12-laboratoriya ishi. Qishloq xo‘jaligi sohasiga oid berilgan masalalar bo‘yicha algoritmlar va blok-sxemalar tuzish


Download 83 Kb.
Sana03.11.2020
Hajmi83 Kb.
#140150

12-LABORATORIYA ISHI. Qishloq xo‘jaligi sohasiga oid berilgan masalalar bo‘yicha algoritmlar va blok-sxemalar tuzish.

Ishdan maqsad: Algoritm va blok sxema tushunchalarini bilib olish. Berilgan masalani algoritmini tuzishni o‘rganish. Qishloq xo‘jaligi sohasiga oid masalalarga blok-sxemalarini tuzish ko‘nikmalarini shakllantirish.

Uslubiy ko‘rsatmalar

Ekin turi kiritilganda ushbu ekin turiga tegishli normalarini chiqarib beruvchi dastur uchun algoritmni blok sxema ko‘rinishida tuzing.



Yechilishi:

Dasturning blok sxemasi(tarmoqlanuvchi):


Группа 78

Variantlar:

  1. Makkajo‘xorining 100 kg poyasida 37, maydalangan so‘tasi o‘zagida 35 ozuqa birligi bor. Gektaridan m sentner poya va n sentner so‘ta hosili olinganda poya va so‘ta ozuqa birligini hisoblash algoritmini blok-sxema ko‘rinishida tuzing.

  2. Podada n bosh qoramol bor. Bir gektar yerda 3 ta sigir boqilsa, butun poda uchun zarur yaylov maydonini aniqlovchi algoritmini blok-sxema ko‘rinishida tuzing. Hamda necha sentner ko‘k o‘t keraklagini aniqlang. Bitta sigirga 60 kg ko‘kat ozuqa birligi bo‘ladi.

  3. Bedaning ko‘kat hosili gektaridan 8 tonna. Ko‘katning namligida o‘rilganda 75 % bo‘lib, pichan g‘aramlash uchun namligi 17 %dan oshmaslikni talab qiladi. Xo‘jalikka S tonna quruq pichanni g‘aramlash uchun qancha ko‘kat hosili olish zarurligini hisoblovchi algoritmini blok-sxema ko‘rinishida tuzing.

  4. Yaylovda o‘tlatiladigan mollar 200 bosh sog‘in sigirdan iborat. Har bosh sigirga har kuni 70 kg.dan ko‘k o‘t talab qilinadi. Yaylovda bo‘lish davri 120 kun. Yaylov g‘alladosh o‘tlar aralashmasidan iborat, ko‘kat hosildorligi o‘rtacha gektaridan 33,6 sentner. Poda uchun zarur maydonni hamda yaylov sig‘imini aniqlash algoritmini blok-sxema ko‘rinishida tuzing.

  5. . Bedaning ko‘k massa hosili: birinchi yili 120, ikkinchi yili 650 va uchinchi yili 800 s/ga bo‘lgan. Ko‘k bedadan 30% beda pichani chiqishini e’tiborga olib, bir gektar yerdagi beda pichanini aniqlash algoritmini blok-sxema ko‘rinishida tuzing..

  6. Serhosil yaylovlar uchun ko‘p yillik o‘tlar aralashmasida har bir tup o‘simlik urug‘ining ekish miqdorini aniqlovchi algoritmini blok-sxema ko‘rinishida tuzing. Kerakli ma’lumotlar: beda 17 kg/ga, o‘tlar aralashmasida 38 %, ko‘p o‘rimli mastak 10 kg/ga, o‘tlar aralashmasida 32 %, yaylov mastagi 10 kg/ga, o‘tlar aralashmasida 30% ekiladi. Urug‘ning ekishga yaroqliligi bedada 88,2%, ko‘p o‘rimli mastak 85,5%, yaylov mastagi 87,3%.

  7. Mollarni bog‘lab boqish davri 201 kun. Shu davrda o‘rta hisobda 950 bosh sigir bog‘lab boqiladi. Sigirlarning yem-xashak yeydigan kuni va talab qilinadigan yem-xashak miqdorini aniqlash algoritmini blok-sxema ko‘rinishida tuzing. Bitta sigirga 60 kg ko‘kat ozuqa birligi bo‘ladi.

  8. Past bo‘yli usti yassi pichan g‘arami hajmini aniqlash algoritmini blok-sxema ko‘rinishida tuzing. G‘aram belbog‘i uzunligi 10 metr, g‘aram eni 25 metr, g‘aram uzunligi 10 metr.

  9. Xo‘jalikda 50 gektar maydonga makkajo‘xori don uchun ekilgan. Gektaridan 40 sentner don hosili olinadi. Makkajo‘xorining 100 kg donida 134 ozuqa birligi bor. N gektardan va 50 gektardan olinadigan ozuqa birligini hisoblash algoritmini blok-sxema ko‘rinishida tuzing.

  10. Yaylovning umumiy maydoni n gektar. Yaylovda qancha sigir boqish mumkinligini hisoblash algoritmini blok-sxema ko‘rinishida tuzing. Bir gektar yerda 3 ta sigir boqiladi.

  11. Kartoshkani uyumda saqlanganda uyumning kengligi a metr, balandligi ham b metr, uzunligi esa c metr bo‘lgan. Kartoshka uyumining hajmini aniqlash algoritmini blok-sxema ko‘rinishida tuzing.

  12. Agar silos transheya qirg‘og‘idan baland bo‘lsa, bostirilgan silosning miqdorini aniqlovchi blok-sxema tuzing. Transheya tubining uzunligi 15 metr, transheyaning 17 metr, transheya tubining kengligi 10 metr, transheyaning silos bilan teng yuzasining kengligi 2 metr bo‘lsa, silosdan transheya tubigacha bo‘lgan chuqurlik 3,5 metr, transheya yuzasininguzunligi 18 metr, transheyaning yuzasi kengligi 17 metr, silosning transheya chekkasidan balandligi 2 metr

  13. . Xashaki tarvuz 60 gektar yerga ekilib, hosildorligi 70 tonna/ga. bo‘lgan. 100 kg: xashaki tarvuzda 9,3 ozuqa birligi va 0,2 kg xazmlanadigan protein bor. Umumiy maydondan olingan hosilni, ozuqa birligi va proteinni topish algoritmini blok-sxema ko‘rinishida tuzing.

  14. Zig‘ir kunjarasi tarkibida 35% protein bo‘ladi. 0,7 kg kunjara bir oziq birligiga teng. Xo‘jalikda 1,2 tonna kunjara sog‘in sigirga sutkasiga 2,5 kg zig‘ir kunjarasi beriladi. Sutkalik va 1,2 tonnakunjaradagi protein va ozuqa birligini hisoblang, hamda 1,2 tonna kunjara nechta sog‘in sigirga berilishini aniqlash masalasini tarmoqlanuvchi hisoblash jarayoniga moslang va algoritmini blok-sxema ko‘rinishida tuzing.

Makkajo‘xori sut-mum pishish fazasida o‘rilib, quritilib, briketlangan. Makkajo‘xori 50 gektar yerga ekilgan bo‘lib, gektaridan 800 sentner ko‘kat hosili olingan. Ko‘kat namligi 80% bo‘lgan. Briketlanguncha 13%ga tushgan. Briketning 100 kg da 70-78 ozuqa birligini hisobga olib, bir gektar va umumiy maydondagi ozuqa birligini hisoblash algoritmini blok-sxema ko‘rinishida tuzing
Download 83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling