1. Bino va inshootlar haqida tushuncha Bino turlari va ularga qo‘yilgan asosiy talablar


Poydevorlarning konstruktiv yechimlari


Download 350.61 Kb.
bet5/11
Sana17.10.2023
Hajmi350.61 Kb.
#1706312
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Bino va inshoatlardagi alohida konstruktiv elementlarini texnik holatini baholash

Poydevorlarning konstruktiv yechimlari
Poydevor binoning asosiy konstruktiv elementlardan biri hisoblanib, u binoni yer usti qismidan tushayotgan og‘irlikni asosga uzatib beradi. Binolar yerto‘lali bo‘lsa, poydevorlar yerto‘la xonalarini o‘rab turuvchi konstruksiya vazifasini ham o‘taydi.
Poydevorlar har-xil tashqi kuch va ta’sir ostida bo‘ladi. Bu ta’sirlardan asosiylari: butun binoning og‘irligi, tuproq ko‘tarilishi va muzlashidan hosil bo‘ladigan ta’sir kuchlari, seysmik ta’sirlar, tovush ta’sirlaridan binoning titrashi, o‘zgaruvchan temperatura, namlik, ximiyaviy moddalar ta’siri, bakteriyalar, zambrug‘lar, hasharotlar ta’siri va xakozolar.
Poydevorni qurishda yog‘och, xarsang tosh, xarsang tosh beton, beton va temir beton kabi materiallardan foydalaniladi
Konstruktiv tuzilish jihatidan bino qurilishda turli xil lentasimon tutash tasma polosa ko‘rinishidagi, (uzluksiz va uzlukli), alohida turuvchi ustunli poydevor va ustun ostiga kuyiluvchi ayrim tayanchlar holidagi), qoziqoyoqli va yaxlit (tekis va qovurg‘ali) poydevorlar qo‘llaniladi.
Lentasimon poydevorlar balandligi 12 qavatgacha bo‘lgan karkassiz sxemali turar-joy binolarida keng ko‘lamda qo‘llaniladi.
Alohida turuvchi poydevorlar asos tuprog‘i yetarlicha mustahkam bo‘lmagan joylarda, kam qavatli binolar qurilishida, ko‘p qavatli karkazli binolarda (poydevor chuqurligi 4-5 m bo‘lgan binolarda), hamda yerto‘lasiz binolarda lentasimon poydevor ishlatilishi iqtisodiy jihatdan nomaqbul bo‘lganda ishlatiladi.
Yaxlit poydevorlar asos tuprog‘i bo‘sh bino og‘irligidan tushayotgan bosim normada ko‘rsatilganidan katta bo‘lgan holda quriladi.
qoziqoyoq poydevorlar asos tuprog‘i bo‘sh va siqiluvchan yerlarda yaxlit poydevor qurish ham texnik ham iqtisodiy jihatdan muvofiq bo‘lmagan paytda ishlatiladi
Binoning konstruktiv sxemasi va qoziqning ko‘tarish qobiliyatiga ko‘ra qoziqlarni bir qator va bir necha qator qilib joylashtirish mumkin. qoziqoyoq poydevor lentasimon poydevorlardan narxiga ko‘ra 32-34%, beton xarajatiga ko‘ra 40%, yer ishlariga ko‘ra 80% tejamli hisoblanadi. Bunda binoning umumiy narxi l-l,5% ga, mehnat sarfi 2% ga, beton sarfi esa 3-5% ga kamayadi.

Download 350.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling