Milliy reyting sinovlariga siz bilan oson tayyorlanamiz


Download 0.77 Mb.
bet2/6
Sana11.09.2023
Hajmi0.77 Mb.
#1675635
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Mehmonova Mavluda milliy reyting 30.01 kitob

Ikkido'st
Ikki oshna yoshlikdan birga o'sdilar.Davr kelib ikkalasi ham o'z baxtini izlab yo'lga chiqsalar, ikki yo'l uchraydi.Biri bir tomonga, ikkinchisi boshqa tomonga yo'l oladilar.Ulardan biri shaharma-shahar yurib ilm-u hunar orttiradi.Ikkinchisi, brogan shahrida podshox saylash uchun uchirilgan semurg' qush tasodfan uning boshiga qo'nib, shu shaharga shoh bo'lib qoldi.Yillar o'tib, do'sti shu shaharga keladi.Har yerga qo'yilgan shahar shohining rasmiga ko'zi tushadi.Do'stining iqbolidan shodlanib, uni ko'rishga oshiqdi.Podshoh saroyiga borib uning huziriga kirdi.Podshoh uni tanip, tanimaslikka oldi. U kuyinib, yonib «Axir men sening do'sting falonchiman-ku!» deb o'zini tanitdi. Podshoh esa: «Xo'sh, mendan nima istaysan», dedi. Do'sti esa «Sendan hech qanday iltimosim yo'q.Shahringga kelsam, xalq orasida podshohning ko'zlari ojiz bo'lib qolibdi, degan xunuk xabarni eshitdim.Shuning uchun do'stimning holidan xabar olay deb huzuringga kelgan edim», debdi-yu, yo'liga qaytibdi.
(133 so 'z)

Birinchi savol:Birinchi ustunda matnda ajratib berilgan so’zlar berilgan. Ikkinchi ustunda shu so’zlarga antonim bo’lib kela oladigan birliklarni aniqlang va yuqoridagi tegishli doiralarni bo’yang.

1)shoh
2)do’st
3)chiroyli
4)shahar

A)gado
B)xunuk
C)kamyob
D)dushman
E)qishloq






Ikkinchi savol: U kuyunib, yonib «Axir men sening do'sting falonchiman-ku!» deb o'zini tanitdi..Ushbu gapda olmosh so’z turkumining qaysi turi qatnashgan (ikkita javob to’g’ri )



A)kishilik olmoshi
B) so’roq olmoshi
C)biriktiruv olmoshi
D)o’zlik olmoshi
E)gumon olmoshi


Uchinchi savol:Berilgan fikrlarni matn asosida to’g’ri yoki noto’g’ri ekanligini tegishli ustunda ko’rsating va yuqoridagi tegishli doirani boyang.




Tushunchalar

To’g’ri

Noto’g’ri

1

Ulardan biri shaharma-shahar yurib ilm-u hunar orttiradi.







2

Podshoh do’stini tanib boshi ko’kka yetibdi







3

Ikki oshna yoshlikdan birga o’sibdi.







4

Ikkinchisi, borgan shahrida podshoh saylash uchun uchirilgan semurg' qush tasodifan uning boshiga qo'nib, shu shaharga shoh bo'lib qoldi.







5

Shahringga kelsam, xalq orasida podshohning ko'zlari ojiz bo'lib qolibdi, degan xunuk xabarni eshitdim.Shuning uchun do'stimning holidan xabar olay deb huzuringga kelgan edim», debdi










To’rtinchi savol: matnda qaysi so’zlarda imloviy xatolik uchraydi?(Avval so’zning matnda xato yozilgan varyantini ,so’ng shu so’zning to’g’ri yozilishini ko’rsating.Matnda 5 ta imloviy jihatdan xato yozilgan so’z berilgan














































Beshinchi savol: Matnning mazmuni haqida xulosa yozing (20-25 ta so’z)






















______________________ _______________________


Tilni bilgan elni biladi
Nutq eng katta boylikdir.Inson nutqi, gapira olishi bilan ulug’dir.Barcha asirlarda xalqlarni bir-biriga bog’laydigan, yaqinlashtiradigan asosiy vosita til bo’lgan.Ayrim tillar xatto xalqlar o’rtasida ko’prik vazifasini o’tagan.Shuning uchun “Til bilgan – el biladi” deydilar.
Hikoya qilishlaricha,kunlardan bir kun ulug’ vazir va shoir Alisher Navoiy Samarqand shahrida bir-biri bilan tortishib savdo qilayotgan ikki insonga duch kelib qolibdi. Ular bir-biriga baqirar,biri “se” desa, ikkinchisi “uch” derdi. Atrofdagi odamlar esa “Narxini tushirma” deb, ularni yanada urishtirar edi. Navoiy ularning oldiga yaqin keldi va har ikkoviga o’z tilida gapirib tushuntirdi. “Ey, odamlar !Axir ikkovingiz ham bir xil narxni aytyapsiz-ku. Tojik tilidagi “se” o’zbek tilidagi “uch” degani-ku!”.Barcha odamlar xaxolab kulib yuborishibdi. Shuning uchun odamlar hamisha bir-birini tushinishi, ahil va inoq yashashi uchun bir-birlarining tillarini o’rganishga harakat qilib keladilar. Boshqa tilarni bilish har bir bilimli kishining ko’rkidir.

Download 0.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling