1. Berilgan matn "Kuntug’mish"dostonidan olingan. Ushbu doston Ergash Jumanbulbul o’g’lidan yozib olingan
xususiyati-muhabbat mavzusining ustunligi.Dostonda badiiy til
Download 0.57 Mb. Pdf ko'rish
|
Bilet ona tili dak
xususiyati-muhabbat mavzusining ustunligi.Dostonda badiiy til vositalaridan,ayniqsa,ayrim baytlar hikmatli so’z darajasiga
ko’tarilgan.M:”G’aribning ko’nglini ovlamoq savob”,”Gavharni ne bilsin ushalgan sopol”,”O’zingdan kattani uchratsang pir bil,O’zingni er bilsang,birovni she’r bil”va hk.Dostondagi mubolag’a,o’xshatish,kinoya kabi badiiy unsurlar dostonning badiiy qiymatini oshiradi. 4-topshiriq. Matnda sur’at so’zi xato yozilgan.Surat bo’lishi kerak. Surat-rassom tomonidan chizilgan rasm.M:Kuntug’mish Xolbekaning suratini ko’rib qoldi. Sur’at-ish-harakat ,voqea-hodisa,jarayonning jadallik darajasi.M:Ishning sur’ati oshdi. 5-topshiriq. Morfologik:ot,olmosh,ot,ot,fe’l’,ot,fe’l. Sintaktik tahlil: 6-topshiriq. Zarning yoki zo’rning musofirchilikda yarashini burungilar aytishgan. 7-topshiriq. Uyushiq bo’laklardan oldin umumlashtiruvchi so’z borligi uchun qo’llangan. 2-variant 1-topshiriq Asar Maqsud Shayxzodaning “Jaloliddin Manguberdi” fojiasidan olingan.Ushbu asar o’zbek dramaturgiyasining yetakchi namunasi hisoblanadi.Asardagi Jaloliddin Manguberdi shaxsi ,uning taqdiri hozirgi kungacha kishilarni hayratga solib ketyapti.Buyuk sarkarda,mo’g’ul bosqinchilariga qarshi kurashgan Jaloliddin Manguberdining to’liq ismi Jaloliddin ibn Alovuddin Muhammad bo’lib,Xorazmshohlarning so’nggi hukmdori hisoblanadi.Jaloliddin otasining harbiy yurishlarida qatnashadi va o’zining jasur jangchi,iste’dodli sarkardalik qobiliyatini namoyish etadi.Mo’g’ul istilochilarining haybatidan cho’chigan otasi Muhammadshoh dushmanga qarshi kurashish o’rniga ,go’yo mamlakat xalqi hayotini saqlab qolish bahonasida Samarqandni tashlab orqaga chekinadi.Kaspiy dengiz bo’yidagi Obeskun shahriga yo’l oladi,u yerdan panoh topadi.O’g’li Jaloliddinning da’vat-u undovlari ham foyda bermaydi.Yosh sarkarda kuchli mo’g’ul qo’shiniga qarshi bir o’zi kurashga otlanadi.O’ziga yaqin xon-u beklar va lashkarboshilarning boshini qovushtirib jangga kiradi.Umrining oxirigacha Vatanimiz hududini yovdan tozalashga harakat qildi.Uning yurti Xorazmda haykal o’rnatildi va oliy darajadagi harbiy mukofot ta’sis etildi. 2-topshiriq Bepoyon olamning shohi-podsho Badriddin,Samarqand va Movarounnahrning sultonidir degan ma’noni anglatadi.Singlisi Sultonbegimning turmush o’rtog’i, amir Badriddinning xiyonati, uzukka yozilgan so’z orqali fosh bo’ladi.Chingizxon xoin Badriddinga shohlikni va’da beradi. 3-topshiriq Tragediya adabiyotning dramatik tur janrlaridan biri bo’lib,uning lug’aviy ma’nosi yunoncha tragos-echki ,ode-qo’shiq ma’nosini anglatadi.Tragediyaning boshqa sahna asarlaridan farqi shundaki,qahramonlar o’rtasidagi kuchli ziddiyatlar asosiga quriladi.Qahramonlar taqdiri fojia bilan yakun topadi.Bunday asar asnosida kishilar qismati shiddatli,suronli siyosiy voqealar,turli ijtimoiy ,shaxsiy qarashlar kurashi fonida ko’rsatiladi.Biz o’qigan asar buyuk sarkarda o’limi bilan tugasa-da,fojia so’ngida o’zini jarga tashlayotgan Jaloliddinning kelajakka ishonch ,yaxshi kunlar umidi bilan yo’g’rilgan xitobi fikrimizning dalilidir. Ulug’vor niyatlarga koq qilmas ajal, Kim yurtidan yovni quvsa – mendurman o’shal. 4-topshiriq Download 0.57 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling