1. Berilganlardan urg‘u oxirgi bo‘g‘inga tushmaydigan so'zlar ajratib ko‘rsatilgan javobni belgilang
Download 61.5 Kb.
|
YANGI BLOK TEST UCHUN
1. Berilganlardan urg‘u oxirgi bo‘g‘inga tushmaydigan so'zlar ajratib ko‘rsatilgan javobni belgilang. 1) monitoring; 2) traktor; 3) o'rikzor; 4) dalada; 5) respublika A) 2, 3, 5 В) 1, 2, 5 C) 2, 3, 4, 5 D) 1, 2, 3, 4 2. Qaysi javobda yordamchi so'z turkumlariga oid birliklar soni 2ta? A)Nahotki bu gaplarga ishonasiz-a, meni emas, ularni taklif qilasizmi, akajon. B)Xullas, hammasi ko'ngildagidek yaxshi ketayotgan edi, lekin to'satdan ikkovlari ham shaharga, o'z uylariga qaytish fikriga tushib qolishdi-da. C)Bu she’r menga bag'ishlangani uchun emas, balki unda shoirning sof va musaffo qalbi jo'sh urib turgani uchun sevaman. D )Hoy, ehtiyot bo'linglar, daryo bilan hazillashib bo'lmaydi,bu haqida ogohlantirib qo'yganimni unutmanglar, bolalar. 3. Qaysi gapda moslashuv munosabatli so'z birikmasi ishtirok etmagan? A)Maktabimiz bog'ida mevali daraxtlar ko'p. B)Bahor kelsa, boshlanar bog'da bulbul xonishi... C)Yamoqchi gazetaga o'ralgan pulni olib sanamoqchi bo'ldi. D)Kitoblar insoniyatning eng bebaho mulkidir. 4. Alisher Navoiy ijodi haqida berilgan qaysi ma’lumot noto'g'ri? A)Alisher Navoiyning tazkirachilikka oid asari “Majolis un-nafois” deb nomlangan. B) Alisher Navoiyning so'nggi asari “Mezon ul-avzon” deb nomlangan. C)Sharqda o'tgan mashhur shayxlar, so'fiylar hayoti haqida ma’lumot beruvchi “Nasoyim ul-muhabbat” asarini yozgan. D)Alisher Navoiy forsiy tilda yozgan she’rlariga Foniy taxallusini qo'llagan. 5. Shoir ijodida tabiat tasviriga bag'ishlangan bir qator g'azallar bor. Suvni "obi hayvon"— tiriklik suviga o'xshatish qadimdan bor. Lekin uni suzuk deb sifatlash adabiyotda yangilik edi. Shoir tog'lardan mayin oqib kelayotgan suvni noz bilan suzilib borayotgan go'zalga o'xshatadi: "Obi hayvondek suzuk suv har taraf aylab ravon, Qildi sahrog'a tarovat o'zgacha paydo bahor". Ushbu parchada qaysi shoir lirikasi haqida fikr yuritilgan? Furqat, B) Ogahiy C) Zavqiy D) Muqimiy 6. Qaysi gapda fonetik hodisa asosida yozilgan yasama so'z ishtirok etmagan? A)Yigitcha qizning bu qilig'i bilan o'zining beixtiyor bir jinoyati uchun jazo berilganini darrov tushundi. B)Ular ochgan maktablar taqiqlangani uchun berkitilgan, nashr etgan gazetalari yopib qo'yilgan. C )Osmon sahnasida faqat ikki aktyor o'ynamoqda - bulut va quyosh. D)Inson tug'ilib o'sgan vatanida erkin yashaydi. 7. Berilganlardan qo'shma sifatlarni aniqlang. 1) sovuqmijoz; 2) hozirjavob; 3) achchiqtosh; 4) mehnatkash; 5) issiqxona A) 1, 3, 5 В) 1, 2, 4 С) 1 ,3 В) 1 ,2 8. Tarkibidagi barcha fe’llar o‘zaro bir xil nisbatda bo‘lgan gapni aniqlang. A)Qabul qilingan qarorlar asosida belgilangan vazifalarning bajarilishi qat’iy nazorat qilinmoqda. B)Aqlli va bilimdon vazir bir to'g'ri tadbir bilan g'animni parokanda qila oladi, sipohni birlashtiradi, raqiblarni o'ziga rom qila oladi. C)Paxta va zig'ir tolasidan tayyorlangan matolar namlab yoki suv purkab dazmollanadi. D)Ta’limni isloh qilish tegishli idoralar tomonidan ishlab chiqilgan dasturlar asosida bosqichma-bosqich tashkil qilinmoqda. 9. Qaysi javobda zidlov bog'lovchisi uyushiq bo'laklarni bog'lab kelgan? A)Dunyoda kasblar ko'p, biroq odamiylik kasbi hammasidan ulug'. B)Ko'klamning bulutli, ammo yog'insiz bir kunida to'y bo'ldi. C )Bir o'lka bor dunyoda, biroq Yozilmagan dostondir bori. D )Hamma gullarning hidi bor, lekin rayhonning hidi bo'lakcha. 10. Qaysi javobda tirening tushirib qoldirilishi bilan bog'liq xatolik kuzatilmaydi? A)Mening akam ham shifokor. B)Hosilning otasi suv, onasi yer. C) Yaxshi qiz uy obro'si. D)Har narsaga qiziqish biz uchun eski odat. 11. Qaysi javobdagi ta ’riflangan obraz “Alpomish” dostonida ishtirok etadi? A)Qur'oni Karimni o'rtaga qo'yib do'st tutinadi, lekin qasamiga xiyonat qiladi. B)“. . .juda masxaraboz edi, har tusli bo'la berar edi. Agar birovni aldamoqchi bo'lsa, har tusli bo'lganda o'zining jo'ralari ham tanimas edi”. C)“Majlisli kun bo'lsa, to'rdan jo y tegmay, piyoladan choy tegmay, bo'sag'aning oldida. kovishga. jo y bermay, kovish bilan aralashib, it yiqilish bo'lib, paygabetda yotar edi”. D)“G'orda yotar edi, xurrakni baland tortar edi, botmon nosvoyni to'rt bo'lib otar edi, ne er yigitlarni ikki pulga sotar edi, yaxshilikni uch pulga olmay, qayerda yomonlik bo'lsa, izlab yetar edi... ” 12. Omonimiga ega otni aniqlang. A) ganch B) ahil C) chang D) yozmoq 13. Qaysi javobda paronim bilan bog'liq xatolik mavjud? A)Tongda ruhsiz ko'z ochaman, Qovurilar tandajon. B)Tuzsiz sherlarim deb shirindan shirin Bolalarim yurar oyoq uchida... C) Tinch kuningni ko'rolmagan yurtfurushlar Bir kun bir kaft tuprog'ingga zor bo'ladi. D)Shoh Mashrab qoni senda Urdi tug'yon, o'zbegim. 14. Qaysi javobda o'zaro sinonim sifatlar juftligi berilgan? A) norg'ul-nimjon B) tanti-erka C) suluv-go'zal D) husn-chiroy 15. Yasalish asosi ot bo'lgan yasama so'zlarning barchasi ko'rsatilgan javobni belgilang. 1) baqqollik; 2) hukmdor; 3) o'quvchi; 4) kitobxon; 5) atamashunos A) 1, 4 B) 2, 3, 4 С) 1, 2, 4, 5 D) 1, 2, 3, 4, 5 16. Bir kishi «...bitta qo‘ydan garov bog'lashib yo‘lga tushipti. Jo'ralari hali kutishar emish - yo‘q, hali kutishar emish - yo‘q; tong otipti, uyida ham yo‘q emish; go‘ristonga borib qarashsa, Asqar ponsotning go‘ri oldida o‘lib yotgan emish! Bechora go'rga pichoq sanchganida etagini qo‘shib sanchgan ekan, qaytay desa, etagidan birov tortganday bo‘lgan -da...» Ushbu parcha qaysi asardan olingan? A) «Mehrobdan chayon» (Abdulla Qodiriy) B) «Shum bola» (G‘afur G‘ulom) C) «Urushning so‘nggi qurboni» (O‘tkir Hoshimov) D) «Dahshat» (Abdulla Qahhor) 17. O‘rinsiz aytgan gapi uchun vazirlik lavozimidan olib tashlangan, biror joyda ishga olishmagani sababli qassoblik qilishga majbur bo‘lgan, asar oxirida esa qassoblarning xalqqa yetkazayotgan zararini shohga arz qilgani bois, ya’ni xalq dardini o‘ylagani uchun saroyga qaytarilgan Muhammad qovchin obrazi qaysi asarda uchraydi? A) «Sohibqiron» (Abdulla Oripov) B) «Ulug’bek xazinasi» (Odil Yoqubov) C) «Zulmat ichra nur» (Mirkarim Osim) D) «Yulduzli tunlar» (Pirimqul Qodirov) 18. Sensen sevarim, xoh inon, xoh inonma, Qondur jigarim, xoh inon, xoh inonma. Ushbu she’riy misralar haqidagi qaysi ma’lumot to‘g‘ri? A) Ushbu misralarda tardi aks san’atidan foydalanilgan. B) Qofiyasi mutlaq qofiya hisoblanadi. C) Radifi qisqa radif sanaladi. D) Qofiyadosh so‘zlarda «n» tovushi raviy bo‘lib kelgan. 19. . “Ruhlar isyoni” dostonida kimni “adolat” deb she’r bitgani uchun ko’ziga mil tortdilar? A) Nasimiy B) Firdavsiy C) Rudakiy D) Bedil 20.Dardga to’lding, g’amga to’lding, telba bo’lding, Ishq dardini so’rsang hargiz darmoni yo’q. Yuqoridagi misrada qaysi she’riy san’at qo’llangan? Tajnis B) Ta’did C) Husni ta’lil D) Tasbe 21. Qaysi gapda aniqlovchi vazifasida kelgan olmosh qatnashgan? A)Hunarli odam hech qachon kam bo'lmaydi. B )Sen ham aytgil menga bitta so 'z... C )Nosir oxun chiroyli va ozoda libosda edi, uni kimdir chaqirdi. D)Ayt-chi, go'zal Sanobar, Qayer sening makoning? 22. U shbu so'zlar fonetik hodisa asosida yozilgan. Ular yasalish asosi fe’l turkumiga oid yasama otlar sanaladi. Yuqoridagi fikrga mos keladigan so'zlar berilgan javobni aniqlang. quchoq, o'toq B) o'choq, qo'rqoq C) qiynoq, suvoq D) sinov, tarqoq 23. Turli ko'rgiliklardan boshi chiqmaydigan yurtlarni nazarda tutib: Bog‘siz, bog'bonsiz yerda ne ham qilsin ezgulik.. . Ketma, bahor, mening bog'imdan, — deya iltijo qilgan shoir kim? A) Muhammad Yusuf B) Abdulla Oripov C) To'ra Sulaymon D) Usmon Nosir 24. Qaysi javobda bir xil janrga oid asarlar berilgan? A )“Og‘riq tishlar” (A. Qahhor) “Oltin vodiydan shabadalar” (Oybek) B)“Yodgor” (G‘.G ‘ulom), “Tushda kechgan umrlar” ( 0 ‘. Hoshimov) C)“Qutlug‘ qon” (Oybek), “Yulduzli tunlar” (P.Qodirov) D)“Jamila” (Ch.Aytmatov), “Opa-singillar” (A.Muxtor) 25. Imloviy jihatdan noto'g'ri yozilgan so'zlar ko'rsatilgan javobni toping. 1) sulx; 2) rahmat; 3) exson; 4) ishtaha; 5) muxrdor A) 4, 5 В) 1, 3, 5 С) 1, 2, 3, 5 D) 1, 3, 4, 5 26. Kuzda go'zal bizning Farg'ona, Qiyosi yo'q jannat maskandir(l). Uyimizni sog'indim, ona, Bog'imizda behi pishgandir(2)… Berilgan parchadagi raqamlangan so'zlar tarkibidagi -dir qo'shimchasi haqida to'g'ri fikrni aniqlang. A)Ikkala so'z tarkibidagi -dir qo'shimchasi bog'lama hisoblanadi. B)Ikkala so'z tarkibidagi -dir qo'shimchasi yuklama hisoblanadi. C) Birinchi so'z tarkibidagi -dir qo'shimchasi bog'lama, ikkinchi so'z tarkibidagi -dir qo'shimchasi yuklama hisoblanadi. D)Birinchi so'z tarkibidagi -dir qo'shimchasi bog'lama, ikkinchi so'z tarkibidagi -dir qo'shimchasi fe’lning nisbat shakli hisoblanadi. 27. “Sen, bolam, bufetchi xotinga emas, boshqa hech kimga ham emas, faqat shodasoyliklar oldiga borib gunohingni о 'tinishing kerak. Faqat o'shalar gunohingdan kecha oladi. O'zingni ko'rsat, bosh eg. ... Qaytaylik, jon bolam, ko'zim ochig 'ida... ” Ushbu parcha qaysi asar qahramoni nutqidan olingan? A)Sharofat xola, “Chinor” B)Saodat aya, “Qorako'z majnun” C)Umri xola, “Urushning so'nggi qurboni” D) Jannat xola, “Ufq” 28.«Sayohatnoma»dan olingan quyidagi parchada qayerning ta’rifi keltirilmoqda? Bir ma’raka ko‘rdim butun, Jami yopingan boshga to‘n, Boqsamki, besh yuzcha xotun Voiz so‘zin tinglor ekan. A) Do‘rmancha B) Roshidon C) O‘ltarma D) Nursux Matnni o‘qing va 29-30-savollarga javob bering. Baxt shunday narsaki, borligida uni kishi sezmaydi, yo‘qligida orzu qiladi. Baxtli odam “Men baxtliman” deb olamga jar solmaydi. Inson hech qachon baxtga to‘ygan, “baxtliman” degan emas. Aslida, hayotda birorta maqsad bilan yashashning o‘zi – baxt. Maqsadsiz yashash shunday ko‘rgilikki, u hech kimning boshiga tushmasin! Kishida maqsad bo‘lsa, unga erishish yo‘lida kurashish, mashaqqat chekish, ta’na-dashnomlar eshitib, kuyib-yonib yurish ham baxt. Men kinochi bo‘lsam, “Baxtiyorlik lahzasi” degan film yaratgan bo‘lar edim. Bu film baxt lahzalari majmuasidan iborat bo‘lar edi. Unda marraga yetgan sportchining g‘alaba dan charaqlagan ko‘zlarini, yerga qo‘ngan kosmonavtning kulgisini, she’r yozib tugatgan shoir quvonchini, chet eldan qaytayotgan sayohatchining mamlakatimiz chegarasini kesib o‘tgandagi hishayajonini, uzoq judolikdan so‘ng bolasiga yetishib quchoqlagan onaning sevinch yoshlarini, o‘z mehnat samarasini ko‘rib mamnun bo‘lgan kishi sevinchini… suratga tushirgan bo‘lardim. 29.Baxt shunday narsaki, borligida kishi uni … , yo‘qligida … . Nuqtalar o‘rniga kerakli so‘zlarni qo‘ying. A) sezmaydi, orzu qiladi; B) yo‘qotadi, topadi; C) qadrlamaydi, xohlaydi; D) sevmaydi, orzu qiladi. 30. “Baxtiyorlik lahzasi” filmida qanday tasvir yo‘q? A) she’r yozib tugatgan shoir quvonchi; B) yerga qo‘ngan kosmonavtning kulgisi; C) lotereyada avtomashina yutib olgan inson shodligi; D) uzoq judolikdan so‘ng bolasini quchoqlagan onaning ko‘z yoshi. Download 61.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling