1. Berilgan matn "Kuntug’mish"dostonidan olingan. Ushbu doston Ergash Jumanbulbul o’g’lidan yozib olingan
Download 0.57 Mb. Pdf ko'rish
|
Bilet ona tili dak
1-variant 1.Berilgan matn “Kuntug’mish”dostonidan olingan.Ushbu doston Ergash Jumanbulbul o’g’lidan yozib olingan. Doston Ergash Jumanbulbul o’g’lidan yozib olingan.Doston No’g’ay yurtida Avliyoyi Qoraxon ismli ,Qilichxon laqabli podshoning yolgiz o’g’li Kuntug’mish haqidadir.Kuntug’mishning hayoti qahramonlik bilan kechadi.Uning Xolbekaning visoliga yetishish uchun uzoq safarga otlanishi ,yo’lidagi barcha to’siq g’ovlarni yengishi haqiqiy insoniy jasoratdir.Dostondagi Xolbeka ,Gurkiboy va Mohiboy harakatlarida ham qahramonlik belgilari bor.Xolbekaning sevgan yori uchun ,bolalari uchun jonini berishga tayyorligi ,Gurkiboy ukasi uchun jonini fido qilishga shayligi ham qahramonlikdir. Bu doston bizni muhabbat tuyg’usini qadrlashga o’rgatadi.Kuntug’mish Xolbeka uchun har qanday qiyinchiliklarga chidaydi.Go’zal sabri orqali barcha yo’qotganlarini topadi. 2-topshiriq. No’g’ay yurtining qizi deya ta’riflangan qahramon-Xolbeka.Xolbeka o’z so’zida turadigan,barcha hunarlarga mohir qiz.Xolbeka o’z xulqi va fazilatlari bilan har jihatdan Kuntug’mishga teng va munosib bo’lgan inson.U haqiqiy muhabbatni tan oladi va unga ishonadi.Xolbeka hamiyatli,g’ururi baland qiz.Garchi u Kuntug’mishni tushida sevib qolgan,uchrashganda esa yigitni ko’ribbiroz muddat ixtiyorini yo’qotgan bo’lsa-da,uning husniga talabgorlarga bergan va’dasi ,ya’ni faqat nard o’yinida g’olib chiqqanga tegaman degan fikridan qaytmaydi.O’zi ko’ngil qo’ygan yigitning el-yurt oldida yuzi yorug’ bo’lishini istaydi. 3-topshiriq Doston xalq og’zaki ijodidagi barcha she’riy qoidalar va uslublarni o’zida jamlagan asardir.Voqealar,sarguzashtlar,asosan,nasriy bayon etiladi.Qahramonlar tavsifi,ruhiy kechinmalari she’riy yo’l bilan ifodalanadi.”Doston” forschada epik asar nomini anglatadigan so’z.”Kuntugmish”dostoni esa xalq og”zaki ijodida yaratilgan,syujet erkinligi,qiziq voqealari bilan ajralib turadigan ishqiy-qahramonlik dostonlari sarasiga kiradi.Asar qahramonlari juda katta qiyinchiliklarni boshlaridan kechirib,og’ir sinovlarga bardosh beradilar.Dostonning o’ziga xos Download 0.57 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling