sugʻorish meʼyori 600-800 kum.m.ga. boʻladi.Yetishtirish rejasida qoʻshimcha oziqlantirish qoʻshilgan boʻlsa oziqlantiriladi, bunda koʻpincha faqat fosforli oʻgʻitlar beriladi.
Koʻkat va pichan tayyorlash uchun beda shonalash davrini oxirida va gullash davrini boshlanishida oʻriladi.Urugʻ olish uchun dukkaklarni 70% yetilganda oʻriladi va xirmonda quritilib yanchiladi. Saqlanadigan urugʻning namligi 13% dan oshmasligi lozim.
Adabiyotlar:



  1. P.P.Vavilov -Rasteniyevodstvo M.,Kolos.1986.

  2. V.N.Chirkov-Oʻsimlikshunoslik/praktikum T.,Oʻqituvchi.1978.

  3. B.Vinogradov,X.Atabayeva,A.Dementyeva-RasteniyevodstvoT., Mexnat.1987.

  4. V.N.Chirkov-Don ekinlari T., Oʻqituvchi-1975.

  5. Texnicheskiye kulturoʻ M., VO Agropromizdat, 1986.

  6. K.N.Keferov Biologicheskiye osnovoʻ rastenivodsta. M., Voʻsxaya shkola, 1975.

  7. D.Zaurov, M.Sborshikova, Risovodstvo, T., Mexnat, 1989.

  8. D.T.Abdukarimov, S.X. Xushvaqtov, E.U.Umurzoqov, Tamakichilik, T., Mexnat, 1985.

Download 14.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling