1. Beton va temir-beton buyumlarini qoliplash. Quyma mopolit temir-beton texnologiyasiOpalubkalar
Download 379.81 Kb. Pdf ko'rish
|
1. Beton va temir-beton buyumlarini qoliplash. Quyma mopolit tem
- Bu sahifa navigatsiya:
- Termoaktiv opalubka
- Maxsus opalubkalar
Pnevmatik opalubka egiluvchan havo o‘tkazmaydigan qobiq ko‘rinishida va inshoot turiga mos
bichimli bo‘ladi. Uni ishchi holatga keltirish maqsadida avval betonni quyib yoki beton quyilmasdan oldin katta bosimli havo yoki gaz bilan to‘ldirib ko‘tariladi. Shuningdek tutib turuvchi yoki ushlovchi va ko‘taruvchi opalubka elementli pnevmatik ballonlar qo‘llaniladi. Qiyshiq chiziqli katta bo‘lmagan hajmdagi inshootlarni betonlash uchun shunday opalubkalardan foydalaniladi. Termoaktiv opalubka – bunday turdagi har qanday opalubka sistemalarida ularga o‘rnatilgan betonni qizdiruvchi elementi bo‘ladi. Olinmaydigan opalubka. Uning eementlari konsturksiya ichkarisida betonlangandan keyin qoladi va qator gidroizolyasiya, tashqi sirt, issiqlik tutish kabi funksiyalarni bajaradi. Bunday opalubkalarni tayyorlashda turli materiallardan xususan, matosimon to‘r, metall, plastmassa, armotsement, steklotsement, temir-betondan foydalaniladi. Maxsus opalubkalar noan'anaviy, kam uchraydigan yoki katta bo‘lmagan hajmli maxsus yuzali murakkab konsturksiyalarda, masalan, zinapoya marshi, karnizlar, kichik arxitektura qoliplari, interer bezagini betonlash uchun xizmat qiladi. Tunnel opalubkalari tunnelning ichki qismidagi quyma temir-beton sirtini betonlash uchun foydalaniladi va u yopiq usuldagi qoliplovchi va tutib turuvchi seksiyalar bilan xarakterlanadi. U gidravlik uzatma yoki mexanik mexanizmi yordamida suriladi. Beton qorishmasi qoliplovchi seksiyaga uzatiladi va preslovchi mexanizm yordamida zichlanadi. Opalubka qotgan betonga tiranib 4 suriladi. Qotib ulgurmagan betonni buzilishini kamaytirish maqsadida tutib turuvchi seksiyalarni odatda egiluvchan elementlardan yasalib, ularni shakl beruvchi qattiq seksiya bilan bog‘lanadi. Betonning kompozitsion material sifatida xossalarining turli-tumanligi maxsus betonlarda namoyon bo‘ladi. Bunday betonlar alohida yuqori mustahkamligi, yuqori zichligi, tez qotuvchanligi, kislotabardoshli-gi, issiqbardoshligi va boshqa tavsiflari bilan farqlanadi. SHu sababli maxsus betonlar o‘zining ulkan imkoniyatlari tufayli, ularni asosiy konstruksion material sifatida ishlatish sohasi kengayib bormoqda. Maxsus betonlar olish uchun alohida maxsus bog‘lovchilar va to‘ldiruvchi-lar, maxsus kimyoviy qo‘shilma-modifikatorlar ishlatiladi. SHuningdek, beton qorishmasini tayyorlashning maxsus uslublari va texnologik usullari qo‘llaniladi. Download 379.81 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling