Bog’lovchisiz qo’shma gap.Ohang yordamida bog’langan.
7-topshiriq
(:)-Bog’lovchisiz qo’shma gap tarkibidagi keyingi sodda gap oldingi sodda gapdan anglashilgan fikrni izohlab kelgani uchun
ishlatilgan.
8-variant
1-topshiriq
Ushbu matn Muhammad Yusufning “Vatanim”she’ridan olingan.
Shoirning bu she’ri asosida yaratilgan qo’shiqni eshitmagan ,xonandaga jo’r bo’lib birga aytmagan yurtdoshimiz kam
topiladi.Shoirning ona yurtdan tuygan mehri xuddi singilning ,onaning mehridek iliq.U bir aka bo’lib ,bir o’g’il bo’lib bu
mehrga javob bergisi,agar shu yurt “o’g’lim”,deya unga mushtoq bo’lsa,har qanday mushkulot qarshisiga chiqqisi,kelgusi
padarkushlardan kelajak ulug’beklarini pana qilib quchgisi keladi.Shoir nihoyat mustaqilligini,ozodligini qo’lga kiritgan vatanni
qutlab,haqli ravishda xalq nomidan “O’zim xoqon,O’zim sulton”,deya faxr etadi.
2-topshiriq
Bandning dastlabki misrasida chor hukumati tomonidan yurtidan chiqib ketishga majbur qilingan,umrbod ortga
qaytolmay,Qashqar tuprog’ida xoki qolgan shoir Furqat eslansa,ikkinchi misrada sho’ro davlati qatag’oni qurboni bo’lgan ,Sibir
o’rmonlarida daraxt kesib umri chirigan Usmon Nosir yodga olinadi.Afg’oniston hududidagi Navoiy,Lutfiy va boshqa
mutafakkir bobolarimizning tashlandiq qabrlari,turli mojarolar tufayli katta shikast yetgan maqbaralarini ko’rib yurtdoshlarimiz
nafsoniyatiga yetmasligi mumkin emas.Tarqab ketgan 96 urug’ning yuz qarolik bilan zimistonda yotishlaridagi holatning ham
achchiq ifodasi sifatida tushunilishi mumkin.
3-topshiriq
She’riy parchada talmeh san’atiga ko’plab misollar keltirilgan.
Shoir uchun Mashrab,Navoiy,Yassaviy,Temur Malik,Muqanna,Shiroq,Manguberdi,Furqat,Bobur,Usmon
Nosir,Alpomish,Ulug’bek,Amir Temurlar bir inson ismi emas,balki xalq va millatning mujassam ismidir.Bu ismlar bag’rida
shoir xalqimizning tarixini,uning eng zafarli va eng achchiq kunlarini jamlaydi.She’rning har bir bandi oxirida
“ulug’imsan,ilig’imsan,qo’rig’imsan,cho’lig’imsan,urug’imsan,dudug’imsan”deb Vatanning kamida yuz yillik hodisalar
natijasi,quvonch va alamini shoir mohirona ifoda etgan.
4-topshiriq
Do'stlaringiz bilan baham: