Ii. Asosiy qism qobusnoma axloqiy-taʼlimiy asar


Download 39.98 Kb.
bet1/6
Sana13.11.2023
Hajmi39.98 Kb.
#1769638
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Qobusnoma


MUNDARIJA
I.KIRISH…………….………………………………………………….…3-6
II.ASOSIY QISM

  1. Qobusnoma - axloqiy-taʼlimiy asar.………………………………….5-7

  2. Qobusnoma bosib o‘tgan murakkab yo‘l……………………….....8-13

  3. Qobusnoma asarida yoshlar tarbiyasi…………………………….14-16

  4. Qobusnoma asarida fuqarolik madaniyati talqini…………….…17-20

III. XULOSA…………………………………………………………….20-21
IV. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR………………………….…….22

Kurs ishi mavzusining dolzarbligi. O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da yosh avlodni tarbiyalashning asosiy istiqbol va yo‘nalishlari belgilab berildi. “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da ta’limni tubdan isloh qilishning asosiy yo‘nalishlari ko‘rsatib berildi. Unda: “Ta’lim berishning ilg‘or pedagogik texnologiyalarini , zamonaviy o‘quv-usuliy majmualarini yaratish o‘quv-tarbiya jarayonini didaktik ta’minlash” umumiy o‘rta ta’limning asosiy vazifalaridan biri sifatida belgilangan edi.1 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va hukumati tomonidan yosh avlod tarbiyasiga berilayotgan katta e’tibor ta’lim tizimi va pedagoglar zimmasiga ulkan vazifalarni yuklaydi. Bu vazifalarni amalga oshirish chuqur bilim va katta mahoratni talab qiladi. Binobarin, ta’lim tizimiga yangiliklarni olib kirish zamonaviy texnologiyalardan unumli foydalanish bugungi kun ta’limi oldiga qo‘yilgan muhim vazifadir. Zamonaviy pedagogik texnologiyalar ta’lim jarayoni unumdorligini oshiradi, o‘quvchilarda mustaqil fikrlash qobiliyatini shakllantiradi, o‘quvchilarda bilimga ishtiyoq va qiziqishni oshiradi, bilimlarni mustahkam o‘zlashtirish, ulardan amaliyotda erkin foydalanish ko‘nikma va malakalarini shakllantiradi. Bugungi kunda o‘zbek tilshunosligini chuqur o‘rganish, tahlil qilish, o‘zbek tilining so‘z boyligi, uning keng imkoniyatlarini va ochilmagan qirralarini ochish uni chuqur o‘rganishga ehtiyoj tug‘dirmoqda.
Dastlab og‘zaki muloqotni ta'minlagan o‘zbek tili keyinchalik yozma shaklda ham namoyon bo‘lgan. Yozma nutqda til hodisalaridan foydalanishning ma'lum me'yorlarini ishlab chiqish zaruriyati paydo bo‘lgan. Til hodisalaridan ma'lum me'yor asosida foydalanish adabiy o‘zbek tilining shakllanishiga olib kelgan. So‘zlashuv asosida shakllanib, so‘zlashuv tili bilan yonma-yon yashab kelayotgan adabiy o‘zbek tili ko‘p asrlik tarixga ega bo‘lib, taraqqiyot bosqichlari nuqtayi nazaridan o‘tmish adabiy o‘zbek tili va hozirgi adabiy o‘zbek tili deb ajratiladi. Adabiy o‘zbek tili o‘z tarixiy taraqqiyotining har bir bosqichida ma'lum belgi-xususiyatlari bilan farqlanadi.2O‘zbek tilshunosligi uzoq yillardan buyon o‘rganilib tahlil qilinib kelinmoqda. Bugungi kunga kelib esa bu ehtiyoj sezilarli darajada ortgan. Hozirgi kunda o‘zbek tilini chuqur etimologik jihatdan o‘rganishga bo‘lgan talab juda yuqori bo‘lib, bu sohada faolioyat yuritayotgan soha vakillari ham ko‘p.
Til bevosita ajdodlardan avlodlarga asrlar davomida meros qoldirilayotgan ma’naviy boylik hisoblanadi. Shu sabab “Uni boyitish, asrab-avaylash, nufuzini yanada oshirish uchun doimo izlanishlar, tadqiqotlar olib borish zarur’” deb ta’kidlab o‘tganlar birinchi prezidentimiz Islom Abdug‘aniyevich Karimov.3
So‘zlar dastlab biror predmet, narsa yoki harakatni nomlash ifodalash uchun xizmat qilgan keyinchalik ular shakllanib, sayqallanib ma’lum hudud aholisining so‘zlashuv tilini yuzaga keltirgan. Bu esa keyinchalik ko‘pchilik aholi so‘zlashadigan aynan shu o‘zlariga tanish so‘zlar bilan muloqot qila boshlanishi natijasida ma’lum tilni dunyoga keltirgan.
O‘zbek tilining kelib chiqishi uzoq tarixga borib taqaladi.O‘zbek tili – oltoy tillar oilasining turkiy tillar turkumiga kiruvchi tildir. Ushbu o‘zbek tili O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga muvofiq davlat tili hisoblanadi.4 Davlat tili haqidagi qonun 1989- yil 21-oktabrda qabul qilingan. 1995- yil 21- dekabrda takomillashtirildi.
Yurt taqdiri, ravnaqi yoshlar ta’lim-tarbiyasiga chambarchas bog‘liq. Ularning har tomonlama barkamol bo‘lib yetishishi mamlakat kelajagining barqarorligini ta’minlovchi asosiy omildir. Turli madaniyatlar va mafkuralar kurashi ketayotgan bugungi vaqtda mustaqil hayotga qadam qo‘yayotgan, endigina oqni qoradan ajrata boshlagan farzandlarimiz o‘zligini to‘liq idrok etib olishiga, o‘z to‘g‘ri yo‘llariga tushib olishlarida, asosan katta yoshdagi yoshi ulug‘ insonlarning hayotiy tajribasi juda qo‘l keladi.
Ma’naviy tarbiyaning katta qismi ma’naviy qadriyatlar, jumladan, ajdodlarimiz pand-nasihat, o‘gitlaridan olinadi. Bu pand-nasihat va o‘gitlar esa ulardan bizga qoldirilgan kitoblardagi bitiklarda o‘z aksini topgan. Haqiqiy o‘qimishli kitobxon esa ma’nan ozuqa bo‘lib mazmunan uning ma’naviyatini yuksaltirishga qodir kitobni boshqalaridan osongina ajrata oladi. Ana shu mazmundagi kitoblarni o‘qish esa go‘yo fozilu olimlar suhbatidan bahramand bo‘lish bilan tengdir. Jumladan, shunday mazmundagi kitoblar sirasiga Kaykovusning “Qobusnoma” asarini kiritish mumkin. Afsus bugun ko‘p yoshlarimiz bu kitob mazmunidan bexabar qolmoqdalarki, bu aynan ayrim yoshlarning “ommaviy madaniyat”ga ko‘r-ko‘rona, bilib-bilmay, tushunib-tushunmay ergashayotganlarida bilinmoqda desak, ayni haqiqatni gapirgan bo‘lamiz.
Ushbu kitobning mazmuni shundan iboratki, shoh Kaykovus o‘zining hayotiy tajribalari bilan o‘g‘li Gilon shohni tarbiyalashni istaydi va o‘zining bu pand-nasihatlarini o‘g‘li uchun eng qimmatbaho meros deb ta’kidlaydi. U o‘z asari “Qobusnoma”da o‘g‘li Gilon shohga murojaat qilib deydi: “Ey farzand, umidim shuki, sen bu pandlarni qabul qilgaysan. Bilgilki, xalqning rusmi odati shundayki, yugurib-elib, qidirib-axtarib dunyodan biror narsa hosil qiladilar va narsalarini o‘zlarining yaxshi ko‘rgan kishisiga qoldirib ketadilar. Men dunyoda mana shu so‘zlarni hosil qildim, sen mening uchun eng qimmatbaho xazinasan. Menga safar vaqti yaqinlashdi, dunyodan nima hosil qilgan bo‘lsam, sening oldingga qo‘ydim, toki o‘zingga bino qo‘ymagaysan va o‘zingga nomunosib ishlarni qilmagaysan”.
Shoh Kaykovusning “Qobusnoma” asarida tarbiya, axloq masalalari asosiy o‘rinni egallaydi. Kitob 44 bobdan iborat. Muallif “Ota-onani hurmatlash haqida” bobida g‘oyat muhim bir fikrni bayon qiladi, bu o‘rinda xalqimizning “Nima eksang, shuni o‘rasan” degan mashhur bir maqolini ishlatadi. Unga ko‘ra kishi odamlarga yaxshilik qilsa, kattalarga hurmat, kichiklarga muruvvat qilsa, uning bu ezgu ishlari boshqalardan qaytadi, mabodo yomonlik, dilozorlik qilsa ham qilmishlari boshqalardan albatta o‘ziga qaytadi. 

Download 39.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling