1. Biokimyo faninig predmeti nima ? Uning ahamiyati nimadan iborat?


Download 23 Kb.
Sana18.10.2020
Hajmi23 Kb.
#134332
Bog'liq
Topshiriq -1 .Bioximya


Topshiriq 1

1. Biokimyo faninig predmeti nima ? Uning ahamiyati nimadan iborat?

Biokimyo biologiya fanining muhim sohalaridan biri bo‘lib, u tirik organizmlarning qanday kimyoviy moddalardan tashkil topganligi va ular hayotiy jarayonlarda qanday o‘zgarishini, organizmda kechadigan kimyoviy jarayonlarni o‘rganadi. Biokimyo biologiya bilan kimyoni bir-biriga bog‘lovchi oraliq fan bo‘lib, barcha tirik organizmlar (viruslar, mikroorganizmlar, sodda hayvonlar, o‘simlik va yuqori taraqqiy etgan hayvonlar) tarkibiga kiradigan moddalarning kimyoviy tabiatini, sifat o‘zgarishlari va miqdoriy nisbatlarini, ularda boradigan hayotiy jarayonlarning asosini tashkil qiluvchi kimyoviy jarayonlarni o‘rganadi. Bu jarayonlar organizmda, uning to‘qima va hujay-ralarida doimo sodir bo‘lib turadigan moddalar va energiya almashinuvidan iborat bo‘lib, dastavval mazkur jarayonlarga faol ishtirok etuvchi barcha organik va anorganik moddalarning kimyoviy tuzilishi hamda xossalarini biokimyoviy nuqtai-nazardan ko‘rib chiqadi.

2. Biokimyo fanining o’rganish usullari nimadan iborat?

So‘nggi yillarda biokimyoning rivojlanishi molekulyar biologiya, gen muhandisligi va biotexnologiya fanlarining shakllanishiga sabab bo‘ldi. Hozirgi zamon biokimyosi hayotiy jarayonlarning eng chuqur sirlarini ochish, oqsil sintezi, moddalar almashinuvi va naslni idora qilish muammolarini hal qilish arafasida turibdi.

Biokimyoning tibbiyot, qishloq xo‘jaligi va biotexnologiya ravnaqi uchun bergan g‘oyalari va usullari qanchalik muhim bo‘lmasin, u jonli tabiatni tushunish, talabalarning dunyoqarashlarini shakllanishida katta ahamiyatga ega.

Biokimyo fanining zamonaviy tekshirish usullari; nishonlangan atomlar, xromotografiya, elektroforez, spektrofotometriya, rentgentostruktura analizi, elektron mikroskopiya, moddalarni ultratsentrafuga yordamida ajratish usullari keng qullaniladi.

3. Biokimyo fani qaysi fanlar bilan o’zaro aloqada ish olib boradi?

Boshka fan sohalarida boʻlgani kabi, bioximiya shugʻullanadigan muammo-

larning kengayishi va tobora chuqurlashishi tufayli, undan yangi shaxobchalar

ajralib, mustaqil tarmoqlar paydo boʻldi. Ilgariroq ajralib hozirgi davrda

keng sohalarga aylangan enzimologiya, vitaminologiya, endokriiologiya katoriga

keyingi oʻn yillar ichida membranalar bioximiyasi, neyrobioximiya, analitik

bioximiya, kvant bioximiya va boshqalar qoʻshildi. Ammo biologiya fanlarida

keyingi chorak asr ichida yuz bergan fundamental oʻzgarishlar molekulyar biologiya

va molekulyar genetika va bu ajoyib sohalarning rivojlanishi ysosida dunyoga

kelgan gen va hujayra, oqsil injenerligi va umuman biotexnologiyaning mislsiz

muvaffakiyatlari bilan bogʻlik.

Bioximiya, avvalo tabiatshunoslikning — yuksak darajasi poydevori

sifatida xizmat qilgan boʻlsa, endi uning tobora tezlashib kechayotgan jarayonla-

rini yangi gʻoyalar bilan sugʻorib turadi. Chunki jonli hayotning har bir kadami

hujayradagi cheksiz ximiyaviy jarayonlarning yigʻindisidan iborat. Demak, ular

bioximiya shugʻullanishi zarur boʻlgan obyektdir.

Bioximiya, oʻzining rivojlanishi va predmetining kengayishi tufayli

ajralib chikkan yangi tarmoqlari bilan meditsina, qishloq xoʻjalik fanlari va

biotexnologiyaning nazariy asosigina boʻlib qolmay, bu sohalarning qoʻllanili-

shiga katta taʼsir koʻrsatib, ularning samaradorligini oshirishga, mahsu-

lotlarning sifatini yaxshilash uchun xizmat qilib kelmokda. Bevosita bu

sohalarning muammolari oʻsimliklar bioximiyasi, qishloq xoʻjalik hayvonlari

bioximiyasi, klinik bioximiya (meditsina ximiyasi), texnik bioximiya (biotexnolo-

giya) va mikroblar bioximiyasi fanlarining vazifasidir. Bu fanlarning har

biri umumiy bioximiya taʼlimoti va metodologiyasi asosida dunyoga kelib,

erishgan yangi boskichlarni oʻz doirasidagi amaliyot bilan bogʻlash orqali

muammolarni tobora chuqur va mukammal hal qilmokdalar. Bunga bioximiya

tarixidan bir kancha ajoyib sahifalar yaqqol misol boʻla oladi: avitami-

nozlarni yoʻkotish va vitaminlarni keng miqyosda qoʻllash, gormonlarni kashf

etnsh va bir qator xavfli endokrin kasalliklar (buqok, tireotoksikoz, qandli

diabet va boshqalar)ni davolash, gormonal preparatlarnn, fermentlarni,

biologik stimulyatorlarni meditsina va chorvachilikda tatbiq qilish yoʻli bilan

hayvon organizmida moddalar almashynuvini idora qilish, oʻsimliklarni

mineral va organik oʻgʻitlarga boʻlgan talabini chuqur tushunish asosida

mahsulotlar sifatini yaxshilash, biologik materiallarni ferment preparatlari



bilan ishlash va boshqalar.

019_88-guruh talabasi Butayeva Shaxzoda
Download 23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling