Qamashi tekstil


Download 14.24 Kb.
Sana09.06.2023
Hajmi14.24 Kb.
#1470839
Bog'liq
Ilova uchun to\'ldirishga


QAMASHI TEKSTIL” MChJ
paxta-to‘qimachilik klasteri tomonidan bajariladigan VAZIFALAR
Qashqadaryo viloyatining Qamashi tumanida faoliyat yuritib kelayotgan “QAMASHI TEKSTIL” MChJ paxta-to‘qimachilik klasteriga 3835 ga (shundan 3835 ga 171 ta fermer xo‘jaliklari) yer maydoni biriktirilgan bo‘lib, ushbu yer maydonlaridan jami 11830 tn (o‘rtacha hosildorlik 31 s/ga) paxta xomashyosi yetishtirish belgilangan.
Klaster tomonidan joriy yilda 3835 ga maydonga paxta ekilib, 13496 tn paxta xomashyosi yig‘ib-terib olindi va o‘rtacha hosildorlik 35 s/ga tashkil qildi. Bu o‘tgan yilga nisbatan 5 s/ga (ko‘p)ni tashkil etadi.
Klasterga biriktirilgan fermer xo‘jaliklari tomonidan 13496 tn paxta xomashyosi yetishtirilib, shartnomaga asosan klasterga yetkazib berildi va 1 tn paxta xomashyosining o‘rtacha xarid narxi 10,025 ming so‘mni tashkil qildi.
Bugungi kunda fermer xo‘jaliklari yakuniy to‘lovlarga 107 375 mln.so‘m (97,5%) to‘lab berilib, 2 683 mln.so‘m (2,5%) qarzdorlik mavjud. Shundan 2 683 mln.so‘mi 2023 yil 1 fevralga qadar to‘lab berilishi kerak bo‘lgan va 0 mlrd.so‘mi 2023 yil 1 noyabrga qadar to‘lab berilishi kerak bo‘lgan mablag‘larga to‘g‘ri keladi.
Bundan tashqari klasterning tijorat banklari oldida 92 653 mln.so‘m qarzdorliklari mavjud bo‘lib, shundan 37 824 mln.so‘mi paxta yetishtirish xarajatlarini moliyalashtirish uchun ajratilgan imtiyozli kredit mablag‘laridan va 54 829 mln.so‘mi tijorat kreditlaridan. Bugungi kunda ajratilgan kreditlardan muddati o‘tgan qarzdorliklar mavjud emas.
Klaster tomonidan yetishtirilgan 13496 ming tn paxta xomashyosining 13496 ming tn (yoki 100 foizi) klaster balansidagi “Qamashi tekstil” MChJ paxta tozalash korxonasida dastlabki qayta ishlanadi.
Bundan tashqari klaster balansida *** ming tn (talabga nisbatan *** foiz) quvvatga ega ip-kalava ishlab chiqarish, *** ming tn(talabga nisbatan *** foiz) quvvatga ega mato ishlab chiqarish, *** ming tn(talabga nisbatan *** foiz) quvvatga ega matoni bo‘yash va 10 mln dona (talabga nisbatan 100 foiz) quvvatga ega tayyor (tikuv) trikotaj mahsulotlarini ishlab chiqarish korxonalari mavjud.
Klaster tomonidan bugungi kunda yetishtirilgan paxta xomashyosidan yakuniy 1848 tn (ip-kalava, mato, bo‘yalgan mato va tayyor tikuv mahsuloti) ishlab chiqarilib sotilmoqda.
Mahsulotlarning 897 tn (3096 ming.$) eksportga va 951 tn ichki bozorlarga realizatsiya qilingan.
Xususan 2022 yilda eksport uchun 677 tn( 2165 ming.$) ip-kalava, 797303 p/m (923 ming.$) mato va bo‘yalgan mato hamda 10200 dona (8 ming.$) tayyor (trikotaj) tikuv mahsulotlari sotilgan.
Shuningdek klaster tomonidan bugungi kunga qadar 18,118 mlrd.so‘mlik 64 ta yuqori unumli qishloq xo‘jaligi texnikalari va agregatlari olib kelingan. Xududdagi fyu'chers shartnomasi asosida ishlaydigan fermer xo‘jaliklari bilan umumiy hisobda texnika bilan ta'minlanganlik darajasi 70 foizni tashkil qiladi.
Klaster tomonidan faoliyati davomida jami 122 ga foydalanishdan chiqqan yer maydonlari qayta foydalanishga kiritilgan va 1514 ga (jami yer maydoniga nisbatan 39,4 foiz) maydonlarga suv tejovchi texnologiyalar o‘rnatilgan.
Yuqoridagi tadbirlarni amalga oshirish hisobiga bugungi kunda klaster qoshida 151 nafar doimiy, 60 nafar mavsumiy va 300 nafar qishloq xo‘jaligi ishchilari ishlab kelmoqda.
Klaster tomonidan sohani yanada takomillashtirish, qo‘shilgan qiymat zanjirini oshirish, investitsiya mablag‘larini va eksportni oshirish hamda yangi ish o‘rinlar yaratish bo‘yicha
2023-2025 yillarga quyidagilar asosiy vazifa etib belgilab olingan:
Birinchidan,paxta yetishtirishda o‘rtacha hosildorlikni 40 s/ga yetkazish. Bunda, zamonaviy agrotexnik tadbirlarni qo‘llash yuzasidan 1 nafar xorijiy olimlar va malakali mutaxassislar jalb qilinadi;
Ikkinchidan, 69 ta yangi yuqori unumli qishloq xo‘jaligi texnikalari va agregatlarini xarid qilinadi;
Uchinchidan, 150 ga foydalanishdan chiqqan yerlar qayta foydalanishga qaytariladi va 400 ga yer maydonlarida suv tejovchi texnologiyalar o‘rnatiladi. Buning natijasida klasterga biriktirilgan yer maydonlarining 50 foizi suv tejovchi texnologiyalar bilan sug‘orilishi ta'minlanadi.
To‘rtinchidan, tayyor mahsulotning 60 foizini eksportga realizatsiya qilish yo‘lga qo‘yiladi va yillik eksport xajmini 4.7 mln.$ gacha (2022 yilga nisbatan +1.604 mln.$) yetkaziladi.
Beshinchidan, qo‘shilgan qiymat zanjirini yaratish va boshqa loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha qiymati 55 mln.$ lik 8 ta yangi loyihalarni amalga oshiriladi hamda buning natijasida 880 ta yangi ish o‘rinlari yaratiladi.(loyihalar dasturi ilova qilinadi)
Oltinchidan, klaster tomonidan 2023-2025 yillarda jami 25.544 mln.$ investitsiya mablag‘lari jalb qilinadi.
Yettinchidan, fermer xo‘jaliklari va boshqa paxta yetishtiruvchi xo‘jaliklar bilan o‘zaro munosabatlarni to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish, ularni moliyaviy rag‘batlantirish bo‘yicha choralar ko‘riladi.
Yuqoridagilar vazifalarni o‘z vaqtida to‘liq va sifatli amalga oshirishda “QAMASHI TEKSTIL” MChJ paxta-to‘qimachilik klasterning salohiyati va imkoniyatlari yetarli.
“QAMASHI TEKSTIL” MChJ paxta-to‘qimachilik klasteri tomonidan belgilab olingan vazifalarni bajarilishini ta'minlayman.
“QAMASHI TEKSTIL” MChJ
paxta-to‘qimachilik
klaster rahbari I.X.ALLAMURODOV
Download 14.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling