1-bo’lim: har bir kun – saboq abdulla Qahhor: «O‘g‘ri» G‘afur G‘ulom: «Shum bola» Odil Yoqubov: «Yaxshilik» O‘tkir Hoshimov: «Dunyoning ishlari»
Download 0.52 Mb.
|
qahhor (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Badiiy tasvir vositalari: o‘xshatish Yumoristik asar Fanlararo integratsiya: Adabiyot va tarix ABDULLA QAHHOR: «O‘G‘RI»
1-bo’lim: HAR BIR KUN – SABOQ Abdulla Qahhor: «O‘g‘ri» G‘afur G‘ulom: «Shum bola» Odil Yoqubov: «Yaxshilik» O‘tkir Hoshimov: «Dunyoning ishlari» Adabiy tushunchalar: Badiiy asar tili Badiiy asarda voqealar bayoni Badiiy tasvir vositalari: o‘xshatish Yumoristik asar Fanlararo integratsiya: Adabiyot va tarix ABDULLA QAHHOR: «O‘G‘RI» Bu mavzuda biz: hikoyaning asosiy g‘oyalarini tahlil qilamiz; muallif tiliga xos xususiyatlarni aniqlaymiz. MUALLIF BILAN TANISHAMIZ Abdulla Qahhor (1907-1968) – o‘zbek adabiyotining yorqin vakillaridan biri. Uning bolaligi hozirgi Farg’ona viloyatining Qo‘qon shahri atrofidagi qishloqlarda o‘tgan. U dastlab maktabda, keyinchalik o‘qituvchilar tayyorlaydigan o‘quv yurtida va so‘ngra O‘rta Osiyo davlat universitetida tahsil olgan. Abdulla Qahhor shunday yozadi: «Bolaligimni o‘ylaganimda chalakam-chatti tush ko‘rgandek bo‘lar edim. ... Zehnimda shunga o‘xshagan qalqib yurgan xotiralardan tashqari qalqimasdan toshdek cho‘kib yotgan xotiralar ham hisobsiz ekanidan uzoq zamon bexabar ekanman. Bundan meni Anton Pavlovich Chexov domla xabardor qildilar. Bundan o‘ttiz yil burun Chexovning kitoblarini qo‘limdan qo‘ymasdan o‘qib chiqdim. Shunda alomat bir hodisa yuz berdi: shu bilan muhtaram ustod menga go‘yo muborak ko‘zoynaklarini berdilar-u: «Mana buni taqib, o‘z xalqingning o‘tmishiga nazar sol!» dedilar. Bolaligimda zehnimga cho‘kib qolgan xotiralar uyg‘ondi, yuzaga chiqdi, o‘sha vaqtdagi xalq hayoti ko‘z oldimga keldi. Mana shuning natijasi bo‘lib, g‘am-g‘ussaga to‘la «O‘g‘ri», «Tomoshabog‘», «Bemor», «Anor» kabi hikoyalar vujudga keldi». Buyuk rus yozuvchisi, hikoyalar ustasi Anton Pavlovich Chexov. Qahhor Chexovni o ‘z ustozi deb hisoblagan. ASARNI O‘QISHGA TAYYORLANAMIZ Bugun o‘qimoqchi bo‘lgan hikoyamiz «O‘g‘ri» deb nomlanadi. XIX asr oxiri – XX asr boshlarida hozirgi O‘zbekiston hududining bir qismi Turkiston deb atalgan va Rossiya davlati tarkibiga kirgan. «O‘g’ri» hikoyasi shu davrdagi xalqimiz hayoti haqida hikoya qiladi. Tarixiy davr muhitini ko‘rsatish uchun muallif hikoyada bir qancha eskirgan, hozirgi tilimizda ishlatilmaydigan so‘zlardan foydalanadi: oq poshsho – Rossiya hukmdorini xalqimiz shunday nomlagan ellikboshi – mahalla yoki ovul rahbari mingboshi – tuman yoki daha hokimi amin – bir necha qishloqni boshqargan amaldor pristav – politsiya boshlig‘i tilmoch – tarjimon Toshkent. XIX asr oxiri O‘G‘RI (O’tmishdan) O Hikoyani O‘zbekiston xalq artisti Nabi Rahimov ijrosida tinglang tning o‘limi – itning bayrami. Maqol Kampir tong qorong‘isida xamir qilgani turib ho‘kizidan xabar oldi. O!.. Ho‘kiz yo‘q, og‘il ko‘cha tomondan teshilgan... Dehqonning uyi kuysa kuysin, ho‘kizi yo‘qolmasin. Bir qop somon, o‘n-o‘n beshta xoda, bir arava qamish—uy, ho‘kiz topish uchun necha zamonlar qozonni suvga tashlab qo‘yish kerak bo‘ladi. Download 0.52 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling