1-bilet Shayboniylar davlatining tashkil topishi


Abulg‘ozi Bahodirxon faoliyati


Download 280.7 Kb.
bet26/53
Sana31.01.2024
Hajmi280.7 Kb.
#1832809
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   53
Bog'liq
1-bilet Shayboniylar davlatining tashkil topishi

3. Abulg‘ozi Bahodirxon faoliyati.
Abulg'oziy Bahodirxonning og'alari Habash sulton va Elbars sulton otalari Arab Muhammadxonni yengib, uni Qum qal 'asiga qamadilar. Otasining tarafdorlari bo'lgan katta og' asi Asfandiyor Eronga, Abulg'oziy Bahodirxon esa Buxoroga Imomqulixon huzuriga qochdi. 1623-yilda akasi Asfandiyorxon Xiva taxtini egallagach, Abulg'oziy Bahodirxon Urganchga hokim qilib tayinlandi. Lekin Asfandiyorxon bilan o'fialarida nizo chiqib, Abulg'oziy Bahodirxon 1627-yilda qozoq xoni Eshimxon huzuriga qochdi; keyin ikki yil Toshkent hokimi Tur-sunxon bilan birga bo'ldi. Ko'p o'tmay, turkmanlarning taklifiga binoan u yana Xorazmga qaytdi. Asfandiyor uni Xiva hokimi qilib tayinlashga majbur bo'ldi. 1629-yilda turkmanlar Eronga tobe bo'lgan Niso va Durunni bosib oldilar. Asfandiyorxon Eron bilan munosabatlarning tamoman jiddiylashib ketishidan cho'chib, aybni Abulg'oziy Bahodirxonga to'nkadi va uni 1630-yil qishida Eron podshohi huzuriga garov tariqasida yubordi. Abulg'oziy Bahodirxon shu tariqa 10 yil Eronda, Isfahon yaqinidagi Taborak qal 'asida qamoqda yashadi. 1639-yilning yozida u tutqunlikdan qochishga muvaffaq bo'ldi. Abulg'oziy Bahodirxon bir necha yil taxt uchun kurash olib borib, nihoyat 1644-yil Xiva taxtiga o'tirdi. Abulg'oziy Bahodirxon markaziy hokimiyatni mustahkamlash uchun kurash olib bordi. U 1663 yilda hokimiyatni o'g'li Anushaxonga topshirdi.
16-BILET
1. “Loy jangi” haqida ma’lumot bering.
Movarounnahrni qo‘ldan chiqarishni istamagan Ilyosxo‘ja 1365-yilning bahorida yana Movarounnahr ustiga qo‘shin tortadi. Ikki o‘rtadagi jang 1365-yil 22-may kuni Toshkent bilan Chinoz o‘rtasidagi Chirchiq daryosi bo‘yida sodir bo‘ladi. Tarixda u “Loy jangi” nomi bilan shuhrat topadi. Chunki o‘sha kuni kuchli jala quyib, jang maydoni botqoqlikka aylangan, hatto otlar loyga botib qolgan. Jangda Amir Temur qo‘shini g‘olibona harakat qilib, dushman qo‘shinining o‘ng qanotiga qaqshatqich zarba berayotgan bir paytda Husayn o‘z askarlarini raqibning so‘l qanotiga tashlamay, jang maydonini tark etadi. Amir Temur chekinishga majbur bo‘ladi.Bu g‘alabadan so‘ng Ilyosxo‘ja hech qanday qarshilikka uchramay, Xo‘jand va Jizzax shaharlarini egallab, Samarqand ustiga yuradi. Samarqandda qurolli qo‘shin bo‘lmasa-da, xalq shahar mudofaasini o‘z qo‘liga oladi. Uzoq davom etgan mo‘g‘ul lar hukmronligiga qarshi ko‘tarilgan bu xalq harakati tarixda Sarbadorlar harakati nomi bilan shuhrat topadi.

Download 280.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling