Toshkent shahrida binolar qurilishida daraxtlarni himoya qilish


Download 1.02 Mb.
bet1/12
Sana16.06.2023
Hajmi1.02 Mb.
#1512334
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
ТОШКЕНТ ШАҲРИДА БИНОЛАР ҚУРИЛИШИДА ДАРАХТЛАРНИ ҲИМОЯ ҚИЛИШ - Жамшид - 931209877





TOSHKENT SHAHRIDA BINOLAR QURILISHIDA DARAXTLARNI HIMOYA QILISH


Mundarija

1. Kirish. BMI mavzusining dolzarbligi va uni asoslash.


2. Mavzu bo’yicha adabiyotlar sharhi.

3. Daraxtlar muhofazasi kuchaytiriladi, ekologiya politsiyasi xizmati


4. Toshkent shahrida binolar va inshootlar qurish bo’yicha kadastr tarkibi, mazmuni
5. Respublikamizdagi bino va inshootlarning kelib chiqish tarixi va ularning tahlil
6. “Yashil makon” umummilliy dasturi doirasida ekilgan manzarali daraxt-buta koʼchatlarini “qorasovuq” urishidan himoya qilish boʼyicha amalga oshiriladigan muhim tadbirlar 
7.
8. BMI ning iqtisodiy qismi.
9. BMI ning ekologik qismi.
10. BMIni bajarishda hayot faoliyati xavfsizligi.
11. Xulosalar va foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati.
12. BMI dastlabki himoyasining boshlanishi.
Kirish
Toshkent shahar hokimligining “Toshkent shahrida daraxtlar himoyasini kuchaytirish, noqonuniy kesilishi holatlarini oldini olish, tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyati uchun yer uchastkalarini ajratishda daraxtlar va ko‘p yillik butalarni himoya qilish tizimini tashkillashtirish haqida”gi qarori loyihasi muhokama uchun e'lon qilindi.
Hujjat bilan belgilanishicha, Toshkent shahar arxitektura bosh boshqarmasi Toshkent shahrida yer ajratish bo‘yicha hujjatlarni ko‘rib chiqishda, ajratilishi belgilanayotgan hududlarda joylashgan ko‘p yillik o‘simliklar va daraxtlarni aniq soni, ularning tana yo‘g‘onligi, turi haqidagi ma'lumotlarni xulosalarda ko‘rsatilishi yo‘lga qo‘yadi.
Shuningdek, Obodonlashtirish bosh boshqarmasi tizimida “Daraxtlar va ko‘p yillik o‘simliklarni himoya qilish boshqarmasi” tashkil etilishi nazarda tutilgan. 
Toshkent shahrida joylashgan daraxtlarni butash ishlarini yagona tartibga keltirish va bu ishlarni bajarishda agrotexnika qoidalariga rioya etilishi uchun “O‘simliklarni himoya qilish instituti” va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlikda “Ko‘p yillik o‘simliklarga agrotexnik ishlov berish qoidalari”ni ishlab chiqilishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Genomika va Bioinformatika markazi, “O‘simliklarni himoya qilish instituti” va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlikda “Daraxtlar va ko‘p yillik o‘simliklarni zararkurandalarga qarshi kimyoviy ishlov berish qoidalari” loyihasi ham ishlab chiqilishi ko‘zda tutilgan.
2018 yil 1 sentabrdan boshlab quyidagilar tatbiq etilishi rejalashtirilgan:
Toshkent shahrida daraxt kesish, ularni butalash ishlarini bajarish Bioxilma-xillik va muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni muhofaza qilish va ulardan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi hududiy inspeksiyasi tomonidan berilgan ruxsatnoma asosida faqat Obodonlashtirish bosh boshqarmasi tizimidagi boshqarmalar va tuman obodonlashtirish boshqarmalari tomonidan amalga oshirilishi;
Obodonlashtirish bosh boshqarmasi tizimidagi boshqarmalar va tuman obodonlashtirish boshqarmalari tomonidan daraxtlar joylashgan hududdagi mahalla fuqarolar yig‘ini va mahalla profilaktika inspektorlarini daraxt kesish uchun berilgan ruxsatnomalar, ularni butash (shakl berish) ishlari haqida xabardor qilinishi;
Bioxilma-xillik va muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni muhofaza qilish va ulardan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi hududiy inspeksiyasi tomonidan daraxt kesish uchun berilayotgan ruxsatnomalarni Toshkent shahrining rasmiy saytiga joylashtirish va kesilishi belgilangan daraxtlar haqida internet tarmog‘i orqali e'lon berib borish tizimi joriy etilishi;
yer maydoni ajratilgan hududda qurilish va boshqa ishlarni amalga oshirish uchun daraxt kesishga ruxsatnoma berishda qo‘shimcha ravishda “har bir daraxtga qo‘shimcha 10 tup daraxt ekish” konsepsiyasi asosida shahar hududida ekishga ruxsat berilgan manzarali daraxtlarni o‘tkazish yo‘lga qo‘yilishi;
Obodonlashtirish bosh boshqarmasi Toshkent shahar ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmasi bilan birgalikda “har bir daraxtga qo‘shimcha 10 tup daraxt ekish” konsepsiyasi asosida shahar hududida ekishga ruxsat berilgan manzarali daraxtlarni o‘tkazish va agrotexnik ishlov berish xizmati hamda yuridik va jismoniy shaxslarga daraxtlarni kesish va butash xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha pullik xizmatlar ko‘rsatish tartibi va to‘lov miqdorlari;

Download 1.02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling