1-bilet 1-savol


Download 0.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/3
Sana04.02.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1158800
1   2   3
Bog'liq
1-bilet

 
 
 
 
 
 
 
 


2-savol
tadqiqotchida eksperimentning aniq rejasining bo‘lmasligi, odatda, ko‘p vaqtini sarf bo‘lishiga va uncha 
muhim bo‘lmagan natijalarga erishishga olib keladi. Shuning uchun, eksperimental ishlarni murakkablashuvi 
bilan bir qatorda, uni rejalashtirish usullari ham takomillashtirib borildi.
Eksperimental tadqiqotlarning an’anaviy usullarining asosida tadqiqot qilinayotgan bog‘lanishni bir faktorni 
o‘zgartirish va boshqalarining o‘zgarmasligi xolida aniqlash yotadi. 
Eksperimentga xos bo‘lgan asosiy hislatlar quyidagilardan iborat: 1) ikkinchi darajali yoki halaqit beradigan 
omillarni sun’iy yo‘l bilan bartaraf qilib, xodisani «sof» holda o‘rganish; 2) ob’ektni sun’iy tarzda yaratilgan 
eksperemal (eng past yoki eng yuqori darajadagi ko‘rsatkichga ega bo‘lgan) sharoitga quyib tekshirish; 3) 
izlanayotgan natijaga erishish uchun ob’ektga ko‘rsatiladigan ta’sirni reja asosida o‘zgartirish; 4) eksperimental 
jarayonni qat’iy belgilangan va qaytariladigan sharoitda ko‘p marta takrorlash.Eksperimentning manna shu 
hislati mikro-,makro-va mega olamlarga kirish,ularni har tomonlama o‘rganish imkoniyatini beradi. 
eksperimentni o‘tkazish rejasini ishlab chiqish muhim ahamiyatni kasb etadi. 
Rejada asosan quyidagi ishlar belgilanadi: 
- eksperiment maqsadi va vazifalari; 
- eksperimentni asoslanishi va parametrlari; 
- ob’ektga o‘tkaziladigan ta’sirlar turi va ketma-ketligi; 
- o‘tkaziladigan eksperimentni tavsifi; 
- eksperiment natijalarini tahlil qilish metodikasi va qayta ishlash yo‘llarini asoslab berish. 
Tasdiqlangan rejani bajarishga kirishishdan oldin bir qator tayyorgarlik ishlarini amalga oshirish kerak: 
- tekshirish kerak bo‘lgan gipoteza yoki nazariy g‘oyani eksperimentga mutanosibligini ko‘rib chiqish, miqdoriy 
qiymat va ko‘rsatkichlarni aniqlash; 
- eksperiment dasturi va metodikasini ishlab chiqish; 
- ob’ektga ko‘rsatiladigan ta’sirning usuli, vositalari va choralarini belgilab olish; 
- eksperiment uchun zarur bo‘lgan shart-sharoitlarni tayyorlab qo‘yish; 
- eksperiment jarayoni va natijalarini qayd qiladigan vositalar bilan ta’minlash; 
- eksperiment o‘tkazadigan xodimlar faoliyatini belgilab quyish. 



Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling