1. Berilgan matn "Kuntug’mish"dostonidan olingan. Ushbu doston Ergash Jumanbulbul o’g’lidan yozib olingan


Download 0.57 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/12
Sana03.11.2023
Hajmi0.57 Mb.
#1741680
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Bilet ona tili dak

2-topshiriq 
 Shoirning asarda buyuk shoirning tadbirkor,siyosiy arbob ,uzoqni ko’ra oluvchi donishmand ,har qanday holatda ham 
e’tiqodiga xiyonat qilmaydigan iymoni mustahkam shaxs ekani yorqin tasvirlangan.Shoirning harbiy ishlar sohasida ko’p 
sarkardalar,hatto,umri jang-u jadallar ichida o’tgan Husayn Boyqaro nisbatan ham bilgirlik qilishi asarda mahorat bilan jonli 
misollar asosida hayotiy ifoda qilingan.Alisher Navoiy hazratlarining dovyurak,tadbirkor,o’rni kelsa,xavf-u xatarga tik qaray 
biladigan shaxs ekani uning Yodgor Mirzo qarorgohiga yolg’iz borishga jazm qilganida yaqqol ko’zga tashlanadi. 
3-topshiriq 
Roman nasr yo’lida yozilganligi,hayotni keng qamrovda ko’rsatganligi,syujeti ko’p tarmoqli bo’lganligi,inson taqdiri va 
ruhiyati tasvirining ko’lamdorligi ,katta hajmga ega bo’lishi bilan hikoya va qissadan ajralib turadi.Roman tuzilishi va hajmiga 
ko’ra dilogiya,trilogiya,tetralogiya ko’rinishlarida bo’ladi. 
4-topshiriq 
Dam so’zining sinonimlari-;payt;vaqt;on;lahza; 
Omonimlari:Dam 1-nafas; 
Dam 2-bir nafaslik fursat; 
Dam 3-ayiruv bog’lovchisi; 
Dam 4-havo yuboradigan temirchilar asbobi; 
Dam5-pichoqning o’tkir tig’i; 
Dam 6-“kuf-suf” duo. 
5-topshiriq 
Atoqli ot,son,ot,ot,ko’makchi,ot,ot,sifatdosh,ot,fe’l,yuklama,ot,qo’shma fe’l. 
6-topshiriq 
Bog’langan qo’shma gap.-da yuklamasi biriktiruv bog’lovchisi vazifasini bajargan.va- bog’lovchisi bilan almashtirib qo’llasa 
bo’ladi. 
7-topshiriq 
Tinish belgisi -kiritma gap bo’lgani uchun ishlatilgan.Gap ichida asosiy fikrga muallifninf sub’yektiv munosabatini 
ifodalaydigan birikma qavsga olingan. 
7-variant 
1-topshiriq 
Matn Sh.Xolmirzayevning “Omon ovchining o’limi”hikoyasidan olingan. 
Inson hayotini uni o’rab turgan tabiatdan xoli tasavvur qilib bo’lmaydi.Tabiatga munosabatiga qarab ham odamlarga baho 
berish,kimning qanday inson ekanini aytish mumkin.Shukur Xolmirzayev Surxon vohasining Boysun tumanida tug’ilgan.Buni 
yozuvchi asarlarida ichdan his etib tasvirlaganidan bilsa bo’ladi.Ushbu hikoya qahramoniga nafaqat tabiat ,balki odam 
bolalariga nisbatan shafqat ham begona.Omon ovchining harakatlaridan biror jonivor omon qolmaydi.Buning bosh sababiga 
muallif ishora ham qiladi.Omonning otasi Rahmon polvon bilan bog’liq ma’lumotlarni keltiradi.Omonning bag’ritosh ,berahm 
bo’lishiga oilasidagi muhit,ayniqsa,otasining ta’siri kuchli bo’lgan.13 yoshli bolaga miltiq olib bergani-u bolalikdan yovvoyi 
qush va hayvonlarni otish va yeyish uchun yaratilgan degan tushunchaning hosil bo’lishiga olib keladi va uning oilasi ham 
tashlab ketadi.Sovuqqonligi fojia bilan tugaydi. 
2-topshiriq 
Asar qahramoniga “qon tutadi”,”gunoh”,”ko’z tegadi” degan gaplarning ma’nosi yo’q edi.Bu uning ruhiy jihatdan qanchalar 
qashshoq ekanidan darak beradi.Qishloq aholisi cho’lni o’zlashtirishga ketganida ham,oilasidan voz kechib bo’lsa-da yovvoyi 
yolg’izlikni tanlaydi.Omon ovchi kalamush,sichqon,boyqushlarni otmaydi.Uzoq tomosha qilishni yaxshi ko’radi.Inson bolasi 
ruhiyatidagi aynish holati G’arb psixologiyasida “nekrofiliya”-“o’limsevarlik” deya talqin etiladi.Oyog’ining shikastlanishiga 
qaramay ovga bo’lgan o’chlik “qon tutib”fojiali yakunlandi.Tabiat o’z qasosini olgan edi. 
3-topshiriq 
Asar hikoya usulida yozilgan.Sh.Xolmirzayev hikoya usulining o’ziga xos jihati bor.U qahramonlar ruhiyati,kayfiyati,holatini 
bevosita emas,balki bilvosita tasvirlashga ko’proq e’tibor beradigan yozuvchidir.Sh.Xolmirzayev hikoya tilida o’zi tug’ilib 
o’sgan yurtda qo’llaniladigan so’zlar,iboralar,atamalarni ham me’yorida ishlatadi.Hikoyada qo’llanilgan 
“qoqma”,”zovboshi”,”churpa”,”miyazor”,”inak”,”juvana”,”masliqxo’r”singari so’zlar asar badiiyatining yuksalishiga xizmat 
qilgan. 
4-topshiriq 

Download 0.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling