1. Berilgan matn "Kuntug’mish"dostonidan olingan. Ushbu doston Ergash Jumanbulbul o’g’lidan yozib olingan


Ruh-tanadan chiqib,abadiy qoladigan ko’zga ko’rinmas narsa;  Paronimi:Rux 1-


Download 0.57 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/12
Sana03.11.2023
Hajmi0.57 Mb.
#1741680
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
Bilet ona tili dak

Ruh-tanadan chiqib,abadiy qoladigan ko’zga ko’rinmas narsa; 
Paronimi:Rux 1-yonoq.M:Loladek gul-gul ruxingdek aylansin quling.(Furqat) 
Rux 2-shaxmatdagi to’ra,rux; 
Rux 3-kimyoviy metall. 
5-topshiriq 
Sifat,ot,ot,olmosh,olmosh. 
Ot,fe’l,ravish,ot,ot” 
6-topshiriq 
Bog’langan qo’shma gap.Ohang yordamida bog’langan. 
7-topshiriq 
(-)-bog’lamasiz qo’llangan ot-kesim va ega o’rtasida qo’llangan; 
(,)-sodda gaplarni bog’lagan va bog’lovchisiz qo’shma gapni hosil qilgan. 
11-variant 
1-topshiriq 
Matn o’zbek xalqining ulug’ dostoni “Alpomish”dan olingan.Bu dostonni o’zbekning buyuk baxshisi Fozil Yo’ldosh o’g’li ijro 
etgan nusxa voqealarning qiziqarliligi,tasvirlarning izchilligi, o’zbek xalqining ruhiyatiga xos belgilarni aks ettira olishiga ko’ra 
barchasidan yuksak turadi.Bu dostonda xalqimizning azaldan iymon-e’tiqod ,or-nomus birligi yo’lida o’zini ayamasligi yorqin 
aks ettirilgan.Dostonda o’ziga unashtirilgan Oybarchinning qalmoqlar orasida talashda qolmasligi, yurtdoshlarining begonalarga 
xor bo’lmasligi uchun jonini tikkan Alpomish bilan tanishamiz. Yaratganga iymon keltirib,mo’minga do’st tutingan,iymonsiz 
yurtdoshlariga qarshi kurashgan Qorajon holatini anglaymiz.Er yigitlardan qolishmaydigan Oybarchin va Qaldirg’och 
timsollariga qoyil qolamiz.Bu asar xalqimizning ma’naviy olami va ruhiyat dunyosini ko’rsatuvchi ko’zgudir.1999-yilda doston 
yaratilganining ming yilligi mamlakatimizda keng bayram qilindi. 
2-topshiriq 
Asardagi ushbu jumlalar uzoq kutilgan- Boybo’ri va Boysarining farzand ko’rgani munosabati bilan qo’ngirot eliga to’y qilib 
berishiga ishora qilingan. 
3-topshiriq 
“Doston” -forscha so’z bo’lib,qissa,hikoya,sarguzasht,ta’rif ma’nolarini bildiradi.Favqulodda xususiyatlarga ega 
qahramonlarning boshidan o’tgan qaltis voqealar she’r va nasriy yo’lda aralash tasvirlangan yirik hajmli ,muallifi noma’lum 
epik asarlarxalq dostonlari deyiladi.Xalq dostonlari quyidagi turlarga ajratiladi: 
1.Qahramonlik dostonlari. 
2.Jangnoma dostonlar. 
3.Romantik dostonlar. 
4.Tarixiy dostonlar. 
5.Kitobiy dostonlar. 
Xalq dostonlarida ko’proq ko’chmanchi tarzda hayot kechirgan eliboy o’zbeklar tirikchilik tarzi aks etadi.Xalq dostonlarining 
tilida qipchoq lahjasi yetakchilik qiladi.Chunonchi,Alpomishning qiz sha’niga dog’ tushirmaslik uchun begonalar oldida 
Oybarchin nomini tilga olmasligi kabi go’zal odatlarni ko’ramiz.Dostonlarimizda o’zbek xalqining ruhiy olami ,udumlari ham 
o’zining go’zal ifodasini topgan.
4-topshiriq 

Download 0.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling