1. Biokimyo faninig predmeti nima ? Uning ahamiyati nimadan iborat?
Download 23 Kb.
|
Topshiriq -1 .Bioximya
Topshiriq 1 1. Biokimyo faninig predmeti nima ? Uning ahamiyati nimadan iborat? Biokimyo biologiya fanining muhim sohalaridan biri bo‘lib, u tirik organizmlarning qanday kimyoviy moddalardan tashkil topganligi va ular hayotiy jarayonlarda qanday o‘zgarishini, organizmda kechadigan kimyoviy jarayonlarni o‘rganadi. Biokimyo biologiya bilan kimyoni bir-biriga bog‘lovchi oraliq fan bo‘lib, barcha tirik organizmlar (viruslar, mikroorganizmlar, sodda hayvonlar, o‘simlik va yuqori taraqqiy etgan hayvonlar) tarkibiga kiradigan moddalarning kimyoviy tabiatini, sifat o‘zgarishlari va miqdoriy nisbatlarini, ularda boradigan hayotiy jarayonlarning asosini tashkil qiluvchi kimyoviy jarayonlarni o‘rganadi. Bu jarayonlar organizmda, uning to‘qima va hujay-ralarida doimo sodir bo‘lib turadigan moddalar va energiya almashinuvidan iborat bo‘lib, dastavval mazkur jarayonlarga faol ishtirok etuvchi barcha organik va anorganik moddalarning kimyoviy tuzilishi hamda xossalarini biokimyoviy nuqtai-nazardan ko‘rib chiqadi. 2. Biokimyo fanining o’rganish usullari nimadan iborat? So‘nggi yillarda biokimyoning rivojlanishi molekulyar biologiya, gen muhandisligi va biotexnologiya fanlarining shakllanishiga sabab bo‘ldi. Hozirgi zamon biokimyosi hayotiy jarayonlarning eng chuqur sirlarini ochish, oqsil sintezi, moddalar almashinuvi va naslni idora qilish muammolarini hal qilish arafasida turibdi. Biokimyoning tibbiyot, qishloq xo‘jaligi va biotexnologiya ravnaqi uchun bergan g‘oyalari va usullari qanchalik muhim bo‘lmasin, u jonli tabiatni tushunish, talabalarning dunyoqarashlarini shakllanishida katta ahamiyatga ega. Biokimyo fanining zamonaviy tekshirish usullari; nishonlangan atomlar, xromotografiya, elektroforez, spektrofotometriya, rentgentostruktura analizi, elektron mikroskopiya, moddalarni ultratsentrafuga yordamida ajratish usullari keng qullaniladi. 3. Biokimyo fani qaysi fanlar bilan o’zaro aloqada ish olib boradi? Boshka fan sohalarida boʻlgani kabi, bioximiya shugʻullanadigan muammo- larning kengayishi va tobora chuqurlashishi tufayli, undan yangi shaxobchalar ajralib, mustaqil tarmoqlar paydo boʻldi. Ilgariroq ajralib hozirgi davrda keng sohalarga aylangan enzimologiya, vitaminologiya, endokriiologiya katoriga keyingi oʻn yillar ichida membranalar bioximiyasi, neyrobioximiya, analitik bioximiya, kvant bioximiya va boshqalar qoʻshildi. Ammo biologiya fanlarida keyingi chorak asr ichida yuz bergan fundamental oʻzgarishlar molekulyar biologiya va molekulyar genetika va bu ajoyib sohalarning rivojlanishi ysosida dunyoga kelgan gen va hujayra, oqsil injenerligi va umuman biotexnologiyaning mislsiz muvaffakiyatlari bilan bogʻlik. Bioximiya, avvalo tabiatshunoslikning — yuksak darajasi poydevori sifatida xizmat qilgan boʻlsa, endi uning tobora tezlashib kechayotgan jarayonla- rini yangi gʻoyalar bilan sugʻorib turadi. Chunki jonli hayotning har bir kadami hujayradagi cheksiz ximiyaviy jarayonlarning yigʻindisidan iborat. Demak, ular bioximiya shugʻullanishi zarur boʻlgan obyektdir. Bioximiya, oʻzining rivojlanishi va predmetining kengayishi tufayli ajralib chikkan yangi tarmoqlari bilan meditsina, qishloq xoʻjalik fanlari va biotexnologiyaning nazariy asosigina boʻlib qolmay, bu sohalarning qoʻllanili- shiga katta taʼsir koʻrsatib, ularning samaradorligini oshirishga, mahsu- lotlarning sifatini yaxshilash uchun xizmat qilib kelmokda. Bevosita bu sohalarning muammolari oʻsimliklar bioximiyasi, qishloq xoʻjalik hayvonlari bioximiyasi, klinik bioximiya (meditsina ximiyasi), texnik bioximiya (biotexnolo- giya) va mikroblar bioximiyasi fanlarining vazifasidir. Bu fanlarning har biri umumiy bioximiya taʼlimoti va metodologiyasi asosida dunyoga kelib, erishgan yangi boskichlarni oʻz doirasidagi amaliyot bilan bogʻlash orqali muammolarni tobora chuqur va mukammal hal qilmokdalar. Bunga bioximiya tarixidan bir kancha ajoyib sahifalar yaqqol misol boʻla oladi: avitami- nozlarni yoʻkotish va vitaminlarni keng miqyosda qoʻllash, gormonlarni kashf etnsh va bir qator xavfli endokrin kasalliklar (buqok, tireotoksikoz, qandli diabet va boshqalar)ni davolash, gormonal preparatlarnn, fermentlarni, biologik stimulyatorlarni meditsina va chorvachilikda tatbiq qilish yoʻli bilan hayvon organizmida moddalar almashynuvini idora qilish, oʻsimliklarni mineral va organik oʻgʻitlarga boʻlgan talabini chuqur tushunish asosida mahsulotlar sifatini yaxshilash, biologik materiallarni ferment preparatlari bilan ishlash va boshqalar. 019_88-guruh talabasi Butayeva Shaxzoda Download 23 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling