1 Bemorlarga umumiy parvarish nima?


Haroratni oral, sublingual (og‘izda, til ostida) o‘lchash


Download 254.35 Kb.
Pdf ko'rish
bet23/30
Sana02.06.2024
Hajmi254.35 Kb.
#1837194
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   30
Bog'liq
1 Bemorlarga umumiy parvarish nima

Haroratni oral, sublingual (og‘izda, til ostida) o‘lchash. Bizning mamlakatda bu usul bilan enchalik keng 
tarqalmagan bo‘lsada, Yevropa mamlakatlarida kattalarda tana haroratini o‘lchashning eng samarali usuli deb 
hisoblanadi. Termometrning turiga qarab, haroratni o‘lchash uchun 1 daqiqadan 5 daqiqagacha bo‘lgan vaqt sarflanadi. 
Normal ko‘rsatkich – 36,6-37,2 °C hisoblanadi. Bunday usul to‘rt yoshdan kichik bolalar uchun to‘g‘ri kelmaydi, chunki 
bunday yoshdagi bolalar hali termometrni muvofiq holda tutib tura olmaydi. Termometrni yuving. Datchik yoki simobli 
moslamani tilning tagiga qo‘yish va gradusnikni lablar bilan tutib turish kerak. 
Haroratni quloq kanalida o‘lchash. Bolalarda tana haroratini o‘lchash uchun maxsus termometr kerak bo‘ladi 
(kontaktsiz termometr), shuning uchun ham unchalik keng ko‘lamda tarqalmagan. Bu usul bilan nafaqat tana harorati 
o‘lchanadi, balki otit kasalligiga diagnoz qo‘yishga erishsa bo‘ladi. agar yallig‘lanish jarayoni kechayotgan bo‘lsa, har bir 
quloqdagi harorat ko‘rsatkichi bir biridan farq qiladi. Buning uchun maxsus infraqizil termometrlar mavjud: boshqa 
termometrlarni quloqqa tiqish foydasiz. 6 oylikkacha bo‘lgan bolalarning harorati quloqda o‘lchanmaydi, chunki 
rivojlanishning o‘ziga xos xususiyatlari tufayli natija noaniq bo‘lishi mumkin. Quloqni bir tomonga biroz torting va 
termometr datchigini quloq ichiga qo‘ying. O‘lchash uchun bir necha soniya kerak bo‘ladi.Rektal (to‘g‘ri 
ichakda). Bolalar uchun eng ko‘p tarqalgan usul to‘g‘ri ichak sohasida tana haroratini o‘lchashdir. Buning 
uchun elektron termometrdan foydalangan yaxshiroq, uning yumshoq uchini to‘g‘ri ichak sohasiga 1-1,5 daqiqa 
davomida ushlab turish kifoya. Normal ko‘rsatkich – 36,8-37,6 °C (qo‘ltiq ostidan o‘rtacha 1 °C ga farq 
qiladi).Qinda. Ko‘proq bazal haroratni o‘lchash uchun qo‘llaniladi (tananing eng past harorati, dam olish vaqtida qayd 
etiladi). Uyqudan keyin o‘lchanadi, 0,5 oC ko‘rsatkich o‘zgarishlari ovulyatsiya jarayoni boshlanayotganidan darak beradi. 


@Mahmud_Yazdanov +998913182468 
Inson tana harorati termoregulyatsiya jarayoni bilan boshqariladi, ya’ni bu funksiya doimiy haroratni ushlab turish 
vazifasini bajaradi. Termoregulyatsiyani gipotalamus boshqaradi. Lekin hozirgi kunda shifokorlar qayd etishicha 
tana haroratini boshqaruvchi markazni yagona deb bo‘lmaydi, chunki inson tana haroratiga ta’sir etuvchi bir necha 
faktorlar bor. Yosh bolalarda tana harorati tez-tez o‘zgarib turadi, kattalarda esa (16-18 yoshdan boshlab) deyarli stabil 
bo‘ladi. Lekin sutka davomida ham harorat ko‘rsatkichi bir xil bo‘lmaydi. Chunki sutka davomida ro‘y beradigan fiziologik 
o‘zgarishlar ham bor. Masalan, sog‘lom odamning tongi va kechki tana harorati ko‘rsatkichlari 0,5-1,0 °C ga farq qiladi. 
Tana harorati tashqi muhit ta’sirlarida ham o‘zgarib turadi, masalan jismoniy zo‘riqish vaqtida, ma’lum bir mahsulotlarni 
iste’mol qilganda (achchiq va o‘tkir mahsulotlar), stress vaqtida, qo‘rqqanda, hatto aqliy mehnat bilan ko‘p 
shug‘ullanganda harorat ko‘tariladi. 

Download 254.35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling