4-topshiriq
Silsila-ma’lum tartibda,ketma-ketlikda keltirilgan narsalar degan ma’noni bildiradi.
Ma’nodoshi-zanjir;qator;saf;tizim.
5-topshiriq
To’q sariq,qo’ng’ir-sifat uyushyapti;
Ot,sifat,sifat,ot,orttirma sifat,sifat,ot,ot,ot,fe’l.
6-topshiriq
Me’mor kaftlarini ishqalab,qumda havo qizigan bo’lishiga qaramay,nafas olish qulayligini,inisiga uning so’zijuda to’g’ri
ekanligini aytdi.
7-topshiriq
(.)-gap tugallangan ohang bilan aytilgan;
(- ,)-ajratilgan bo’lak borligi uchun ishlatilgan.
5-variant
1-topshiriq
Matn Chingiz Aytmatovning “Asrga tatigulik kun” romanidan olingan.
Ch.Aytmatovning bu romani 1980-yilda yozilgan.Asar butun kitobxonlar tafakkuri va ruhiyatini larzaga keltirdi.Chunki unda
odamning insoniy qiyofasini belgilaydigan ko’rsatkichlar:o’zlikni anglash,o’zgani tushunish ,tarixiy ildizlarini bilish,undan
faxrlanish singari tushunchalar ekanligi va bulardan ayrilish ,mohiyatiga ko’ra,odamlik qiyofasini yo’qotish ekani
ko’rsatilgandi.
Yozuvchi bu romanga arman yozuvchisi Grigor Narikatsining “Musibatnoma” kitobidan “Bu kitob jism-u fig’onimdir
mening,Bu kalom jon-u jahonimdir mening”satrlarini epigraf qilib olinishida ham teran ma’no bor.Asarda odamning azizligi
,uning tarixiy ildizlaridan,tilidan,elidan,g’ururidan mahrum qilish joniga qasd etishdan ham dahshatli jinoyat ekani Nayman
onaning tengsiz fojiasi tasviri asnosida aks ettirilgan.
2-topshiriq
Ch.Aytmatovning buyuk yozuvchiligi shundaki,u Bo’ronli Edigey taqdiri misolida siyosatdan tamomila chetda turuvchi
kamtargina odam ham, aslida siyosatning ta’siridan xoli bo’lolmasligini ishonarli aks ettirgan.Edigey kechagi kunini unutmagan
,bobolar amal qilgan yuksak udumlar asosida yashashga o’zida kuch topa oladigan chin insondir.Ma’lumoti bo’lsa-da,ezgu
insoniy tuyg’ulardan mahrum,odamning ko’nglini his etmaydigan,bobolarning udumlarini mensimaydigan Sobitjon
manqurtning zamonaviy va xavfli nusxasi ekanligi asarda ta’sirli ko’rsatilgan.Xullas,bu roman odamning odamligini ta’minlab
turadigan asosiy qadriyatlar haqida dard bitilgan o’lmas asardir.
Do'stlaringiz bilan baham: |