1. Bino inshoatlarning yong'in xavfsizligi Yong‘indan xabarlash va evakuatsiyani boshqarish tizimlari
Download 19.39 Kb.
|
BINO INSHOATLARNING O\'TGA BARDOSHLILIGI YONG\'IN XAVFSIZLIGIDAN
BINO INSHOATLARNING O'TGA BARDOSHLILIGI YONG'IN XAVFSIZLIGIDAN Reja: 1. Bino inshoatlarning yong'in xavfsizligi 2. Yong‘indan xabarlash va evakuatsiyani boshqarish tizimlari Bizga ma'lumki, jahonda bugungi kunda bino va inshootlarning seysmik va yong‘in xavfsizligini ta'minlash eng muhim masalalardan biri hisoblanadi. Butun dunyo yong‘inlar statistika markazi ("CTIF")ning ma'lumotiga asosan, jahonda yiliga 7-8 milliondan ortiq yong‘inlar sodir bo‘lmoqda va uning sababiga yiliga 85-90 ming insonlar halok bo‘lishi kuzatilmoqda. Yong‘inlar ta'sirida ko‘rilgan moddiy zararning umumiy hajmi yiliga milliardlab AQSh dollarini tashkil etmoqda. XXI asrda yer sayyorasidagi seysmik faollikning oshayotganligi kuzatilmoqda. Bu borada kutilmagan zilzila va yong‘inlarning oldini olish yuzasidan passiv va faol seysmik himoyalash tizimlarning yangi turlarini ishlab chiqishni takomillashtirish zaruriyati namoyon bo‘lmoqda. Jahonda zilzilalarni oldindan bashorat qilish, faol va passiv seysmik himoyalash tizimlarning yangi turlarini yaratish yuzasidan olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlarda bino va inshootlarning yong‘in va seysmik xavfsizligini ta'minlash, zarba, portlash, dinamik ta'sirlarga chidam¬liligini oshirish va faol seysmik himoyalash tizimlarning yangi turlarini ishlab chiqish muhim ahamiyat kasb etmoqda. O‘zbekiston hududida o‘rtacha Rixter shkalasi bo‘yicha 7,5 ballgacha magnitudali yer silkinishlari yuzaga kelishi mumkin. Bularning barchasi zilzilalar va ular talofatlaridan yuzaga keluvchi favqulodda holatlarning ehtimoldan holi emasligini anglatadi. O‘zbekiston Respublikasi FVV Akademiyasi kafedra boshlig‘i texnika fanlari doktori, podpolkovnik Ibragimov Baxrom Toshmuratovich tomonidan bir necha yillardan buyon bino va inshootlarning yong‘in va seysmikbardoshligini oshirish borasida tadqiqotlar olib borilmoqda. B.T. Ibragimov 2009 yilda “O‘zbekiston Respublikasining yong‘in xavfi bo‘lgan zilzilabardosh inshootlarida elastik-plastik va dempferlovchi tizimlardan foydalanish” mavzusidagi nomzodlik dissertasiyasini himoya qilgan bo‘lsa, 2019 yilda “Bino va inshootlarning yong‘in va seysmikbardoshligini oshirishning nazariy va eksperimental asoslarini takomillashtirish” mavzusidagi doktorlik dissertasiyasini himoya qilishga muvofiq bo‘ldi. B.T.Ibragimov tomonidan bino va inshootlarning seysmikbardoshligini oshirish uchun maxalliy xom ashyolar asosida faol seysmik tizimlarining dempfer, seysmoso‘ngdirgich va seysmoamartizator kabi yangi tarkibli turlari namunalari yaratildi. Ushbu faol seysmik tizimlari namunalari bino va inshootlarning seysmikbardoshligini 1,5-2,2 ballgacha oshirish imkoniyatini yaratadi. B.T.Ibragimov tomonidan olib borilgan tadqiqotlar va ketma-ket o‘tkazilgan tajribalar asosida olingan namunalar ko‘p qavatli bino o‘rnatilishining amaliy hisob-kitob ishlari amalga oshirilgan bo‘lib, ularning aksonometrik sxemasi 1, 2, 3, 4-rasmlarda keltirilgan. Ko‘p qavatli binoga faol seysmik tizimlar o‘rnatilgan holatdagi tebranishlarni so‘ndirishi xususiyati, seysmik va dinamik ta'sirlarga bardoshligini oshirish imkoniyati yuqori ekanligi ilmiy jihatdan isbotlagan. Binoning tebranish koeffisentini 1,8-2,4 MPa ga oshirilishi, oraliq chastotasi, model' og‘irligiga keskin ta'sir etayotgan kuchlarni ijobiy so‘ndirish xususiyatining yuqori ekanligi ham aniqlangan. Tavsiya etilayotgan dempfer, so‘ndirgich va amortizatorlarning vaqt davomida termik ta'sirlarga bardoshlilik natijalari Jahonning yetakchi seysmik olimlaridan Barshteyn, Medvedev, Gressel' tomonidan ishlab chiqilgan seysmik himoya dempferlari bilan taklif etilayotgan dempfer tizimlarining o‘zaro taxliliy taqqoslash natijalari 1-jadvalda keltirilgan. Mazkur jadval boshqa tadqiqotchilar tomonidan ishlab chiqilgan dempferlarga nisbatan B.T.Ibragimov tomonidan ishlab chiqilgan dempferning seysmik jihatdan maqbul ekanligini namoyon qiladi. Taklif etilayotgan dempfer boshqa ixtirochilarining seysmotizimiga nisbatan gorizontal va vertikal holatda ishlashi bilan ajralib turadi. Sinash vaqtida gorizontal joylashgan konstruksiya modeli holatiga faqat qo‘shimcha yuklarni 5 marta oshirishga, burovchi va siquvchi yuklar ta'sir qilgan vaziyatlarda mustahkamlik 6-7 % ga, egilishda esa bu ko‘rsatkich taklif etilayotgan dempfer foydasig 1-3 % ga o‘zgariga erishishga sazovar bo‘lgan. Gorizontal joylashgan konstruksiya modeliga ta'sir qilayotgan dinamik yuk bir soatlik davomiylikda yana bir marta oshirilganda konstruksiyaning mustahkamligi 1-3 % ga kamaydi. Bunday vaziyatda qo‘shimcha yuk konstruksiya modelining xususiy massasidan 4 marta orttirilganda farqlanish kattaligi amortizatorli va so‘ndirgichli variantlarga nisbatan solishtirilganda dempferli qurilmaning taklif etilayotgan varianti foydasiga 7% gacha o‘sishga erishgan. Bu tajriba natijalari taklif etilayotgan faol seysmik tizimlarning nurashga, termik, dinamik ta'sirlarga bardoshliligini anglatsa, mustahkamligi ham yuqoriligini bildiradi. Bundan tashqari, B.T.Ibragimov yog‘och va metall asosli qurilish konstruksiyalarining olovbardoshligini oshirish borasida yangi tarkiblar ishlab chiqdi. Dastlab olingan yangi tarkibli qoplama materiallarning metall yuzasini olovdan himoyalash samaradorligini baholash tajribalari o‘tkazildi. Temir va yog‘och konstruksiya namunalarining olovbardoshliligini oshirish uchun yangi tarkibli samarador olovbardosh issiqdan himoyalovchi qoplamalar bilan ishlov berib (surkab) termik ta'sirlarga maxsus pechlarda va dala sharoitida tajribalar o‘tkazildi (6-rasm). Ёғоч намунасига янги таркиб билан ишлов берилган тажриба натижаси Ўтказилган тажрибаларга асосан ёғоч материалларига янги таркиб билан ишлов берилиб, 50 дақиқа давомида махсус печда термик таъсир берилди. Янги олинган таркиб ёғоч намуналарининг оловбардошлилигини амалдаги 350-400°С дан 780-800°С ҳароратга ошириш имкониятини яратган бўлса, темир конструкция намуналарига эса 1200-1600°С гача бўлган 90 дақиқалик термик таъсир берилганда, янги таркибли самарадор оловбардош иссиқдан ҳимояловчи қоплама металлнинг ёнувчанлик хусусиятга эга бўлишини амалдаги металлар учун критик (500°С)га етиш вақти қийматини 1200-1600°С 7-rasm. Yangi tarkib bilan ishlov berilgan metall namunasining 1600°S xaroratgacha ta'siri berilgan holda o‘tkazilgan sinov grafigi. 1. Taklif etilayotgan tarkib. 2. Rossiya olimlari tomonidan ishlab chiqilgan «Vermival» nomli olov va issiqlikbardosh tarkibi.3. Vollastanit+dolomit minerallari qo‘shilmagan tarkib. O‘tkazilgan tajribalar asosida olingan sinov natijalari 8-rasmda keltirilgan.Ushbu rasmda a) ishlov berilmagan yog‘och namuna, b) ishlov berilgan yog‘och namuna, v) va g) yog‘och namunasining sinov tajribasidan keyingi holati, d) metall namunasiga termik ta'sir berish jarayoni, ye) va j) ishlov berilgan metall namunalariga 1200-1600°S xarorat ta'sir qildirilgandan keyingi holatining umumiy ko‘rinishi tasvirlangan. 8-rasm. Yog‘och va metall konstruksiya namunalariga olovbardosh va issiqdan himoyalovchi qoplama bilan ishlov berilgandan olingan ijobiy ilmiy natijalar keltirilgan. Bundan tashqari, yangi tarkibli samarador olovbardosh va issiqdan himoyalovchi qoplama bilan ishlov berilgan namunalar, 16363-98 Yog‘och materillar uchun olovdan himoyalovchi vositalari. Olovdan himoyalash xossalarini aniqlash usuli nomli DST talablari bo‘yicha maxsus keramik quvurda yonuvchanlik xususiyati tekshirildi. 2 daqiqa davomida keramik quvurga boshlang‘ich 170-200°S gacha harorat ta'siri berilganda, sinalayotgan yog‘och namunaning massasining yo‘qolishi 8-9 % atrofida bo‘lishi aniqlagan. Yangi tarkibli samarador olovbardosh issiqdan himoyalovchi qoplama bilan ishlov berilmagan namuna sinalganda uning massasining yo‘qotilishi 45-60%ni tashkil etgan. Jahondagi ko‘plab yirik binolarda sodir bo‘lgan yong‘inlar tahlili shuni ko‘rsatadiki, yong‘inlarning keskin tarqalishiga deformasion choklar asosiy sabab ekanligi aniqlandi. Bu esa respublikamizdagi binolarning yong‘in xavfsizligini ta'minlash nuqtai nazaridan tajriba sifatida ko‘p qavatli uylarning qurilish konstruksiyalarining olovbardoshligini oshirish hamda deformasion choklariga yangi qavariqlanuvchi olov va issiqlikdan himoyalovchi yaratilgan tarkiblar orqali ishlov berilib, tajribadan o‘tkazilgan. Buning natijasida ishlov berilgan va ishlov berilmagan deformasion choklar sinaldi. Binoga ishlov berilgan yangi tarkib yaxshi samara berib, 25 daqiqaga ya'ni (80%) yong‘inning keskin tarqalishining oldini olishga erishgan. Bundan tashqari, podpolkovnik B.T.Ibragimov tomonidan bino va inshootlarning seysmik va yong‘in xavfsizligini ta'minlash borasida tadqiqotlar olib borilmoqda, bevosita uning ilmiy rahbarligida 4 nafar mustaqil izlanuvchi va bir nafar doktorant nomzodlik dissertasiyasi borasida ilmiy-tadqiqot ishlari olib borayaptilar. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 10 apreldagi “O‘zbekiston Respublikasida favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf etish hamda yong‘in xavfsizligini ta'minlashning sifat jihatidan yangi tizimini joriy etish to‘g‘risida” gi 5706-sonli farmonining amalda ijrosini ta'minlash maqsadida, hozirgi kunda aholi va hududlarning muxandislik muxofazasini takomillatirish, avariya qutqaruv ishlarini tashkillashtirish, yong‘in xavfsizligini ta'minlash, olovbardosh qurilish materiallari va matolarining yangi turlarini yaratish borasida ilmiy-tadqiqot ishlarini olib bormoqda. Favqulodda vaziyatlar vazirligi sohaviy yo‘nalishlari bo‘yicha fundamental va amaliy ilmiy-tadqiqotlar ishlarini rivojlantirish, Akademiyaning ilmiy salohiyatini yanada oshirish va yosh pedagogik xodimlarni ilmiy tadqiqot ishlariga keng jalb etish, shuningdek mustaqil izlanuvchi va doktorantlarning o‘z vaqtida himoyasini tashkil etish borasidagi tashkiliy ishlarga ham jonbozlik ko‘rsatib kelmoqda. 1. Yong‘inga qarshi avtomatikaning qo‘llanilishi Avtomatik yong‘inga qarshi himoya tizimlarini qo‘llash yong‘inning xavfli omillarini insonlar va moddiy tovar boyliklariga ta’siridan himoyalashni, yong‘inlarni samarali bartaraf etilishini kafolatlaydi, davlatning moddiy va ma’naviy boyliklarini saqlanishini ta’minlaydi. Yong‘in avtomatikasi yong‘in xavfsizligini ta’minlashning asosiy yo‘nalishlaridan hisoblanadi. Ijtimoiy hayotning, iqtisodiyotning normallashuviga, milliy boyliklarning saqlanishini ta’minlash xalq xo‘jaligining turli sohalarida yong‘inlarning yuzaga kelishini bartaraf etish uchun xizmat qiladi. Sanoat korxonalari va ijtimoiy soha ob’ektlarida maxsus himoya vositalarini joriy etish hamda avtomatik yong‘inni aniqlash (yong‘in signalizatsiyasi) va avtomatik yong‘in o‘chirish tizimlarini qo‘llash (shuningdek, ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish) orqali yong‘in xavfsizligini ta’minlash yo‘nalashida mavjud bo‘lgan bir qancha muammolarni hal etish mumkin. 2. Yong‘indan xabarlash Yong‘indan xabarlash tizimlarining vazifasi yong‘inning o‘ziga xos omillarini aniqlash, navbatchilik, yong‘in, tizimning nosozligi bo‘yicha ish rejimlarini va boshqa turdagi axborotlarni shakllantirish, jamlash, qayta ishlash, qayd qilish va berilgan topshiriq asosida signallarni yuborish, zarur bo‘lganda, texnologik, elektrotexnik va boshqa qurilmalarni ishga tushirish uchun signallarni yong‘inga qarshi himoya tizimlarining boshqaruv vositalariga uzatish bo‘lib hisoblanadi. Yong‘indan xabarlash tizimlarining tuzilishida yong‘in xabarlovchilari asosiy omil bo‘lib hisoblanadi, yong‘in xabarlovchilarining xususiyatlaridan kelib chiqqan holda yong‘in qabul-nazorat pultlari, shleyflar, elektr ta’minoti va xabarlash qurilmalari belgilab olinadi. Yong‘indan xabarlash tizimlarini tashkil etuvchi elementlar quyida keltirilgan. – yong‘in xabarlovchilari: issiqlik; tutun; alanga; gazli; aralash; (yuqorida keltirilgan yong‘in xabarlovchilari AVTOMATIK tarzda ishga tushadi) qo‘lda ishga tushiriladigan (qo‘lda mexanik ta’sir natijasida ishga tushiriladi) – yong‘in qabul-nazorat pultlari; – xabarlash qurilmasi (opoveщatel) –yorug‘lik, ovozli, nutqli va aralash; – shleyf va boshqa qurilmalar. Yong‘indan xabarlash tizimlari hamda yong‘in xabarlovchilari kunu-tun 24 soat davomida ishlashga mo‘ljallangan. Yaroqlilik muddati 10 yildan kam emas. 3. Tashvish signallarini uzatish moslamalari Tashvish signallarini uzatuvchi moslamalar tomonidan uzatiladigan tashvish signallarining tavsifiga ko‘ra quyidagi turlarga bo‘linadi: - nurli (yorug‘lik); - tovushli (ovozli); - nutqli (matn uzatiladi); - birlashtirilgan (aralash). Yong‘indan xabarlash va evakuatsiyani boshqarish qurilmalari yong‘in xavfsizligi me’yorlariga asosan 5 turga bo‘linadi. Bunda binonaning qavatlar soni, vazifasi, bir vaqtning o‘zida binoda bo‘ladigan odamlar sonidan kelib chiqqan holda xabarlash tizimlari belgilanadi: 1-tur: Xabarlash usuli: nurli, tovushli (nurli yonib-o‘chuvchi signal, “Chiqish” nurli ko‘rsatkichlari; Xabarlash tartibi: bitta xabarlash yo‘nalishi (xabarlash yo‘nalishidagi barcha tashvish signallarini uzatuvchi moslamalar bir vaqtda ishga tushiriladi); 2-tur: Xabarlash usuli: nurli, tovushli (nurli yonib-o‘chuvchi signal, “Chiqish” nurli ko‘rsatkichlari, harakat yo‘nalishini ko‘rsatuvchi nurli ko‘rsatkichlar); Xabarlash tartibi: ikki va undan ortiq xabarlash yo‘nalishlari (xabarlash berilgan ketma-ketlikda har bir yo‘nalishga alohida amalga oshiriladi); 3-tur: Xabarlash usuli: nurli, nutqli, tovushli (“Chiqish” nurli ko‘rsatkichlari, harakat yo‘nalishini ko‘rsatuvchi nurli ko‘rsatkichlar); Xabarlash tartibi: ikki va undan ortiq xabarlash yo‘nalishlari (xabarlash berilgan ketma-ketlikda har bir yo‘nalishga alohida amalga oshiriladi); 4-tur: Xabarlash usuli: nurli, nutqli, tovushli (“Chiqish” nurli ko‘rsatkichlari, harakat yo‘nalishini ko‘rsatuvchi nurli ko‘rsatkichlar); Xabarlash tartibi: ikki va undan ortiq xabarlash yo‘nalishlari (xabarlash berilgan ketma-ketlikda har bir yo‘nalishga alohida amalga oshiriladi); Dispetcherlik xonasi va xabarlash hududi bilan aloqa. 5-tur: Xabarlash usuli: nurli, nutqli, tovushli (“Chiqish” nurli ko‘rsatkichlari, harakat yo‘nalishini ko‘rsatuvchi nurli ko‘rsatkichlar); Xabarlash tartibi: ikki va undan ortiq xabarlash yo‘nalishlari (xabarlash berilgan ketma-ketlikda har bir yo‘nalishga alohida amalga oshiriladi); Dispetcherlik xonasi va xabarlash hududi bilan aloqa. Har bir xabarlash hududidagi evakuatsiyani tashkillashtirishda ko‘plab variantlarni amalga oshirish imkoniyati va xabarlash tizimini boshqarish to‘liq avtomatlashtirilgan. Yong‘indan xabarlash va evakuatsiyani boshqarish tizimlari (YoXvaEBT) boshqarilish usuliga ko‘ra quyidagilarga bo‘linadi: Avtomatik boshqaruv: YoXvaEBT ishga tushirish avtomatik yong‘in signalizatsiyasi yoki yong‘in o‘chirish qurilmalarining buyrug‘i asosida ishga tushirilishi nazarda tutiladi. Yarim avtomatlashgan boshqaruv: YoXvaEBT ishga tushirish AYoS va AYoO‘Q olingan signal asosida dispetcher tomonidan amalga oshirilishi nazarda tutiladi. Tuzilishi va ishlash prinsipi bo‘yicha yong‘indan xabarlash tizimlarining turlari Yong‘indan xabarlash va evakuatsiyani boshqarish tizimlari markazlashgan va mahalliy turlarga bo‘linadi Mahalliy yong‘indan xabarlash tizimlari tashqi moslamalardan kelib tushgan tashvish signallariga asosan belgilangan hududlarga avtomatik tarzda avvaldan yozib olingan matnli xabarlarni uzatuvchi modullardan (nutqli protsessor, kuchaytirgich, radiokarnay) tashkil topadi. Markazlashtirilgan yong‘indan xabarlash tizimlari markaziy blokka ega va avtomatik tarzda ishlashi, shuningdek yarim avtomatlashtirilgan tarzda, ya’ni dispetcherning o‘zi mikrofon yoki tashvish xabarlash blokidagi mikrofon orqali tezkor xabarlarni berishi mumkin. Qo‘llanilish sohalari va sharoitlari bo‘yicha tashvish signallarini uzatuvchi moslamalarning turlari - isitiladigan xonalar uchun; - isitilmaydigan xonalar uchun, binoning tashqi tomoni uchun; - portlash xavfiga ega bo‘lgan hududlar uchun. 4. Yong‘in xabarlovchilarini joylashtirish Ob’ektlar bo‘yicha yong‘in xabarlovchilarini loyihalash va joylashtirish va montaj qilish ШНК 2.04.09-07 Bino va inshootlarning yong‘in avtomatikasi normativ hujjatlari hamda qurilmalarning pasportlarida ko‘rsatilgan texnik talablar asosida amalga oshiriladi. Belgilangan talablar asosida tizimlarning loyihalanishi, montaj qilinishi va ulardan foydalanilishi amalga oshirilsa tizimni tashkil etuvchi elementlar o‘z vazifasini samarali bajarishi kuzatiladi. Xona, bino va inshootlarnig xususiyatlaridan, hajmiy-rejaviy echimlari, konstruktiv tuzilishiga bog‘liq holda xabarlovchilarni quyidagi tartibda o‘rnatishga ruxsat etiladi: Xabarlovchilarni shiftga o‘rnatishning iloji bo‘lmagan hollarda ularni devorlarga, balkalarga, kolonnalarga o‘rnatish mumkin. Xabarlovchilarni bino tom qoplamasining ostida troslarga ilib chiqishga ruxsat etiladi. Bunday holatlarda xabarlovchining o‘lchamlarini hisobga olgan holda shift bilan xabarlovchi orasidagi oraliq 300 mm dan katta bo‘lmasligi kerak. Issiqlik va tutun yong‘in xabarlovchilari qurilish konstruksiyalari bilan chegaralangan xona shiftidan 0,4 m va undan katta ajralib chiqqan (balka, tayanch, qovurg‘a va sh.k.lar) bo‘lmalar oralig‘i 0,75 m va undan katta bo‘lgan hollarda har bir bo‘lmaga o‘rnatiladi. 0,08 m dan 0,4 m gacha shiftdan ajralib chiqqan konstruksiyalar mavjud bo‘lgan hollarda nazorat hududi 25 % qisqartiriladi. Agar qurilish konstruksiyalari shiftdan 0,4 m dan ko‘p ajralib chiqqan bo‘lsa bo‘lmalarning eni 0,75 m dan kichik bo‘lgan hollarda yong‘in xabarlovchilarining himoya maydoni 40 % qisqartiriladi. Materiallarning shtabellari, stellajlar, qurilmalar va qurilish konstruksiyalarining ustki qismi shiftdan 0,6 m va undan yaqinroq masofada o‘rnatiladigan bo‘lsa nuqtaviy tutunli va issiqlik yong‘in xabarlovchilari xonaning har bir otsegiga o‘rnatiladi. Xonaning eni 3 metrdan kam yoki falshpolning tagida yoki falshshiftning tepasida va balandligi 1,7 metrdan kamroq bo‘lgan boshqa o‘tish joylarida nuqtaviy yong‘in xabarlovchilarini o‘rnatishda habarlovchilar orasidagi masofa ШНК 2.04.09-ning 5-jadvalida keltirilgan qiymatlarga nisbatan 1,5 marta kattalashtirishga ruxsat etiladi. Aralash (issiqlik-tutun) yong‘in xabarlovchilarini qo‘llashda ularning o‘rnatilishi ШНК 2.04.09-07ning 8-jadvali bo‘yicha amalga oshiriladi (issiqlik yong‘in xabarlovchisining ko‘rsatkichlari qabul qilinadi). Yong‘in xavfsizligi uchun ajratilgan alohida xonalar, navbatchilik qismi yoki dispetcherlik xonalarida yong‘in qabul-nazorat pultlaridan qulay va samarali foydalanilishini ta’minlash maqsadida pol (er sathidan) 0,8 – 1,5 metr balandlikda o‘rnatish maqsadga muvofiq. Alohida ajratilgan xonalar mavjud bo‘lmagan hollarda koridorlarda, xollarda, vestibyullarda pol (er sathidan) 2,2 metr balandlikda o‘rnatish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Manzilsiz yong‘in xabarlovchilari bilan ishlashga mo‘ljallangan qabul-nazorat pultlari shleyflar soni 10 va undan ko‘proq bo‘lgan hollarda zaxira sig‘imi (shleyflar soni) 10 % dan kam bo‘lmasligi kerak. Kechayu-kunduz navbatchilik olib boriladigan navbatchi xodimlar xonasi avariyaviy yoritilishi asosiy yoritish o‘chganidan so‘ng avtomatik tarzda ishga tushishi kerak. Yong‘in signalizatsiyasining shleyflari. Yong‘in signalizatsiyasi va boshqaruv qurilmalarining ulash va ta’minot chizig‘i. Yong‘in signalizatsiyasining shleyflari uning barcha uzunligi bo‘yicha butunligini avtomatik tarzda tekshirilishini ta’minlash sharti bilan bajarilishi kerak. Yong‘in signalizatsiyasining shleyflari mustaqil mis tolali sim va kabellardan bajariladi. Download 19.39 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling