1 Bemorlarga umumiy parvarish nima?


Girudoterapiya mexanik ta’siri


Download 254.35 Kb.
Pdf ko'rish
bet27/30
Sana02.06.2024
Hajmi254.35 Kb.
#1837194
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   30
Bog'liq
1 Bemorlarga umumiy parvarish nima

Girudoterapiya mexanik ta’siri: zuluk tanadagi «keraksiz», harakatsiz, xiltli qonni so‘rib oladi.Qon tizimini bunday 
tozalash butun tana va to‘qimalarga samarali ta’sir ko‘rsatadi. Zuluk so‘lagida qonni suyultiruvchi antikoagulyant bo‘lib, 
u xolesterinni yo‘qotadi, bu ham girudoterapiyaning ta’sirini yanada kuchaytiradi. 
Zuluk tananing maxsus biologik faol nuqtalariga mutaxassis girudoterapevt tomonidan qo‘yiladi. YA’ni, zulukni mustaqil 
ravishda qo‘yishga harakat qilmang, muolajani albatta shifokor umumiy salomatligingizni tekshirgach, amalga oshirishi 
zarur. Chunki zuluk noto‘g‘ri nuqtalarga qo‘yilishi salomatlik uchun zararli. 
Zuluklar 3 oy davomida steril holatda, och saqlanadi va bir marotaba faqat bir bemorga qo‘yiladi. SHu sababli biror 
kasallik yuqishi xavfi yo‘q. Zuluk so‘lagidagi fermentlar ta’sirida teridagi jarohatlar bitishi osonlashadi, teri yangilanib
tonusi oshadi, muloyimlashadi. Yuzdagi husnbuzar va ulardan qolgan izlarni yo‘qotishda, dog‘larni ketkazishda ham 
girudoterapiya muolajasi tavsiya qilinadi. Shuningdek, bu kichik tabiblar sellyulitga qarshi kurashda, ajin, yuz rangi 
so‘lg‘inlashishida ham yordam beradi. Zuluk so‘lagining tarkibida serotonin (quvonch gormoni) bo‘lib, muolajadan so‘ng 
bemorning kayfiyati ko‘tariladi, tushkunlik, stress va depressiyaga tushish holatlaridan qutuladi.Shuningdek, uning 
xotirani kuchaytirish xususiyati ham mavjud. Girudoterapiya bolalarga ham, katta yoshlilarga ham tavsiya qilinadi. Faqat 
zuluk qo‘yilgan jarohat joyini to‘g‘ri parvarishlab borish lozim. Chunki zuluk qo‘yilgandan keyin 1 sutka mobaynida 
jarohat qonab turishi mumkin va shu sababli o‘sha joyga suv tekizib bo‘lmaydi. 
27) Oddiy fizoterapevtik muolajalarni ( kompres, bankalar, gorchichnik va boshqalarni) qo’llash metodikasi. 
• Xantalni qo’llash metodikasi. >Xanatal va xantal paketchalar. • Lotok, iliq suv (harorat 40-45 °C). • Ko’rpa, papiros 
qog’oz yoki doka salfetka. • Paxtali tamponlar, sochiq, vazelin. • Ishlatilgan anjomlar uchun lotok. Bajarilish ketma-
ketligi: 1. Xantal yaroqliligini tekshirish: ishlab chiqarilgan sana, xantal sochilib ketmasligi kerak, xantalni namlaganda 
o’tkir xidning paydo bo’lishi. 2. Xantal qo’yish joyini aniqlash, teri qoplamlarini ko’zdan kechirish. 3. Bemorni yotqizamiz 
(rasm.1). 4. Xantalni 5-10 daqiqa iliq suvga solamiz (harora 40-45 °C), suvni chayqatamiz va xantal tomoni bilan teriga 
yopishtiramiz (terida yuqori sezuvchanlik bo’lsa va chaqaloqlarda xantal ostiga pipiros qog’oz yoki doka salfetka qo’yiladi 
yoki ikkita xantalni bir-biriga ichki tomoni bilan yopishtiriladi). 5. Bemorni avval sochiq bilan, keyin ko’rpa bilan o’raymiz. 
Bir necha daqiqadan so’ng bemor terisida issiq va ozgina jizillashni sezishi kerak. 6. 5-15 daqiqadan keyin xantal olinadi 
(terida giperemiya bo’lishi kerak). 7. Teridagi xantal qoldiqlari nam salfetka bilan artiladi va sochiq bilan teri quritiladi. 8. 
Teridagi qizargan sohalar vazelin yog’iga namlangan paxta tamponlar bilan artiladi. 9. Bemor issiq qilib o’raladi. 10. 
O’tkazilgan protseduradan keyin bemor 30-40 daqiqa yotishi lozim. 
Kompress Kompress (lat. compression – bosmoq, siqmoq) – doka yoki boshqa mato bilan qo’yilgan ko’p qavatli 
davolovchi bog’lam, asosan paxta, yog’li qog’oz yoki suv o’tkazmaydigan plyonka bilan birga ishlatiladi. Ko’rsatma: lat 
yeyish va jarohatdan keyingi birinchi soatlar, burun va gemorraidal qon ketishlar, lixoradkani ikkinchi davri. Qarshi 
ko’rsatma: qorindagi spastik og’riqlar, kollaps, shok. Kerakli anjomlar: muz bilan sovuq suv, bir necha qavat qilingan 
doka. Muolajani bajarish bosqichlari: 1. Tayyorlangan doka sovuq suvga botiriladi va ozgina siqiladi. 2. Kompress tanani 
kerakli joyiga qo’yiladi. 3. Doka har 2-3 daqiqada almashtiriladi (qizib ketishiga qarab). 

Download 254.35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling