1 билет Nasos
Download 27.18 Kb.
|
1 2
Bog'liq1 билет жавоблар
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2.Xavfsizlik valfi
1 билет 1.Nasos — suyuqlikni bosim ostida soʻrish va haydash, gazlarni siqish yoki siyraklantirish, sochiluvchi jismlarni soʻrish va haydash uchun ishlatiladigan qurilma (gidravlik yoki pnevmatik mashina, apparat yoki asbob). Suyukdiklarni bosimsiz harakatlantirish uchun moʻljallangan qurilmalar suv koʻtarish mashinalari deb ataladi. Nasosning asosiy parametri — maʼlum vaqt ichida (vaqt birligida) haydaladigan suv, gaz yoki havo miqdori. Baʼzan nasoslar uchun bosim (R va Ya), isteʼmol quvvati N va f. i. k. ham muhim. 2.Xavfsizlik valfi - o'rnatilgan bosim bilan tizimlar va tomirlardan ortiqcha suyuqlik, bug ' va gazsimon muhitni avtomatik ravishda chiqarib yuborish orqali uskunalar va quvurlarni ortiqcha bosim bilan mexanik yo'q qilishdan himoya qilish uchun mo'ljallangan quvur armaturalari. Vana, shuningdek, ish bosimi tiklanganda atrof-muhit chiqindilarining to'xtashini ta'minlashi kerak. Xavfsizlik valfi-bu to'g'ridan-to'g'ri ish muhitidan ishlaydigan to'g'ridan-to'g'ri ishlaydigan armatura, aksariyat himoya klapanlari va to'g'ridan-to'g'ri bosim regulyatorlari bilan bir qatorda. 3.ЧЎЯН — ҳар хил буюмлар (козон, сантехника қурилмалари, меъморлик безаклари, панжаралар ва б.) қуйиш учун ишлатиладиган мўрт материал; темир билан углерод қотишмаси. Оддий (легирланмаган) Чўян таркибида 2,0% дан ортиқ углерод ва оз миқцорда доимий қўшилмалар — кремний, марганец, фосфор ва олтингугурт бўлади. Таркибида легирловчи элементлар — хром, никель, молибден, мис, алюминий ва б., шунингдек, 2% дан ортиқ марганец ҳамда 4% дан ортиқ кремний бўлган Чўян легирланган (махсус) Чўян дейилади. Чўян кулранг, оқ ва оралиқ турларга бўлинади. Кулранг Чўянда углерод эркин ҳолатда — бодроқсимон, пластинкасимон ёки шарсимон графит тарзида, оқ Чўянда углероднинг қаммаси ёки жуда кўп қисми темир карбиди Ғе3С — цемент ҳолида, оралиқ Чўянда эса углероднинг бир қисми цементит ва бир қисми графит ҳолида бўлади. 4.Korroziya (lot. corrigere — oʻymoq, yemirmoq) — 1) jismlar (metallar, beton, tosh, yogʻoch, baʼzi plastmassalar va boshqalar)ning tashqi muhit bilan biologik, kimyoviy yoki elektr-kimyoviy taʼsirlashuvi oqibatida yemirilishi. Temir va temir qotishmalari K.si zanglash deb ham ataladi (yana qarang Metallar korroziyasi). Ximoya qoplamlari (mas, lok-boʻyoq materiallar) qoplash, muhitga ingibatorlar (mas, xromatlar, nitritlar, arsenitlar) kiritish, korroziyabardosh materiallar ishlatish yoʻli bilan K.ning oldini olish mumkin; 2) tibbiyotda — oʻyuvchi moddalar taʼsirida toʻqimalarning yemirilishi; 3) geologiyada — kimyoviy yoki mexaniq jarayonlar taʼsirida togʻ jinslarining yemirilishi, kanallar, oʻralar, gʻorlar va boshqa hosil boʻlishi. Kimyoviy K.da suvning kimyoviy taʼsirida jinslar sirti eriydi va yeyiladi (oʻyiladi), mexanik K.da esa jinslarning sirti yediriladi. Download 27.18 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling