1. Bibliografik axborotning zamonaviy tushunchasi Bibliografik faoliyat


Ma‘lumotlar bazasi–bu ma’lum bir predmet sohasiga oid


Download 425.86 Kb.
Pdf ko'rish
bet13/14
Sana13.10.2023
Hajmi425.86 Kb.
#1701532
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
IiGy9G3xWUFJrqOE860Zkr8whU3Mug7CgwBOmZb3

Ma‘lumotlar bazasi–bu ma’lum bir predmet sohasiga oid 
tizimlashtirilgan(strukturalashtirilgan)ma’lumotlarningnomlangan to‘plamidir. 
Ma’lumotlar bazasi - axborot tmzimlarining eng asosiy tarkibiy qismi bo‘lib 
hisoblanadi. Ma’lumotlar bazasidan foydalanish uchun foydalanuvchi ishini 
engillashtirish maqsadida ma’lumotlar bazasini boshqarish trizimlari yaratilgan. Bu 
tizimlar ma’lumotlar bazasini amaliy dasturlardan ajratadi.Ma’lumotlar bazasini 
boshqarish tizimi (MBBT) -bu dasturiy va apparat vositalarining murakkab majmuasi 
bo‘lib, ular yordamida foydalanuvchi ma’lumotlar bazasini yaratish va shu bazadagi 
ma’lumotlar ustida ish yuritishi mumkin.Juda ko‘p turdagi MBBT mavjud. Ular o‘z 
maxsus dasturlash tillariga ham ega bo‘lib, bu tillarga SUBD buyruqli dasturlash 
tillari deyiladi. MBBTga Oracle, Clipper, Paradox, FoxPro, Access va boshqalarni 
misol keltirish mumkin. 
Ma‘lumotlar bazasini boshqarish tizimi–bu ma’lumotlar bazasini yaratish, 
ularni dolzarb holatini ta’minlash va undagi zarur axborotni topish ishlarini 
tashkil etish uchun mo‘ljallangan dasturlar majmui va til vositasidir. 
Ma’lumotlar bazasi va ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi (MBBT) 
tushunchalari o‘rtasidag farq


Ko‘pchilik, terminlarni tushunish bo‘yicha biroz qiynalishadi, lekin aynan 
terminlarni bilish, qo‘yilgan vazifalarni yechishda yoki paydo bo‘lgan xatoliklarni 
bartaraf etishda juda kerak bo‘ladi. Misol uchun, biror muammo paydo bo‘lsa, biz 
darhol Google’ni yordamga chaqiramiz, agar Google qidiruv tizimiga terminlar 
orqali so‘rov bersangiz, muammo yechish qiyinchilik tug‘dirmaydi, agar 
terminlarsiz oddiy so‘zlar bilan qidirishni amalga oshirsangiz, muammoni 
yechishga ancha vaqt ketib qoladi. 
Bu maqolada ma’lumotlar bazasiga oid juda kerakli va ko‘pchilik(!) adashtiradigan 
ikki terminni tushuntirishga harakat qilaman: Ma’lumotlar bazasi va Ma’lumotlar 
bazasini boshqarish tizimi (MBBT). 
Ma’lumotlar bazasi bu — tartiblangan ma’lumotlarni saqlovchi va qayta ishlovchi 
axborot modeli hisoblanadi. Soddaroq qilib aytganda, bir hil turdagi axborotlarni 
o‘zida saqlovchi va berilgan so‘rovlar orqali ularni taqdim etuvchi model. Misol 
uchun, kitoblar javoni, bu ma’lumotlar bazasi hisoblanadi, ya’ni bir hil turdagi 
(kitoblarni) ob’yektlarni o‘zida saqlaydi, yoki bo‘lmasa telefon raqamlar yozilgan 
kitobcha, bu yerda ism, telefon raqam kabi bir hil tipdagi ma’lumotlar saqlanadi, 
bu ham ma’lumotlar bazasi. 
Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi — bu ma’lumotlar bazasini hosil 
qiluvchi, ma’lumotlarni qayta ishlovchi va qidiruvchi tizim hisoblanadi. Qisqa 
qilib aytganda, MBBT barcha jarayonlarni amalga oshiradi. Ma’lumotlar bazasi 
faqat ma’lumotlarni saqlaydi, qolgan barcha ishlarni MBBT bajaradi. 
Ma’lumotlar bazasidagi ma’lumotlar, SQL so‘rov tillari orqali boshqariladi, bu 
tilda MBBT’ga so‘rov beriladi, bu so‘rov u yerda qayta ishlanib, natija olish uchun 
ma’lumotlar bazasiga murojaat qiladi, u yerdan so‘rovga mos ma’lumotni olib, 


so‘rovga javob beradi: 
So‘rov berish: 
SQL so‘rov -> MBBT -> Ma’lumotlar bazasi 
natija olish: 
Ma’lumotlar bazasi -> MBBT — > So‘rovga javob 
Quyidagi dasturlar MBBT’ga misol bo‘la oladi: 
— Oracle; 
— MySQL; 
— Microsoft Office Access; 
— MariaDB; 
— Microsoft SQL Server; 
Hulosa shuki, siz o‘ylagan bu dasturlar, ma’lumotlar bazasi emas, balki MBBT 
hisoblanadi. 
Ma’lumotlar bazasi MBBT’ning bir qismidir, demak bu dasturlarni 
ishlatganda «ma’lumotlar bazasi sifatida Oracle’ni tanladim» emas, balki 
«Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi sifatida Oracle’ni tanladim» to‘g‘ri 
bo‘ladi. 

Download 425.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling