1. Beshariq paxta tozalsh zavodining rivojlanish tarixi Etishtirilgan paxta mahsulotini qabul qilish va saqlash


Beshariq paxta tozalsh zavodining rivojlanish tarixi


Download 1.95 Mb.
bet2/14
Sana18.06.2023
Hajmi1.95 Mb.
#1554578
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
zulya tayyor

1.Beshariq paxta tozalsh zavodining rivojlanish tarixi
Beshariq paxta tozalash zavodi AJ "Farg'onapaxtasanoat" hududiy aksiyadorlik birlashmasi tarkibidagi paxta tozalash korhonasi hisoblanadi. Vazirlar Mahkamasining 12.06.2001 yildagi 252-sonli «Respublika paxta tozalash sanoatining boshqaruv tizimini takomillashtirish to'g'risida»gi Qarori asosida shaklida tuzilgan. Korhona o'z faoliyatini O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, «Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to'g'risida»gi O'zbekiston Respublikasining Qonuni va boshqa qonunlari, O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qarorlari, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari, Vazirlar Mahkamasining qaror va farmoyishlari hamda o'zining ustavi asosida yuritadi.
XIX asrning oxiri XX asr boshlarida Xorazm vohasining shahar va qishloqlarida ishga tushirilgan kamquvvat paxta tozalash korxonalari o’tgan asrning 30 – yillariga kelib zamonaviy ishlab chiqarish korpuslari, yangi jihozlar bilan qurollantirilib xalq xo’jaligining etakchi tarmog’iga aylantirildi.
Bu davrda tarmoqni tayyor xom ashyo paxta hosili bilan ta’minlab turuvchi yakka xo’jaliklar kolxozlarga birlashtirilib respublika va viloyatdagi paxta tozalash zavodi to’la quvvat bilan ishlashga o’tdi. Markaziy hukumat paxtakor dehqonlarni oz bo’lsada mineral o’g’it, texnika bilan ta’minlab, mukofot tariqasida kerosin, chaqmoq qand, sovun, yog’, etik-kovush, to’qimachilik mahsulotlari, patefon, velosiped beriladigan bo’ldi. Natijada 1933 yilda sho’rolar hukumati paxta mustaqilligiga erishdi. Paxtakor respublikalar O’zbekiston, Turkmaniston, Tojikiston, Qozog’istonning janubi va Qirg’izistonning O’sh viloyatidan tashqari Ozarbayjon respublikasi, Chernigov, Stavropol o’lkasi dalalarida ham chigit ekilib, gektar boshiga 10-12 tsentnerdan hosil yig’ib olindi. O’zbekiston mamlakatda etishtiriladigan paxta hosilining 50 foizini berardi.
Agar 1913 yilda O’zbekistonda 429 ming gektar erga chigit ekib, 522 ming tonna paxta hosili olingan bo’lsa, 1933 yilda gektar boshiga 12,2 tsentnerdan hosil olinib 1 million tonna, 1973 yilda 5 million 350 ming tonna paxta hosili yig’ishtirib olindi. Shu jumladan, Xorazm viloyatida 1933 yilda 100 ming, 1973 yilda esa 340 ming tonna paxta yig’ib terib olindi.
Bu o’z navbatida respublikada paxta tozalash sanoatini jadal sur’atlar bilan rivojlantirishni taqozo qilardi. Markaziy hukumat O’zbekiston paxta tozalash va yog’ ishlab chiqarish zavodlarini qayta qurish, ixtisoslashtirish bo’yicha maxsus qaror qabul qildi. Qarorga binoan okrugda aralash (kombinirovanno’y) holda ishlayotgan 4 ta paxta yog’ zavodlariga ixtisoslashtirish maqomi (status) berildi. Shu tufayli Urganch shahrining Shovot kanali bo’yidagi (hozirgi “Avesto” bog’-majmuasi o’rnida) 26 gektarlik er maydonida zamonaviy paxta tozalash zavodi qurilib 1930 yilda ishga tushirildi.
Yangi ish boshlagan paxta zavodiga “Krasniy Oktyabr” korxonasidagi jihozlar ko’chirib o’rnatildi. Ikki zavod oralig’ida 1,8 km. uzunlikdagi temir yo’l shoxobchasi qurilib uning vagonlari ot, eshak, ho’kiz kuchi bilan tortilardi.
1934 yilga kelib temir yo’lning uzunligi 13 km.ga etkazildi va Amudaryoning Cholish pristanigacha olib borildi. Tayyor xom ashyo kemalarga yuklanib avvalgidek Chorjo’y yoki Orol orqali Rossiya to’qimachilik korxonalariga jo’natilib turildi.
Urganch paxta tozalash zavodiga dastlabki yillarda Dmitriy Ivanovich Pozdnyakov, G’ani Karimovlar rahbarlik qildilar. Zavod Urganch, Shovot, Qo’shko’pir tumanlaridan paxta xom ashyosini qabul qilib qayta ishlardi. Ikkinchi jahon urushi yillarida paxta etishtirish keskin kamayganligi tufayli zavodda mehnat unumdorligi ikki barobariga qisqardi. Korxonaning yuragi hisoblangan ikki batareyali dastgohdan biri butunlay to’xtab qoldi. Urushdan keyingi o’tgan besh yillikda korxona yana qaddini rostlab zamon talablariga mos ishlay boshladi. Viloyatning Shovot, Monoq, Bo’yrachi, Gurlanning Yangibozor, Qo’shko’pirning Xosiyon qishloqlarida Urganch paxta tozalash zavodining tayyorlov punktlari ishga tushirildi. Bular O’zbekistondagi 102 paxta tozalash zavodlari, 455 paxta punktlari qatorida eng zamonaviy dastgohlar, transportirovka vositalari bilan jihozlantirildi.
Korxonani zamonaviy dastgohlar bilan jihozlash, modernizatsiya qilish, yangi ishlab chiqarish korpuslariga ko’chirish lozim edi. 1980 yilda zavod yangi binoga ko’chirildi va unga 1975 yildan buyon Shovot paxta zavodiga rahbarlik qilib kelayotgan Jumaniyoz Solaev direktor etib tayinlandi. Uning sa’y-harakatlari bilan korxona atroflari obodonlashtirildi, dam olish xonasi, choyxona ishga tushirildi. Yangi texnika va ilg’or texnologiya joriy etilib ishchi-xizmatchilar soni 800 kishiga etkazildi. Korxona korpuslari “Urganch yog’-moy” kombinati bilan yonma-yon joylashtirilgani ayni muddao bo’ldi. Ular xuddi bir ota-onaning inoq farzandlari kabi faoliyatini davom ettirdilar. 1990 yilda Xorazmning ilk sanoat korxonasiga asos solinganligining 100 yilligi nishonlandi.
1990-2005 yillarda paxta zavodi yanada kengaytirildi, yangi avtomatik dastgohlar “RB-bunt” rusumli uskunalar o’rnatildi. Ishchi-xizmatchilarning xordiq chiqarish va davolanishlari uchun sanatoriy-profilaktoriy ishga tushirildi, favvoralar o’rnatilib bolalar bog’chalari foydalanishga topshirildi. Natijada mehnat unumdorligi 2-3 marta oshib korxona o’ndan ortiq xorijiy mamlakatning to’qimachilik fabrikalariga o’z mahsulotlarini eksport qiladigan bo’ldi.
Korxonada Karim Qalandarov, O’g’iljon Qurbonova, Xudoybergan Saidov, Talg’at Sobirjonov, Abdulla Yoqubov, Zoloy Garkeev, Dmitriy Ligay, Sharifboy Xo’jaev singari ishchi-xizmatchi va rahbar xodimlar faoliyat ko’rsatdilar.
Tabiiyki, har qanday uskuna ishlab chiqarish texnikasi yangi dastgoh (stanok va potok liniyalari) bilan jihozlanib borsagina zamon talablariga mos ishlay oladi.
Respublika hukumatining maxsus qarori bilan “O’zpaxtasanoat” birlashmasining taklifiga ko’ra Urganch paxta tozalash zavodi Xonqa shaharchasidagi zavod bilan birlashtirilib – yiriklashtirildi. Uning o’rniga “Urganch sharobi” hissadorlik jamiyati ko’chirildi. Sobiq zavodga qarashli paxta tayyorlash punkti avvalgidek yon-atrofdagi fermer xo’jaliklar etishtirgan paxta xom ashyosini qabul qilib kelmoqda.


Download 1.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling