1-bilet Shayboniylar davlatining tashkil topishi


-BILET 1. Spitaman qo‘zg‘oloni


Download 280.7 Kb.
bet51/53
Sana31.01.2024
Hajmi280.7 Kb.
#1832809
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   53
Bog'liq
1-bilet Shayboniylar davlatining tashkil topishi

29-BILET
1. Spitaman qo‘zg‘oloni.
Miloddan avvalgi 329-yilda yunon-makedonlar Maroqandani egalladi. So‘g‘diyona xalqi bosqinchilarga qarshi kurashga chiqadi. Tez orada so‘g‘diylarga baqtriyaliklar va saklar qo‘shiladilar. Qo‘zg‘olonga iste’dodli tashkilotchi va harbiy yo‘lboshchi Spitaman boshchilik qiladi. Ancha qo‘shin to‘plagan Spitaman Maroqandani qamal qildi. Aleksandr qamalda qolganlarga yordamga uch mingga yaqin jangchidan iborat qo‘shin jo‘natadi. Qadimda «Politimet» deb atalgan Zarafshon daryosi bo‘yida makedonlarga pistirma qo‘ygan Spitaman dushman guruhini tamomila qirib tashlaydi. Shunda Aleksandrning o‘zi qo‘zg‘olonni bostirishga otlanadi. Yunonlarning katta kuchlari yaqinlashib kelayotganidan xabar topgan Spitaman qamalni to‘xtatadi va o‘z qo‘shinlarini sahro sari boshlab ketadi.Saklarga qarshi kurash uchun Aleksandr Sirdaryo bo‘yida, Xo‘jand yaqinida qal’a barpo etish to‘g‘risida buyruq beradi. Bu qal’a Aleksandriya Esxata (Chekka Aleksandriya) deb ataldi. Aleksandr Maroqandada maxsus harbiy qo‘shin qoldirib, asosiy qo‘shinlari bilan qishlash uchun Zariasp (Baqtra)ga jo‘nadi. O‘sha yilning bahorida Aleksandr qo‘zg‘olonni bostirish chorasini ko‘radi. O‘z lashkarlarini uch qismga bo‘lib, So‘g‘diyonani u boshidan bu boshigacha kezib chiqadi va tinch aholini qirib tashlaydi. Mil. avv. 328-yil kuzida Spitamanning Aleksandr bilan hal qiluvchi jangi bo‘lib o‘tadi. Kuchlar teng bo‘lmaganidan Spitaman yengilib, yana cho‘lga chekinadi. O‘sha yerda u xoinlarcha o‘ldiriladi.
2. Ma’buda Artemida ibodatxonasi haqida ma’lumot bering
Ma’buda Artemida sharafiga Efes shahrida (bu shahar hozir Turkiya davlati hududida joylashgan) ko‘rganlarni lol qoldiradigan ibodatxona qurilgan. Afsonalarga ko‘ra, Artemida Zevsning qizi bo‘lgan. U hosildorlik, ov va Oy ma’budasi edi. Ayni paytda hayvonlar homiysi, Ma’buda Artemida shuningdek, ayollar madadkori ham ibodatxonasi. hisoblangan. Artemida ibodatxonasining tomini qoyatoshlardan ishlangan 18 metrli ustunlar suyab turgan. Ibodatxona ichiga yunon rassomlarining ajoyib asarlari joylashtirilgan. Mil.av. 365-yilda Gerostrat ismli shaxs shuhrat qozonish maqsadida ibodatxonaga o‘t qo‘yib, uni yoqib yuboradi.

Download 280.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling