1. Bino va inshootlar haqida tushuncha Bino turlari va ularga qo‘yilgan asosiy talablar


Download 350.38 Kb.
bet9/11
Sana21.11.2023
Hajmi350.38 Kb.
#1791712
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Bino va inshoatlarga salbiy ta\'sir ko\'rsatadigan faktorlarni guruhlarga bo\'lish

Pol konstruktiv yechimlari
Sement pollar qurishda beton asos ustidan 1:1 - 1:3 nisbatda qumdan tayyorlangan qorishma 20 mm qalinlikda yotqiziladi. Bunday pollarni asosiy kamchiligi ularni changishi, issiqlik o‘tkazuvchanligi va ko‘rinishi jihatidan chiroyli emasligidir Shu sababli ular asosan, turar joy binolaridan boshqa joylarda ishlatiladi.
Mozaika pollar ko‘pincha jamoat binolarida quriladi. Ular ikki qatlamdan iborat bo‘lib, beton asos ustidan 15 mm qalinlikda ostki qatlam - sement qorishmasi to‘shaladi va uning ustidan sement mayda shag‘al qorishmasi to‘shalib ikkinchi qatlam hosil qilinadi. qorishma qotgandan so‘ng maxsus mashinalarda yuzasi silliqlanadi va sayqallanib chiroy beriladi.
Yaxlit asfalt pollar beton asos yoki 100-120 mm qalinlikda shagal to‘shama solinib, uning ustidan issiq asfalt qorishmasi 20-25 mm qalinlikda yozilib, hosil qilinadi.
Ksilolit pollarni choksiz (yaxlit) yoki ksilolit plitkalardan qurish mumkin.
Magnezit boglovchi moddaga yog‘och qipig‘i yoki qirindi aralashtirilib qorilsa ksilolit (yog‘och-tosh) va fibrolit deb ataladigan qurilish materiali hosil qilinadi.
Yog‘och pollar qalinligi 29 mm bo‘lgan shpuntli taxtalarni maxsus o‘rnatilgan lagalarga qoqib hosil qilinadi.
Parketli pollar zavodlarda tayyorlangan to‘rtburchakli taxtachalarni beton yoki yog‘och taxtali asoslarga terib chiqishdan hosil bo‘ladi. Bunda yurganda g‘ijirlamasligi va tovush o‘tkazmasligini ta’minlash uchun parket bilan taxta asos orasiga yupqa karton kog‘oz yoki ikki qavat qurilish kog‘ozi yoziladi.
Choksiz yoki choklar soni juda kam bo‘lgan linoleumli qoplamalar ozoda, yuvilishi oson, kam yediriladigan, elastik hamda uzoq muddatga chidamli bo‘ladi.
Derazalar va ularning konstruktiv yechimlari
Xona ichiga tabiiy yorug‘lik devordagi vertikal yoki tomonlardagi gorizantal joylashgan ochiq uymalar (deraza o‘rni) orqali tushadi. Xonani yoritilganlik darajasi qurilish norma va qoidalari asosida aniqlanadi.
Amaliyotda turar joy binolari uchun deraza o‘rni yuzasi xona poli maydonining 1/8 dan 1/5 bo‘lagiga teng bo‘lishi kerak. Shunda xona ichi yetarlicha tabiiy yoritilgan bo‘ladi.
Deraza konstruksiyalarini materialga ko‘ra yog‘och, metall, temir beton va plastmassadan tayyorlangan turlarga ajratish mumkin.
Derazalar ochilish yoki yopilish usuliga va konstruktiv yechimiga ko‘ra tavaqali (bir, ikki va uch tavaqali), ochilmaydigan, surilib ochiladigan, tavaqalari yuqoriga yoki pastga ilingan, jalyuzli va boshqa turlarga bo‘linadi.
Derazalar bir qavat, ikki va uch qavat oynalangan bo‘lishi mumkin. Bir qavat oynalangan issiq iqlimli rayonlarda ishlatiladi. Iqlimi yumshoq rayonlarda joylashgan binolarda ikki qavat oynalangan derazalar qo‘llanilib, bunda oynalar oralig‘ida ma’lum qalinlikda havo qatlami bo‘ladi.
qattiq sovuk iqlimli rayonlarda uch qavat qilib oynalangan derazalar ishlatiladi.
Deraza o‘lchamlari unifikatsiyalangan bo‘lib, DAST (GOST) ga muvofiq yasaladi. Deraza balandligi odatda bino qavati balandligidan 1100-1300 mm kichik qilib olinadi. Bunda bir tavaqali derazalar eni eng kamida 600 mm, ikki tavaqali uchun 900, 1100 va 1300 mm va uch tavaqali derazalar uchun 1600-1800 mm qilib olinadi.
Derazalar asosan uch xil konstruktiv elementdan ya’ni deraza romi (kesakisi), panjarasi va deraza osti taxtasidan iborat bo‘ladi.

Download 350.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling