1. Bilishning mazmun va mohiyati


Ilmiy bilishning nazariy darajasi


Download 144 Kb.
bet14/16
Sana23.03.2023
Hajmi144 Kb.
#1288233
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
BILISH NAZARIYASI - ASOSIY MUAMMOLARI VA YO’NALISHLARI

7.Ilmiy bilishning nazariy darajasi.
Ilmiy bilishning nazariy darajasida ilgari to’plangan ma’lumotlar asosida olamdagi narsa va hodisalarning alohida shakllari emas, balki keng miqdordagi bir qancha hodisalar o’rtasidagi aloqadorlik va taraqqiyot qonuniyatlari aniqlanadi. Mazkur asosiy qonunlar bir qancha empirik qonunlarning yig’indisidan tarkib topgan bo’lib, olamning ilmiy manzarasini ifodalaydigan nazariya va kontseptsiyalarda namoyon bo’ladi. Bunday bilimlar o’zining mazmun-mohiyati bilan falsafiy ahamiyatga ega bo’ladi.
Bilishning nazariy darajasi bir qator xususiyatlarga ega. Ular quyidagilardan iborat: 1) nazariy bilimlar o’zining umumiyligi va mavhumiyligi bilan ajralib turadi; 2) nazariy bilimlar yaxlit va tizimli bilimlar hisoblanadi; 3) u falsafiy bilimlar bilan yaqinligi bilan tavsiflanadi; 4) empirik bilimlarga nisbatan mukammal bilimlar hisoblanib, hodisalarning mazmun-mohiyatini atroflicha va chuqur aks ettiradi.
Nazariy bilimlarni hosil qilishda mavhum tafakkur katta rol o’ynaydi.
Bilimning nazariy darajasida ilmiy tadqiqotning keng ma’noda qo’llaniladigan mavhumlik va aniqlik usullari mavjuddir.
Aniqlik usuli tadqiqot ob’ektining xossalari, aloqalari, munosabatlarining ko’p qirrali birligi sifatida nazariy umumlashtirish vositasi hisoblanadi. Bu usul aniq hodisalar haqidagi barcha aloqa va munosabatlarni o’z ichiga olgan voqelik haqidagi bilimni yuzaga chiqaradi. Aniq voqelikning mohiyati haqidagi bilish vositasi mavhumlik usuli hisoblanadi. Tafakkurning o’zini tasavvur vositasi bilan voqelikni bilish usuli deb qarash mumkin.
Tasavvur predmetni bilib olishning eng muhim usulidir. Tasavvur vositasi bilan muayyan munosabatdagi muhim xossa munosabatlar mohiyati ochiladi. Tasavvur usuli voqelik hodisalarini chuqurroq, to’g’riroq aks ettiradi. Bu usul asosida tadqiq qilinayotgan ob’ekt fikran tahlil qilinadi, mavhum ta’riflarga bo’linadi. Bu ta’riflarning tuzilishi aniq bilimga erishish vositasidir. Fikrning bu harakati mavhumlikdan aniqlikka tomon yuqorilab borish usuli hisoblanadi.
Aksiomatik usul tadqiqotning aksiomalarga asoslanib nazariy xulosalar chiqarish usulidir. Asos qilib olingan aksiomalar esa muayyan nazariy tizimda isbotlanmay, haqiqiy deb qabul qilinadi. Nazariy bilimlar to’la ravishda aksiomalardan deduktiv yo’l bilan chiqariladi. Aksiomatik usulga muvofiq natijalar sifatida ulardan xulosa chiqariladi.
Aksiomatik usulga yaqinroq bo’lgan, lekin undan farq qiluvchi gipotetik deduktiv usul bo’lib, bu usulning asosi aksioma emas, balki tajriba ma’lumotlari majmuidir.

Download 144 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling