Mavzu: Saxaraza preparatini ajratib olish. β-d-fruktofuranozid-fruktogidralaza kf


Download 0.72 Mb.
Sana16.04.2023
Hajmi0.72 Mb.
#1361690
Bog'liq
Saxaraza 1

Mavzu: Saxaraza preparatini ajratib olish. (β-D-fruktofuranozid-fruktogidralaza KF 3.2.1.26)

Kerakli asbob va reaktivar:

  • sintrifuga,
  • termostat,
  • suv hammomi,
  • farfor xovoncha,
  • shisha plastinkasi,
  • kimyoviy shisha probirkalar,
  • novvoy hamirturushi, kvars qum,
  • atseton,
  • saxaroza (5%),
  • filing eritmasi (bunda 2ta eritma tayyorlanadi:
  • 1. 500 ml hajmli kolbada 34.64 gr mis sulfat (CuSO4. 5H2O) eritiladi va suv bilan o’lchov ko’rsatkichiga yetkaziladi.
  • 2. 200-250 ml suvda 173 gm segnit tuzi (COOK-CHOH-CHOH-COONa.4H2O) eritiladi). Eritma 500 ml li kolbaga solinadi. Uning ustiga 100 ml suvda eritilgan 50 gr natriy ishqori qo’shiladi va belgilangan joygacha suv solinadi. Eritmalar alohida saqlanadi va ishlatilishi oldidan 2 ta eritma teng miqdorda aralashtiriladi).

Ishning borishi:

  • 100 gr novvoy hamirturushini kvars qum bilan hovonchada eziladi. Maydalangan massani shishaga yupqa qavat qilib joylashtiriladi va quruq havo oqimida quritiladi. Quritilgan hamirturushni kukun holatga keltiriladi.

Saxarazani ajratib olish uchun olingan kukunga doimiy aralashtirib turgan holda 200 ml suv oz-oz miqdorda qo’shilib turiladi. Undan so’ng massani yana farfor hovonchada maydalaniladi va 3000 g tezlikda 10 daqiqa ichida sentrifuga qilinadi (yoki filtr yordamida filtrlanadi). Musaffo filtrat kichkina hajmgacha kelguncha vakumda 350C haroratda quritiladi va -200Cda sovutilgan atsetonning 5 marotaba ko’proq hajmi qo’shiladi, aralashtiriladi va 1 necha daqiqadan so’ng 3000g tezlikda sentrifuga qilinadi. Hosil bo’lgan cho’kmani 30 0C haroratda quritiladi va hovonchada quruq holatga keltiriladi. Olingan saxaraza preparati uzoq vaqt saqlanadi. Antiseptik sifatida kukunga filtr qog’ozga o’ralgan timol kristali qo’shiladi.

  • Saxarazani ajratib olish uchun olingan kukunga doimiy aralashtirib turgan holda 200 ml suv oz-oz miqdorda qo’shilib turiladi. Undan so’ng massani yana farfor hovonchada maydalaniladi va 3000 g tezlikda 10 daqiqa ichida sentrifuga qilinadi (yoki filtr yordamida filtrlanadi). Musaffo filtrat kichkina hajmgacha kelguncha vakumda 350C haroratda quritiladi va -200Cda sovutilgan atsetonning 5 marotaba ko’proq hajmi qo’shiladi, aralashtiriladi va 1 necha daqiqadan so’ng 3000g tezlikda sentrifuga qilinadi. Hosil bo’lgan cho’kmani 30 0C haroratda quritiladi va hovonchada quruq holatga keltiriladi. Olingan saxaraza preparati uzoq vaqt saqlanadi. Antiseptik sifatida kukunga filtr qog’ozga o’ralgan timol kristali qo’shiladi.

Saxarazani faolligini aniqlash

  • Saxarazani faolligini aniqlash uchun 2 ta probirkaga preparatning (0.01% li) suv eritmasi 0.5 ml dan qo’shiladi. Birinchi probirkadagi fermentni parchalash uchun 3 daqiqa davomida qaynatiladi, so’ngra probirka sovutiladi. Keyin ikkala probirkaga 5% li saxaroza 3 ml dan qo’shiladi va probirkalar 10-15 daqiqaga 400C haroratli suv hammomiga joylashtiriladi. Keyin har ikkala probirkalarga feling eritmasidan 2 mldan qo’shiladi, aralashtiriladi va qaynash holatigacha isitiladi. Kontrol probirkada (ferment qaynatilib parchalaniladi) mis oksid cho’kmasi (I) hosil bo’lmaydi. Faol fermenti bor probirkada mis oksid qizil cho’kmasi (I) hosil bo’ladi. Bu Cu+2 ionlarini oksidlanish darajasigacha keltiruvchi glyukoza va fruktoza borligini dalili bo’ladi. Bu moddalar (glyukoza va fruktoza) saxarozani (disaxaridni), gidrolizida hosil bo’ladi.

Е’tiboringiz uchun raxmat!


Download 0.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling