1-bilet Shayboniylar davlatining tashkil topishi


“Qatag‘on qurbonlari xotirasi” memorial majmuasi haqida ma’lumot bering


Download 280.7 Kb.
bet29/53
Sana31.01.2024
Hajmi280.7 Kb.
#1832809
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   53
Bog'liq
1-bilet Shayboniylar davlatining tashkil topishi

2. “Qatag‘on qurbonlari xotirasi” memorial majmuasi haqida ma’lumot bering.
O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov (1938 – 2016) tashabbusi bilan 2000-yil 12-mayda Toshkent shahri Yunusobod tumanidagi Bo‘zsuv kanali bo‘yida “Shahidlar xotirasi” yodgorlik majmuasi ochildi. U mustabid sovet rejimi davrida qatag‘on qilingan shahidlar xotirasiga bag‘ishlab o‘rnatilgan bo‘lib, millat fidoyilarining aksariyati shu yerda otib tashlangan edi. O‘zbekiston Respublikasida 2001-yildan boshlab har yili 31-avgust –qatag‘on qurbonlarini yod etish kuni sifatida o‘tkaziladigan bo‘ldi. “Shahidlar xotirasi” yodgorlik majmuasida 2002-yil 31-avgustda “Qatag‘on qurbonlari xotirasi” muzeyi ochildi. Muzey Rossiya imperiyasi va sovet hokimiyati davrida Vatan ozodligi yo‘lidagi faoliyati uchun qatag‘on etilgan vatandoshlarimiz xotirasini abadiylashtirish maqsadida tashkil qilingan. Bu minnatdor avlodlarning o‘z ajdodlari xotirasiga ehtiromidir.
3. Abu Rayhon Beruniy hayoti va faoliyati.
Abu Rayhon Beruniy (973–1048) Xorazmning Kat shahrida tug‘ilib, Urganchda ta’lim olgan. Xorazmshoh Abul Abbos Ma’mun II saroyida to‘plangan olimlar bilan birgalikda Ma’mun akademiyasida ijod qilgan. Xorazm Mahmud G‘aznaviy tomonidan bosib olingach, Beruniy va boshqa olimlar bilan birga G‘azna shahriga olib ketiladi va umrining oxirigacha shu yerda ijod qildi. Beruniy 1048-yilda G‘aznada vafot etadi. Beruniy astronomiya, geografiya, matematika va tarix fanlari bo‘yicha 160 dan ortiq asarlar yozgan. Uning “Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar”, “Hindiston”, “Mineralogiya”, “Geodeziya” kabi yirik asarlari shular jumlasidandir. U o‘zining astronomiyaga oid asarlarida Kopernikdan qariyb besh asr muqaddam Yerning Quyosh atrofida ayla nishi haqidagi fikrni o‘rta asrlarda birinchi bo‘lib ilgari surdi. Beruniy yerning dumaloq shaklda ekanligini asoslab berdi. U 1029 ta yulduzning koordinatlari kattaliklari qayd etilgan yulduzlar jadvalini hamda dunyoning geografik kartasini tuzgan. Beruniy yevropalik olimlardan 450 yilcha oldin Amerika qit’asi mavjudligini taxmin qilib, o‘z asarlarida bir necha bor yozgan. Beruniyning g‘arbiy yarim sharda katta quruqlik borligi to‘g‘risidagi fikri XV–XVI asrlarda o‘z tasdig‘ini topdi. Beruniy Yer aylanasi uzunligini o‘lchashda yangi usul – matematik usulni ishlab chiqdi. U birinchi bo‘lib Yer shari globusini yaratgan. Beruniyning ilmiy va falsafiy ulkan merosi shubhasiz jahon fani va madaniyati xazinasiga qo‘shilgan ulkan hissa bo‘ldi.

Download 280.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling