1-bilet Hayvonlarning oziqlanishi va oziq turiga qarab ixtisoslashishi
ekologik populyatsiya va uning yuzaga kelishi hamda xarakterli xususiyatlari
Download 141.67 Kb.
|
Hayvonlarning oziqlanishi va oziq turiga qarab ixtisoslashishi
2.ekologik populyatsiya va uning yuzaga kelishi hamda xarakterli xususiyatlari
Ekologik populyatsiya ekologik sharoiti bir xil bo’lgan hududlari bilan o’zaro bog’langan mahalliy populyatsiyalar yig’indisidan iborat. Masalan, biror tur individlari archazorlarda ham, qarag’ayzorlarda ham yashasa, u holda ikki xil ekologik populyatsiya, ya’ni archazor va qarag’ayzor populyatsiyalari farq qilinadi. Ekologik populyatsiyalar hasharotlarda, kanalarda, baliqlarda, qushlarda va boshqa harakatchan hayvonlarda aniq ifodalangan. Masalan, tayga kanasi -Ixodes persulcatus o’rmonda, ochiq yaylovdagiga qaraganda tiqisroq va ko’proq tarqalgan. Shunga binoan yaylovdagi hayvonlar o’rmondagiga nisbatan 2 -5 barobar kamroq zararlangan. Bu hodisa o’rmondagiga nisbatan yaylov sharoitida harorat ancha kam turg’un bo’lishi bilan ajralib turadi. Turg’un bo’lmagan harorat esa kanalar faolligini sezilarli darajada bosib turadi. Shuningdek, yaylovda namlik ham ancha past bo’ladi. Ushbu o’zgaruvchan harorat va past namlik kanalar hayotchanligini pasayishiga sabab bo’ladi. Masalan, kuzatuvlarda 16 iyundan 4 sentyabrgacha och urg’ochi kanalarning 95-100% i tirikligini saqlab qolgan bo’lsa, ushbu davr mobaynida yaylovdagi och urg’ochi kanalarning faqat 62% i tirik qolgan. Shuningdek, o’rmondagi och urg’ochi kanalarning faollik darajasi yaylovdagilarnikidan ancha yuqori bo’lgan.Cho’l kemiruvchilaridan katta qumsichqon ham Orol oldi hududida ikkita lokal populyatsiya hosil qiladi, ya’ni ularning bir qismi dengiz qirg’og’ida tarqalgan shuvoqli maydonlar, jarliklar, qiyaliklarda joylashgan bo’lsa, ikkinchisi Sirdaryo va Amudaryolarning qadimiy qumli allyuvial vodiylarida uzilishlar bilan chegaralangan to’plamlar hosil qilib tarqalgan. Bunday lokal populyatsiyalarda qumsichqonlar ancha zich va katta sonda bo’ladi. Shunga binoan ular orasida toun kasalligining ancha turg’un manbalari mavjud bo’ladi. Ekologik populyatsiyalar kam harakat (ko’chmasdan) bo’lib yashovchi ayrim hasharotlarda ham uchraydi. Masalan, qoqio’t uzunburun qo’ng’izi hududi (maydoni) katta bo’lmagan joyda ham kichik-kichik ekologik populyasiyalar hosil qiladi. Masalan, biron-bir katta qirning (adirning) quyosh tegib qizdirib turadigan tomonida yashovchi to’plami shimoliy qiyalikda joylashgan to’plamiga nisbatan 15-20 kun oldin ko’payishga kirishadi. Shunga binoan ular shimoliy qiyalikdagi qo’ng’izlar bilan hech vaqt chatishmaydi.Cho’l sharoitida uchrovchi qora tanli poliz qo’ng’izi qumli va sho’rlangan joylarda shunchalik tarqalib, o’zgarib ketadiki, ularning ayrim guruhlarini morfologik belgilari jihatdan yaqinlashtirish (o’xshatish) ham qiyin bo’ladi.Hayvonlarning ko’pgina ekologik populyatsiyalari morfo-fiziologik xususiyatlari bilan ham o’zaro farq qiladi. Masalan, Janubiy Saxalin qirg’og’idagi hududning biotoplarida yashovchi ikki tur mollyuskalar quruqlikka shunchalik chidamli bo’lib qoladiki, bunday xususiyatni boshqa optimal sharoitda yashovchi mollyuskalar ushbu salbiy omilda yashay olmaydi. Turli chuchuk suvli ko’llarda yashovchi losossimon ryapushka balig’i bir-biridan o’sish tezligi, o’lchami va voyaga yetish vaqti bilan farq qiladi.Shunday qilib, hayvonlarda ekologik populyasiyalarning turli-tuman bo’lishi, turning ekologik muhit ta’sirida o’zgaruvchan va ma’lum muhitga moslasha olish xususiyatining mavjudligidan dalolat beradi. Download 141.67 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling