2-“D” sinf o’quvchisi_________________________________________ning 1-nazorat ishi.
SIGIR VA ZAGʻCHA
Hovlidagi qora sigir oxuridan pichan yer edi. Uning ustiga zagʻcha kelib qoʻndi va choʻqiy boshladi.
Qora sigirning orqasi ogʻriydimi? Aslo yoʻq.
Sigir parvo qilmasdan, oʻzining xushboʻy pichanini yeydi. Zagʻcha esa sigirni bemalol choʻqiydi.
Zagʻcha nima uchun bunday qiladi? Buning sababi bor: chunki bahor payt sigir tullay boshlaydi. Tullash vaqtida ularning eski yunglari toʻkiladi va oʻrniga yangi yung oʻsib chiqadi. Zagʻcha esa bahorda in yasaydi. Zagʻchalarga in kerak, ular tuxumlarini issiq saqlash uchun inlariga yung soladilar. Mana, zagʻcha sigirning eski yunglarini yula boshlaydi. Bu sigirga xush yoqadi: tullash vaqtida sigirning terisi qichiydi. Sigir eski yunglarini tezroq toʻkish uchun ataylab devorlarga surkanadi.
Zagʻcha tumshugʻiga yung olib, uchib ketdi. U yungni oʻz iniga tashiyotir.
Tuxumlar yung ustida issiqqina turadi. Zagʻcha bolalari tuxumdan chiqishi bilan issiq va yumshoq uyada oʻsa boshlaydi.
TEST TOPSHIRIQLARI
1. Sigir birovning pichanini yeb qoʻygani uchun zagʻcha uni choʻqiydi?
A) toʻgʻri B) notoʻgʻri
2. Sigir qora boʻlgani uchun uning orqasi ogʻrimaydi?
c
A) toʻgʻri B) notoʻgʻri
3. Tullash jarayoni nima?
c
c
A) zagʻchaning in yasashi B) eski yunglarni zagʻcha olib ketishi
D) eski yunglar toʻkilib, yangisi chiqishi E) bahor kelgani uchun yangi yunglar chiqishi
4. Sigir zagʻchani haydasa nima boʻladi?
A) tanasi qichib qiynaladi
B) yunglari oʻsib chiqmaydi
D) yunglari toʻkilmay qoladi
E) tullash toʻxtab qoladi
5. Toʻgʻri yozilgan soʻzlarga + belgisini qo’ying
maktap
|
noʻbel
|
direktr
|
biologiya
|
nobel
|
direktor
|
biyologiya
|
maktab
|
6. Qaysi gaplar mazmunan toʻgʻri?
A) Bugun shunday jazirama boʻldiki, gullar yashnab ketdi.
B) Shuncha suv quydim, lekin gullar qovjirab qolaverdi.
D) Bu zarra shunchalik katta ediki, patir nonday kelardi.
E) Chumolilar yomgʻirdan qoʻrqib, tumtaraqay qocha boshladi.
7. Quyidagi gaplardan qaysi biri buyruq gap?
A) Kitoblarni olib keldingmi?
B) Kitoblarni olib kel.
D) Kitoblar buncha ogʻir boʻlmasa.
E) Kitoblar juda chiroyli-ku.
8. Qaysi qatordagi soʻzlar boʻgʻinga toʻgʻri ajratilgan?
A) o-lma-lar, kit-ob-lar
B) ko-mand-ir, Oʻ-zbe-kis-ton
D) tum-ta-ra-qay, qov-ji-ra-moq
E) da-ra-xt, fo-nd
9. Qaysi soʻzlarga -dosh qoʻshimchasini qoʻshib yangi soʻz yasash mumkin?
maktab
|
sinf
|
doʻst
|
qarin
|
kitob
|
parta
|
darslik
|
yurt
|
Do'stlaringiz bilan baham: |