1. Berilgan matn "Kuntug’mish"dostonidan olingan. Ushbu doston Ergash Jumanbulbul o’g’lidan yozib olingan


Download 0.57 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/12
Sana03.11.2023
Hajmi0.57 Mb.
#1741680
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
Bilet ona tili dak

Ko’chma so’z-iztirob chekadi; 
Chek-davomli narsa yoki hodisaning eng so’nggisi,oxiri,nihoyasi; 
Chek 2-hissa;ulush; 
Chek 3-pul muomalasiga doir hujjat. 
5-topshiriq 
Modal so’z,ot,olmosh,sifat,qo’shma fe’l. 
6-topshiriq 
Bog’langan qo’shma gap.Zidlov bog’lovchisi yordamida bog’langan. 
7-topshiriq 
(:)-Bog’lovchisiz qo’shma gap tarkibidagi keyingi sodda gap oldingi sodda gapdan anglashilgan fikrni izohlab kelgani uchun 
ishlatilgan.
10-variant 
1-topshiriq 
Ushbu she’riy parcha o’zbek adabiyotining zabardast vakili Muso Toshmuhammad o’g’li Oybekning “O’zbekiston”she’ridan 
olingan.Ona yurtimiz O’zbekiston haqida bitilgan she’rlarda aziz Vatanimiz tarixi,beqiyos tabiati,xalqimizning eng noyob 
fazilatlari,badiiy tarannum etilgan,satrlarga joylangan.Jonajon Vatanimizning alohida mavzu sifatida talqin etilishi 20-asr 
she’riyatida sezilarli kuchaydi.Bu borada tashabbus ko’rsatgan ijodkorlardan biri,shubhasiz,Oybekdir.”O’zbekiston”she’riga 
nazar tashlasak,shoir go’yo dunyo ahli qarshisida turib ,o’z yurtini yonib va jo’shib kuylayotganday tuyuladi.Tuprog’ida oltin 
gullaydigan,qishlarida bahor shivirlaydigan,sal ko’rmasa darrov Quyoshni qo’msaydigan bu o’lka kishilarini chiroyli 
tasvirlagan.Oybek barchamizni O’zbekiston atalmish yurtni,uning o’zligini-tarixi,buguni va kelajagini qunt bilan o’qish,tanish 
va shular asosida sevishga,ardoqlashga yonib da’vat etgan. 
2-topshiriq 
“Xonaqoni tashlab fikr fanlarini mindi”-o’tmish davrga xos jumla.Turkiston ahli asrlar osha ta’lim-tarbiyaning bir xil qolipidan 
chiqa olmagan.Ilm deganda aksariyat faqat diniy ilmni uning ham yodaki va yuzaki o’zlashtirilishini tushunardi.Shu tufayli ham 
o’lka G’arb xalqlarining aniq fanlar sohasida erishgan yutuqlaridan benihoya ortda qolib ketgan edi.Shoir yurtdoshlarini 
,ayniqsa,yoshlarni zamonaviy ilmlarni o’rganishga chorlaydi. 
3-topshiriq 
“ruhi injiq va xasta”-yurtimizga bostirib kelgan bosqinchilar dastlab shu fikrda bo’lishgan.Faqat kelishgach 
Spitamen,Manguberdi,Dukchi eshonlarning mardona ruhi nimalarga qodir ekanligini o’z tanalarida his qilishgan. 
“tomchi qoni uning bir kulcha oltin”-qadimda oltin kulcha nonning zuvzlasiga o’xshash ko’rinishda quyilgan.O’zbek xalqining 
bir tomchi qonida bahosi osmonga teng kulcha oltinning qudrati yashirin. 


“uyqu iloni”-qoloq Turkiston o’lkasi 17-19-asrlarda chuqur uyquga ,g’aflat uyqusiga ketgan edi.Sanoatlashishdan yiroq bo’lgan 
iqtisodiy holatni nazarda tutib,uning jismini bolg’alar bilan parchalash,ya’ni Respublikamizning sanoatlashih yo’liga qadam 
bosgani, ming bora egilib dehqonchilik qilib kelgan o’zbek mehnatkashining “belini g’oz” qilganini yorqin ifoda etadi. 
4-topshiriq 

Download 0.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling