Milliy reyting sinovlariga siz bilan oson tayyorlanamiz
Download 0.77 Mb.
|
Mehmonova Mavluda milliy reyting 30.01 kitob
- Bu sahifa navigatsiya:
- MILLIY REYTING SINOVLARIGA SIZ BILAN OSON TAYYORLANAMIZ” MAVZUSIDAGI USLUBIY QO‘LLANMA Тuzuvchi
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA’LIMIVAZIRLIGI ANDIJON VILOYATI XALQ TA’LIMIBOSHQARMASI ANDIJON VILOYATIJALAQUDUQ TUMANI XALQ TA’LIMI BO‘LIMI 22-MAKTAB ONA TILI VA ADBIYOT FANI O‘QITUVCHISI MAVLUDA MEHMONOVANING “MILLIY REYTING SINOVLARIGA SIZ BILAN OSON TAYYORLANAMIZ” MAVZUSIDAGI USLUBIY QO‘LLANMA Тuzuvchi: MehmonovaMavluda - JalaquduqtumanXTB 22-maktabonatilivaadabiyotfanio‘qituvchisi Таqrizchilar: Ushbu uslubiy qo’llanma umumta’lim maktablari 9-sinf o‘quvchilarining ona tili fanidan milliy reyting sinovlariga tayyorgarlik ko’rish uchun o‘quvchilarning o‘qish savodxonligini oshirish, o’qiganlarini tahlil qilish va xulosa chiqara olish ko‘nikmalarini rivojlantirish uchun qo’shimcha didaktik material sifatida tayyorlandi.O‘qituvchi va o‘quvchilar orasida chuqur o‘rganishni targ‘ib qilishga qaratilgan. Uslubiy qo‘llanma umumta’lim maktablari 9-sinf o‘quvchilarining ona tili fanidan reyting topshiriqlari sertifikatsiyasi asosida tuzilgan Uslubiy qo’llanma umumta’lim maktablarining 9-sinf o‘quvchilari uchun mo‘ljallangan KIRISH “Najot ta’limda,najot tarbiyada,najot bilimda” Sh.Mirziyoyev Mamlakatimiz innovatsion taraqqiyot yoʼlida shiddat bilan rivojlanib borayotgan bir davrda kelajagimiz davomchilari boʼlmish yoshlarni ijodiy gʼoyalari va ijodkorligini har tomonlama qoʼllab-quvvatlash, ularning bilim, koʼnikma va malakalarini shakllantirish hamda ilgʼor xorijiy tajribalar, xalqaro mezon va talablar asosida baholash tizimini takomillashtirish, shu yoʼlda xalqaro tajribalarni oʼrganish, mavjud tizimni har tomonlama qiyosiy tahlil qilish, tegishli yoʼnalishdagi xalqaro va xorijiy tashkilotlar, agentliklar, ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan yaqindan hamkorlik qilish muhim ahamiyatga egadir. Kuni kecha Respublikamizning Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev selector yig’ilishida maktab ta’limi islohatining asosiy yo’nalishlaridan biri qilib O‘quvchining mantiqiy va ijodiy fikrlashi,berilgan masala bo‘yicha o‘quv dasturi bilan cheklangan qoidalardan tashqari,nostandart yechimlar berishini inobatga olish zarurligini” ta’kidlab o’tdi.Shunday ekan o‘quvchilarimizni mantiqiy fikrlashga o‘rgatishda milliy reyting sinovlarining ham o’rni alohida desak mubolag’a bo’lmaydi . Ushbu uslubiy tavsiya umumta’lim maktablari 9-sinf o‘quvchilarining ona tili fanidan milliy reyting testlariga tayyorgarlik ko‘rish uchun o‘quvchilarning imlo savodxonligini oshirish, o‘qiganlarini tahlil qilish va xulosa chiqara olish ko‘nikmalarini rivojlantirish uchun qo‘shimcha didaktik materiallar sifatida tayyorlandi.Qo‘llanma o‘qituvchi va o‘quvchilar orasida chuqur o‘rganishni targ‘ib qilishga qaratilgan. Mazkur uslubiy qo’llanmada 9-sinf o‘quvchilarini ona tili fanidan reyting topshiriqlari spetsifikatsiyasi talablari asosida tuzilgan bo‘lib,o‘quvchilarning imloviy savodxonligi hamda kreaktiv fikrlash darajasini,bilish ,tahlil qilish,qo’llay olish ko‘nikma turlari asos qilib olindi. Ushbu qo’llarma maktabimiz o‘quvchilarini milliy reyting sinovlariga tayyorgarlik ko’rishda amaliy qo‘llab ko‘rildi. O‘quvchilar milliy reyting topshiriqlarini bajarishga tayyorgarlik ko‘rish asnosida xalqaro tadqiqotga ham tayyorgarlik ko‘rib boradilar.Biz o‘zimizning 9-sinf o‘quvchilari uchun ona tili fanidan reyting topshiriqlari spetsifikatsiyasi talablari asosida tuzilgan testlarimizni sizlarga xavola etamiz Umumtaʼlim muassasalari rahbarlari, pedagoglar, oʼquvchilar foydalanishlari maqsadida, toʼplam koʼrinishiga keltirildi hamda foydalanish uchun taqdim etilmoqda. Mazkur toʼplamdagi topshiriqlar oʼquvchilarning milliy reytingga tayyorgarlikka moʼljalangan boʼlib, undan pedagoglar, ota-onalar va oʼquvchilar mustaqil foydalanishlari mumkin. Aluminiy 1855-yilda Parijda bo’lib o’tgan jahon ko’rgazmasida kumushsimon 12 bo’lak oq metal hammaning diqqat-e’tiborini o’ziga tortdi.U boshqa metallarga nisbatan yumshoq,oson eriydigan, kumishga o’xshagan ,lekin undan ancha yengil edi.Eng ajablanarlisi shunda ediki,ma’lum bo’lishicha bu metal hatto azaldan g’isht quyub kelingan oddiy loy tarkibida ham boredi. O‘sha vaqtlarda loy kumush deb atalgan metal tez-tez uchrab turadigan tog’ jinslaridan granit va basalt tarkibida ham bo’lgan. U tabiada tarqalishi bo’yicha kislorod va kremniydan keyin uchunchi o’rinda turgan.Bu hozirgi paytda hammaga ma’lum aluminiy edi. Aluminiyning narxi dastlab kashf etilganda qimmat (oltindanarzonroq)bo’lib ,faqat zargarlik zeb- ziynatlari uchun ishlatilgan.Uni boksit rudasidan ajratib olish juda qiyin bo’lgan,chunki buning uchun juda ko’p elektr energiyasi kerak bo’lardi.U davrda hali elektr stansiyalari bo’lmagan . Aluminiy 20-asr metali deb bejiz aytilmaydi.Usiz hozirgi zamon texnikasidagi eng ajoyib yutuqlarga erishib bo’lmas edi.Alyuminiy va uning qotishmalari aviasozlikda,suv osti qanotli kemalarini,yerning sun’iy yo’ldoshlarini qurishda ishlatiladi.Har qanday radiopriyomnik yoki televizorning ichida albatta aluminiydan yasalgan detallar bo’ladi.Aluminiydan elektr simi,idish –tovoqlar,konfetlar o’raladigan “zarqog’ozlar” va boshqa narsalar ishlanadi.
Aylana va doira Atrofimizda dumaloq narsalar juda ko’p .Ularning ba’zilari doirani eslatadi.Bular- obinon va quymoq,medal va tangalar,limon bo’lagi… Yana boshqalar masalan ,halqa,velosiped g’ildiragi,uzik kabilar aylanaga juda o’xshaydi Xo’sh ,birini aylanaga,birini doyiraga o’xshaydi, dedik.Aylananing doiradan nima farqi bor?Aylana bilan cheklangan narsalarning hammasi –doira .Aylana esa shu doiraning chetlarigina, xolos. Aylana –faqat chiziq.Oq qog’oz ustiga dumaloq stakanni qo’yib,atrofidan qalam yurgizib chiqsak,hosil bo’lgan ingichka dumaloq chiziq aylana bo’ladi.Aylana chizish uchun sirkuldan ham foydalanish mumkun. Doira -- yassi shakl,uni qirqib tayorlash mumkin.Hali chizgan aylanangizni atrofidan qaychi bilan qirib chiqsangiz,doira hosil bo’ladi.Doira va aylana “egizaklar,” “opa-singillardir”.Ular har doim birga ‘’yurishadi’’: aylana chizdingizmi-- doira xosil bo’ladi,doira qirqib oldingizmi—qaychi yurgan yo’l aylanani bildiradi.Sirkul qo’yiladigan yoki haligi knopka qadaladigan nuqta aylana va doira markazi hisoblanadi.Limon bo’lagi va velosiped g’ildiragi markazini topish oson. Aylana va doira,ularning radyuslari va deometrlari haqida juda ko’p qiziqarli narsalarni hikoya qilish mumkin.
Eman Tanasi uch –to’rt qulochli yolg’iz o’sgan emanni haybatli desa bo’ladi. Bunday ulkan daraxtning tagida qor-yomg’ir hamda quyosh nuridan bemalol saqlansa bo’ladi.Eman daraxti boshqa daraxtlardan kechroq gulaydi. Eman 1000 yilgacha yashaydi.Dastlabki 80 yil ichida u ko’proq bo’yiga,keyin esa eniga o’sadi.Uning bo’yi 50 metrgacha yetadi . Eman daraxtining tanasi baquvvatlashib,shox-shabbalari keng yoyilganda ulkan bo’lib ko’rinadi.Yong’oqidan endigina ko’karib chiqqan kichkina eman ko’chati esa boshqa butalarning tayanchiga muhtoj bo‘ladi.Shuning uchun ham o’rmonchilarning “Eman parvarish talab,yorug’sevar daraxt” deyishlari bejiz emas.Haqiqatan ham eman yorug’likni yaxshi ko’radi,yuqori qismi soyani yoqtirmaydi.Uning atrofida yosh eman, qayin,archa daraxtlari bo‘lsa,ayniqsa yaxshi o‘sadi. Eman ulkan bo‘lgani bilan qattiq sovuqga chiday olmaydi.Kuchli issiqni ham xohlamaydi.O‘zbekistonda eman manzarali o‘simlik sifatida o‘stiriladi. Eman daraxti qadimdan xo‘jalikda qadrlanadi.Eman yog‘ochi juda qattiq bo‘ladi.U suvda chirimaydi,shuning uchun undan ko‘riklar uchun qoziqoyoqlar ishlanadi.Eman yog‘ochidan kemalar va vagonlar yasashdan foydalaniladi,mustahkam uylar quriladi.Bochka taxtalari tayyorlanadi.emandan ajoyib parket yog‘ochlari ,chiroyli fanellar ishlanadi. Yosh eman darahtining aprel oyida yig‘ib olingan postlog‘idan ichish va og‘iz chayush uchun shifobaxsh qaynatma tayyorlanadi.Eman po‘stlog‘I oshlovchi modda sifatida ishlatiladi.Yong‘og‘idan kraxmal va spirt olinadi,qovurib maydalab,kofe o’rnida foydalaniladi.
Qarchig‘ay Dala,o‘rmon yoki daryo ustida uzoq vaqt ohista parvoz etayotgan yirik yirtqich qushni ko‘rganda qarchig‘ay ,deyishga shoshilmang.Hammaning ko’z oldida qarchig‘ay emas,kalxat uzoq vaqt uchib yurishi mumkin. Qarchig‘ay –juda extiyotkor qush,shuning uchun uni ko‘rish qiyin .Ahyon-ahyonda o‘rmon uzra uning qattiq qichqirgan ovozini eshitib qolish mumkin. Qarchig‘ay –epchil va tirishqoq o’rmon ovchsi.Uzoq vaqt pistirmada,qachon tiyin inidan chiqib qolishini yoki o‘rmon yoqasida qur qush bolalari bilan chiqishini poylap turadi. Qarchig’ayning kuchli,keng va kalta qanoti hatto qalin o’rmon ichida ham o‘ljasini quvib yetishiga imkon beradi.qarchig‘ay uzun oyoqlarini oldinga cho‘zib, o‘tkir tirnoqlari bilan o‘ljasini ilib oladi. Qarchig‘ay o‘rmon qushlari va hayvonlari uchun juda ayyor hamda xafvli dushman hisoblanadi.U uy parrandalariga ham hujum qilaveradi. Qarchig‘ay parrandalar boqiladigan joyga uchib keladi-da,qulay paytda shiddat bilan xujum qiladi. Qarchig‘aylar o‘z uyalarini darxtlarga quradi,ko‘pincha boshqa qushlar uyasini egallab oladi.
Kartoshka Kartoshkaning asl vatani –Janubiy Amerika.Uni Janubiy Amerikani bosib olgan ispanlar 16-asirda (1565-yilda)Yevropaga olib kelganlar.Kartoshka 18-asr boshlarida Rossiyaga tarqaladi.Yevro’paliklar bu o‘lkadan talab olingan oltinlar va boshqa qimmatbaho buyumlar bilan birga o’sha davrgacha noma’lum bo’lgan allaqanday o‘simliklar tugunaklarini ham yelkanli kemada olib kelganlar.Uzoq vaqitgacha uni noyob deb hisoblab,undan tayyorlangan taomlar tansiq ovqat sifatida badavlat oilalarda ziyofat chog‘idagina tortilgan . O’zbekistonda kartoshka 19-asrning o’rtalarida ekila boshladi.Bu yerda ham dasdlab yaxshi qabul qilinmadi.Lekin bug‘doy bo‘lmagan yillari,boshqa joylarda bo’lgani kabi ,O‘zbekistonda ham bu beor serhosil o’simlik asqotdi.Endilikda kartoshka jahonda eng keng tarqalgan ekin hisoblanadi.U 130 dan ortiq mamlakatda bir necha million gektar maydonga ekiladi.Kartoshka eng to‘yimli ovqat bo‘lishi bilan birga bug‘doy ,makkajo‘xori yoki sholi singari asosiy ekinlarning har biridan ko‘ra tezroq hosil beradi va uncha joy tanlamaydi.U Gollandiyada dambalar ortidagi dengiz sathidan past joylarda ham ,Himolay tog‘laridagi 4 ming metrdan balandroq sovuq joylarda ham bemalol o‘saveradi. Kartoshkadan xilma –xil tavomlar va garnirlar tayyorlanadi.Uni butunligicha po’sti bilan suvda pishirib yoki har xil shaklda to‘g‘rab qovurib yeyish mumkin.Ayniqsa qo‘rtda ko‘mib pishirilgani juda mazali bo‘ladi.Kartoshkadan faqat ovqat sifatida foydalanilmaydi, u chorva uchun to‘yimli ozuqa hisoblanadi.Sanoatda kartoshkadan kraxmal,spirt,bo‘yoqlar olinadi.
INSTINKT Katta va kuchli losos (sulymonbaliq)sayozlanib qolgan daryo oqimining yuqorisiga zo‘r berib intiladi.Yonlarini toshlar tilib tashlamoqda ,suv arang yopib turgan oyquloqlari jon holatda titramoqda.Biroq baliqni orqaga,keng okeyanga qaytarishga qodir kuch yo‘q.Chunki u shu yerda uvuldiriqdan chiqqan,uning nasli ham shu yerda dunyoga kelishi kerak.Buni instinkt,ya’ni hayvonlarda nasldan naslga o’tib keluvchi xatti-harakatning “bosh rejasi” talab qiladi.Ayni manashu instinkt ayiqni qishlash uchun qulay uya topib, unga xazon to‘shashga majbur etadi.Asalari boshqa asalarilari qanday uya qurishini mutlaqo ko’rmagan bo‘lsa ham, buning udasidan chiqa oladi. Hayot go‘yo o ‘qituvchi kabi,tirik qolish uchun og‘ir sharoitlarda nima qilish kerakligi to‘g‘risida har kuni xilma-xil muammolarni o’rtaga tashlaydi.Agar hayvonlar ko ‘p asrlar mobaynida aynan bir xil muammolarga duch kelaverishsa,ularni hal qilib o‘tirishmaydi. Hayvonlarda ularning xatti-harakatini boshqaradigan muayyan instinkt vujudga keladi. Albatta bu juda qulay. Lekin u yoki bu hayvon yashaydigan sharoit o’zgarib turadi.Yangi sharoitda esa instinkt foyda emas ,aksincha zarar keltirishi mumkin.Masalan ,Amerika bizonlarida poda instinkti kuchli rivojlangan edi.Poda bolib yashaganda ayiq va bo‘rilardan saqlanish qulay bo‘lgan.Ammo miltiqli odam kelganida bu afzallik zararga aylanadi,chunki podadagi hayvonlarni otish juda oson bo’ladi. Ha,istinkti ko‘r- ko‘rona tuyg‘u.U bazida hayvonni halokatga ham olib boradi,ammo hayvonot olami bu tuyg‘usiz yashay olmaydi.Instinkt tur uchun maqsadga muvofiq ,foydali xususiyatdir.
Beruniyning dam olish kunlari Beruni yiliga ikki martagina dam olar ekan. Birinchisi –Navro’zi olam kirgan kuni,ikkinchisi bug‘doyga o‘roq tushganda…Dillarni xursand etib Navro’zi olam yetib kelgan kuni erta tongdanoq o’rinlaridan turub,yuvinib –taranib ,yaxshi liboslarni kiyib,qarindosh -urug’larni,kein yoru birodarlarini ziorat qilib,holisidan xabar olar ekanlar,ular bilan birga bo’lib suxbatlashar,hazil –mutoiba qilar,askiyalar aytishar ekanlar .Keyin to qosh qorayguncha qo’sh qo’shirar,yerga birinchi omoch solishda qatnashar,nihol ekishar ekan. Hol–ahvol so’raganlarga:”Dam olib,hayot lazzatini totib ko’rmoqdaman”,-deb javob berar ekanlar.Boshoqqa birinchi o’roq tushgan kuni ham dehqoncha libos kiyib olib,qo’llariga o’roq tutib azondan to kechgacha bug’doy o’rar ekanlar. Olimni ko’rgan –ketganlar bilan :”Horma ,bor bo’l ”,-qilishsa ham :”Dam olib,rizqimni teryapman ”,-deb javob berar ekanlar. Qarang –a,ulug’ alloma mutola,kitob yozish,tajriba o’tkazishdan yiliga ikki kun vaqt ajratib azondan to kechgacha qo’sh qo’shib, shudgor qilishni,o’roq o’rishni o’zi uchun dam olish deb bilar ekan . Ha,Beruniy :”Bir daqiqa vaqtni behuda o’tkazganim,halok bo’lganim ”,-der ekan .
O’zbekiston Respublikasi Geografk joylashuvi:O’zbekiston Respublikasi Amudaryo va Sirdaryo oralig’ida joylashgan maydoni 448,9 ming kv.km .Respublika chegarasi g’arbdan sharqga -1425km ,shimoldan janubga qadar 930 km. Respublika shimolda va shimoliy –sharqda Qozog’iston Sharqda va janubiy -sharqda Qirg’iziston va Tojikiston ,g’arbda Turkmaniston janubida esa Afg’oniston bilan chegaradoshdir.Davlat chegarasining Afg’oniston bilan uzinligi -143 km.,Qozog’iston -2356,31km.Qirg’iziston 1476,12km.,Tojikiston -1283,2km. va Turkmaniston bilan 1831,49 km. O’zbekiston iqlimi keskin o’zgaruvchan kontinental iqlmdir.Mintaqadagi kundzgi va tungi,yozgi va qishkihavo harorati keskin farqlidir.Yillik havo harorati +32*gacha ko’tariladi.Pasttekislik hududlarida -1000 mm.gacha yetadi.Yog’ingarchilik miqdori kam bo’lgani sababli,qishloq xo’jaligi sun’iy sug’orish tizimiga bog’liqdir. Pasttekisliklar cho’l o’simliklari,tog’lari esa dasht,o’rmon va tog’ oldi yaylovlari o’simliklaridan iborat.Bobomiz Zahiriddin Muhammad Bobur o’zining “Boburnoma ”asrarida O’zbekiston Respublikasining viloyatlaridagi o’simliklar haqida ko’pgina ma’lumotlar berib o’tgan.Ayniqsa Andijonning qovuni mashhurligini ta’kidlagan. Mamlakat faunasi juda turli-tumandir.Cho’llarda juda kamyob hisoblangan sayg’oq va uzunligi 1,5 metrga teng echkiemar,baland tog’larda esa qor barsi va tog’ echkisining noyob turlari uchraydi.
______________________ ______________________________ Download 0.77 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling