1. Biologiya fani sohalari va ular o'rtasidagi muvofiqlikni aniqlang


Download 50.71 Kb.
bet1/2
Sana14.02.2023
Hajmi50.71 Kb.
#1197863
  1   2
Bog'liq
10 Sinf biolgiya(1) (1)






1. Biologiya fani sohalari va ular o'rtasidagi muvofiqlikni aniqlang.
a) biotexnologiya; b) biokimyo; c) bionika.
1) organizmlar hayot faoliyatining o‘ziga xos jihatlari va tuzilishini asos qilib texnik sistemalar yaratadi; 2) biologik sistemalarda ro‘y beradigan fizik jarayonlarni o'rganadi;
3) tirik organizmlardagi biologik jarayonlarni ishlab chiqarish korxonalarida qo‘llashni maqsad qilib qo‘yadi;
4) organizmlardagi kimyoviy jarayonlarni o'rganadi.
A) a - 1; b - 4; c - 3 B) a - 3; b - 2; c - 1
C) a - 3; b - 4; c - 1 D) a - 2; b - 4; c - 1

2. Quyida keltirilgan ma'lumotlar qaysi fanlar orqali tadqiq etiladi?


1) zorka yuragi kengayganda qon tana bo‘shlig‘idan yurakning ikki yonidagi teshikchalar orqali uning ichiga o‘tadi; 2) shimpanze yuz muskullari yordamida ichki kechinmalarini, ya’ni qo‘rquv, hayajon, achchig‘lanishi yoki xursandligini ifodalay oladi; 3) lansetnik blastulasida
3000 ta hujayra bo‘ladi.
a) anatomiya; b) embriologiya; c) etologiya; d) fiziologiya
A) 1 - d; 2 - c; 3 - b B) 1 - a; 2 - c; 3 - b
C) 1 - a; 2 - d; 3 - a D) 1 - d; 2 - d; 3 - b

3. Biologiya fani sohalarining tadqiqot obyektlari to'g'ri ko'rsatilgan javobni aniqlang.



  1. mikologiya – zamburug‘larni o'rganadi, paleontologiya – qazilma holdagi organizmlarni o'rganadi, fiziologiya –organizmlar organlari tuzilishini o'rganadi.

  2. gidrobiologiya – suv muhitidagi organizmlarni o'rganadi, ekologiya – organizm va muhit orasidagi munosabatlarni o'rganadi, algologiya – yo'sinlarni o'rganadi.

  3. zoologiya – hayvonlarni o'rganadi, mikrobiologiya – mikroorganizmlarni o'rganadi, bionika – hayvonot olamining xulq-atvorini tadqiq etadi.

  4. paleontologiya – qazilma holdagi organizmlarni o'rganadi, ekologiya – organizm va muhit orasidagi munosabat to‘g‘risidagi fan hisoblanadi, mikologiya – zamburug‘larni o'rganuvchi fan hisoblanadi.

4. "Latcha suvsarsimonlar oilasiga mansub hayvon bo'lib, u o‘z rivojlanish jarayonida dastlab amyobasimon bosqichni o'taydi"


Yuqorida ma'lumotlar orasida qaysi fanlarga tegishli ma'lumotlar keltirilganini aniqlang.
A) fiziologiya, etologiya B) sistematika, embriologiya
C) sistematika, fiziologiya D) bionika, biogegrafiya

5. Maxsus tashkil etilgan sharoitda tirik organizmlar tuzilishi, hayot jarayonlarini o‘rganish qaysi metod orqali amalga oshiriladi?


A) Modellashtirish metodi B) Taqqoslash metodi
C) Kuzatish metodi D) Eksperimental metodi

6. G. Mendelning irsiylanish qonuniyatlarini o‘rganishga bag‘ishlangan ishlari fanda qaysi usulni qo‘llashning yorqin namunasi hisoblanadi?


A) Tarixiy usul B) Taqqoslash metodi
C) Kuzatish metodi D) Eksperimental metodi

7. Nuqtalar o'rniga mos javobni tanlang.


Biologiyaning kompleks fan deyilishiga sabab shuki.....
A) Ko‘plab tarmoq fanlarni o‘z ichiga oladi.
B) Farmokologiya uchun nazariy asos bo‘ladi.
C) Tibbiyot va psixologiya uchun nazariy asos bo‘ladi.
D) Agronomiya, oziq-ovqat sanoati uchun nazariy asos bo‘ladi.
8. Hayotning mohiyati haqida M. V. Volkenshteyn tomonidan qanday ta’rif berilgan?

  1. "Hayot – tirik organizmlarda hayotiy jarayonlarning sodir bo‘lishidir"

  2. "Hayot – biosferani hosil qiladi va o‘zgartiradi"

  3. "Yerda mavjud bo‘lgan tirik organizmlar, biopolimerlar: oqsil va nuklein kislotalardan tuzilgan. Ular o‘z-o‘zini idora etadigan, yarata oladigan ochiq sistemalardir"

  4. "Hayot – bu tirik organizmlarning irsiy axborotni avloddan avlodga o‘tkazish orqali o‘z-o‘zini barpo etadigan jarayondir"

9. Quyidagi qaysi ta’rifga ko‘ra, tirik organizmlar tashqi muhitdan kerakli oziq moddalarni qabul qiladi, keraksiz mahsulotlarni ayirib chiqaradi, nuklein kislotalarda kodlangan irsiy axborot asosida oqsillar sintezini amalga oshiradi, ekologik muhitda o‘sib rivojlanadi va ko‘payadi.



  1. "Hayot – tirik organizmlarda hayotiy jarayonlarning sodir bo‘lishidir"

  2. "Hayot – biosferani hosil qiladi va o‘zgartiradi"

  3. "Yerda mavjud bo‘lgan tirik organizmlar, biopolimerlar: oqsil va nuklein kislotalardan tuzilgan. Ular o‘z-o‘zini idora etadigan, yarata oladigan ochiq sistemalardir"

  4. "Hayot – bu tirik organizmlarning irsiy axborotni avloddan avlodga o‘tkazish orqali o‘z-o‘zini barpo etadigan jarayondir"

10. Noto'g'ri ma'lumotni aniqlang.



  1. Rivojlanish tirik organizmlarning ma’lum qonuniyatlar asosida o‘zgarib borishidir.

  2. Organizmlarda individual rivojlanish – filogenez va tarixiy rivojlanish – ontogenez kuzatiladi.

  3. Ontogenezning ma’lum bosqichlarida tirik organizmlar genetik axborotlar asosida o‘z tuzilishini saqlagan holda miqdoriy jihatdan ortadi.

  4. Organik olamning tarixiy rivojlanishievolutsiya deb yuritiladi.

11. Organizmlarning qaysi xususiyati tirik organizmlarning tashqi muhit ta’sirlariga javob reaksiyalari orqali amalga oshadi?


A) O‘z-o‘zini idora qilish B) O‘sish va rivojlanish
C) O‘z-o‘zini yangilash D) Ta’sirlanish

12. Tirik organizmlarga xos irsiyat (a) va o‘zgaruvchanlik (b) o'rtasidagi muvofiqlikni aniqlang.


1) tashqi muhit ta’sirlariga tirik organizmlarning moslanuvchanligi ortadi; 2) tirik organizmlarning o‘z belgi va xususiyatlarini nasldan naslga o‘tkazish xossasi;
3) organizmlar yangi belgi-xususiyatlarni namoyon qiladi;
4) tur doirasidagi hamma individlar o‘xshash bo‘ladi;
5) tur doirasidagi individlar bir-biridan farq qiladi.
A) a - 2, 4; b - 1, 3 B) a - 1, 4; b - 3, 5
C) a - 1, 4; b - 2, 3 D) a - 2, 3; b - 1, 5

13. Quyida keltirilgan qaysi jarayonlarda gomeostaz kuzatilmaydi?


1) K+ ionlarining hujayra ichidagi miqdori, uning tashqarisiga nisbatan ko‘p bo‘ladi; 2) tuzli eritmalarda kristallarning hajmi va massasi ortadi; 3) Na+ ionlarining hujayra ichidagi miqdori, uning tashqarisiga nisbatan kam bo‘ladi; 4) yonayotgan shamdan energiya ajraladi.
A) 1, 3 B) 2, 4 C) 1, 4 D) 2, 3

14. Hayotning qaysi darajasida hujayralarning ixtisoslashuvi bilan bog‘liq jarayonlar o‘rganiladi?


A) Hujayra B) Molekula C) To'qima D) Organizm
15. Biologiya atamasi qaysi olimlar tomonidan fanga kiritilgan?
A) G. R. Treviranus va K. Linney
B) J. B. Lamark va G. R. Treviranus
C) T. Shvann va M. Shleyden
D) K. Ber va J. B. Lamark

16. Hayot darajalari o'rtasidagi muvofiqlikni aniqlang.


a) biogeosenoz; b) biosfera; c) populatsiya, tur
1) elementar birligi har xil turlarga mansub populatsiyalar hisoblanadi; 2) oziq zanjiri, trofik darajalar kabi xususiyatlar bilan tavsiflanadi; 3) insonning xo‘jalik va madaniy faoliyati kabi jarayonlar kuzatiladi; 4) moddalar va energiyaning global davriy aylanishi kuzatiladi; 5) yashovchanlik, jinsiy va yosh bilan bog‘liq tarkibi kabi belgilar bilan ta’riflanadi; 6) tur hosil bo‘lish jarayonlari sodir bo‘ladi.
A) a - 2, 3; b - 1, 4; c - 5, 6 B) a - 3, 4; b - 1, 2; c - 5, 6
C) a - 1, 3; b - 4, 6; c - 2, 5 D) a - 1, 2; b - 3, 4; c - 5, 6

17. Ma’lum arealga ega o‘zaro erkin chatisha oladigan, ayrim belgi va xossalari bilan shu turning boshqa populatsiyalaridan farq qiladigan, nisbatan alohidalashgan populatsiyalar yig‘indisi qaysi daraja hisoblanadi?


A) Tur B) Populatsiya C) Ekotizm D) Biosfera

18. Quyida keltirilgan ma'lumotlar tiriklikning qaysi darajasi uchun xos?


"Morfofiziologik, genetik, ekologik,etologik jihatdan o‘xshash, kelib chiqishi umumiy bo‘lgan, o‘zaro erkin chatishib, nasldor avlod beradigan tur arealining ma’lum qismida uzoq muddat mavjud bo‘lgan individlarning yig‘indisidan tashkil topgan"
A) Tur B) Populatsiya C) Ekotizm D) Biosfera

19. Tiriklikning qaysi darajasida populatsiya dinamikasi (a) va trofik darajalar (b) kabi xususiyatlar kuzatiladi?


A) a - biogeosenoz; b - populatsiya, tur
B) a - biosfera; b - organizm
C) a - populatsiya, tur; b - ekotizim
D) a - populatsiya, tur; b - populatsiya, tur

20. Hayotning biogeosenoz darajasi uchun xos xususiyatlarni aniqlang.



  1. Moddalar va energiyaning global davriy aylanishi, insonning xo‘jalik va madaniy faoliyati kabi jarayonlar kuzatiladi.

  2. Populatsiya zichligi, individlar soni, ko‘payish tezligi, yashovchanlik, jinsiy va yosh bilan bog‘liq tarkibi kabi belgilar bilan ta’riflanadi.

  3. Biotik munosabatlar, oziq zanjiri, trofik darajalar kabi xususiyatlar bilan tavsiflanadi.

  4. Hayotiy jarayonlarning nerv-gumoral boshqarilishi, moslanish, xulq-atvor, umri davomiyligi kabi xususiyatlarni o‘rganadi.

21. Quyida keltirilgan xususiyatlar tiriklikning qaysi darajalari uchun xos?


1) Evglena suvning yorug‘ tushib turgan tomoniga qarab harakat qiladi;

Download 50.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling