Avtomatik yangilash dasturidan foydalanish
Download 14.17 Kb.
|
Avtomatik yangilash bo’yicha ma’lumotnoma
Avtomatik yangilash dasturidan foydalanish Dastur vazifasi Dastur "Norma" tizimlarining dasturiy ta’minoti va ma’lumotlar bazalarini yangilash uchun mo’ljallangan. Dastur imkoniyatlari Foydalanuvchi nazorati ostida so’zlashuv rejimida yangilashlarni ko’chirib olish va o’rnatish. Yangilashlarni avtomatik ravishda jadval bo’yicha ko’chirib olish va o’rnatish. Yangilashlarni qabul qilish Dasturni yangilash uchun yuqori paneldagi menyuda “Yangilash” / “Yangilashni olish” vazifalarini tanlang. Sizga kerak bo’lgan yangilash mavjud bo’lsa, dastur uning hajmini ko’rsatadi. Agar siz yangilash dasturini dasturiy mahsulot interfeysidan emas, ekranning pastki o’ng burchagidagi Norma belgisini bosib ishga tushirgan bo’lsangiz, dastur ko’chirib olishingiz mumkin bo’lgan yangilashlar ro’yxatini ko’rsatadi. Kerakli belgilarni qo’ying. “Davom eting” tugmasi bossangiz, dastur arxivlarni yangilashlar bilan birga ko’chirishni boshlaydi. Bu bir qancha vaqt talab etishi mumkin. Ko’chirish jarayoni progress-bar yordamida va olingan ma’lumotlarning miqdori raqamli ko’rinishda aks etadi. Ko’chirish tugallanishi bilan arxivlarni ochish boshlanadi. Qattiq disk orqali arxivlar bilan ishlash kam quvvatli kompyuterlarda boshqa dasturlar ishining vaqtinchalik sekinlashuviga olib keladi. Biroq arxivlarni ochish ko’p vaqtingizni olmaydi. Ma’lumotlar olinganidan so’ng dastur jarayonni tugallash maqsadida yangilanayotgan mahsulotni qayta ishga tushirishingizni taklif etadi. Agar shu vaqtda qayta ishga tushirishga qarshi bo’lmasangiz, “Yangilash” tugmasini bosing. Agar Siz “Norma” dasturida ishlashni to’xtatishni xohlamasangiz, yangilash taklif etilgan oynani shunchaki yopib qo’ying. AQT ma’lumotlar bazalari keyingi safar ishga tushirganingizda yangilanadi. Agar Siz yangilashni ekranning pastki o’ng burchagidagi Norma belgisini bosib amalga oshirayotgan bo’lsangiz, yangilangan ma’lumotlar yangilangan dasturlar keyingi safar ishga tushirilganida aks etadi. Jadval bo’yicha yangilash “Norma” mahsulotlarini yangilash dasturi avtomatik rejimda, foydalanuvchining aralashuvini talab etmasdan ishlashi mumkin. Siz mahsulotlarni yangilashni kompyuterda hech kim ishlamayotgan vaqtda, masalan, tunda amalga oshirmoqchi bo’lsangiz, ushbu rejim juda qulaydir. Avtomatik yangilash rejimini yoqish uchun avval dasturni sozlab olish lozim. Buning uchun sichqonchaning o’ng tugmasi yordamida ekranning pastki o’ng burchagidagi Norma belgisini bosing va “Sozlashlar” punktini tanlang. Ochilgan oynada “Mazkur vaqtda yangilashlarni avtomatik o’rnatish” punktini belgilang. So’ngra yangilash boshlanishi kerak bo’lgan hafta kuni va vaqtini kiriting. Shuningdek, Siz avtomatik yangilanishini xohlayotgan dasturlarni tanlab, nomlarining yoniga belgi qo’yishingiz lozim. Belgilangan kun va vaqt kelganda yangilash dasturi qo’shimcha savollar bermasdan yangilashni ko’chirishni boshlaydi. Mavjud bo’lgan yangilashlar to’g’risida foydalanuvchiga ma’lum qilish Har uch soatda dastur yangi yangilashlar bor-yo’qligini tekshiradi. Agar bor bo’lsa, bu to’g’rida xabar paydo bo’ladi. Qo’shimcha vazifalar va sozlashlar Proksi-server. Agar Siz Internet tarmog’iga ulanish uchun proksi-serverdan foydalansangiz, uning parametrlarini dasturning sozlashlarida ko’rsatish lozim. Ekranning pastki o’ng burchagidagi Norma belgisining kontekst menyusida “Sozlashlar” punktini, ochilgan oynada esa - “Ulanishni sozlash” punktini tanlang. “Proksini qo’llash” belgisini qo’yib, tegishli maydonlarga server manzili, login va parolni kiriting. Agar proksi parametrlari sizga noma’lum bo’lsa, tizim ma’muriga murojaat eting. Vaqtinchalik fayllarni o’chirib tashlash. Yangilash dasturi serverdan yuklangan arxivlarni bir oy davomida saqlaydi. Ular ko’p joy egallamaydi, biroq Siz bo’sh joy yetmayotgan bo’lsa, uni o’zingiz amalga oshirishingiz mumkin. Buning uchun “Boshqalar” qo’shimcha varag’idagi sozlashlar oynasida “Keshni tozalash” tugmasini bosish lozim. Ammo shuni yodda tutingki, dastur yangilashlarni ko’chirib olayotgan yoki ochayotgan vaqtda keshni tozalashning imkoni bo’lmaydi. Dastur oynasini istagan vaqtda yopishingiz mumkin. Agar shu vaqtda biror jarayon, masalan, fayllarni yuklash amalga oshirilayotgan bo’lsa, u orqa fonda davom etaveradi. Qiyinchiliklar vujudga kelganda, texnik qo’llab-quvvatlash xizmatiga murojaat eting. Tel.: 78-150-11-72 Download 14.17 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling