1. Biologiya oʻqitish metodikasi maqsad va vazifalari


Beruniyni talim tarbiya haqida fikrlari


Download 35.59 Kb.
bet4/6
Sana17.01.2023
Hajmi35.59 Kb.
#1097008
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1. Biologiya oʻ-WPS Office

4. Beruniyni talim tarbiya haqida fikrlari.
Abu Rayhon Beruniy – jahon fanining taraqqiyotiga g‘oyat ulkan hissa qo‘shgan zo‘r iste’dod egasi va tadqiqotchi edi. Uning o‘lmas ilmiy asarlari jahon fani taraqqiyotida benihoya yuksak ahamiyatga molikdir. Beruniyning yirik asarlariga “Mineralogiya”, “Hindiston”, “Geodeziya”, “O‘tmish yodgorliklari”, “Saydana” kabilarni olish mumkin. Beruniy har bir yaratgan asarining kishi ro‘qiyatiga, qobiliyatiga mos, uni toliqtirmaydigan bo‘li-shiga e’tibor beradi. Beruniy yozadi: “Bizning maqsadimiz o‘quvchini toliqtirib qo‘ymaslikdir. Hadeb bir narsani o‘qiy berish zerikarli bo‘ladi. Agar o‘quvchi bir masaladan boshqa bir masalaga o‘tib tursa, u xuddi turli-tuman bog‘-rog‘larda sayr qilgandek bo‘ladi, bir bog‘dan o‘tar-o‘tmas, boshqa bog‘ boshlanadi. Keyin uning hammani ko‘rgisi va tomosha qilgisi keladi”. Beruniyning ilmiy bilimlarini egallash yo‘llari haqidagi fikrlari hozirgi davrda ham dolzarbdir. O‘quvchiga bilim berishda:
o‘quvchini zeriktirmaslik;
bilim berishda bir xil narsani yoki bir xil fanni o‘rgatavermaslik;
uzviylik, izchillik;
yangi mavzularni, qiziqarli, asosan, ko‘rgazmali bayon etish kerak deb uqtiradi.
Bilim olishda tushunib o‘rganish, ilmiy tadqiqotchining poklikka rioya etishiga alohida e’tobor beradi, jamiyatning ravnaqi ma’rifatning rivojiga bog‘liq degan g‘oyani ilgari suradi.
Abu Rayxon Beruniy bilim olishni axloqiy tarbiya bilan bog‘laydi. Zero, insonda komillikning muhim mezoni yuksak axloq-likdir. Beruniy inson har tomonlama kamolga yetishi uchun u ilmli bo‘lishi bilan birga mehnatsevar va xunar egasi bo‘lishi ham kerak deydi. U inson kamolotida uch narsa muhimligini ta’kidlaydi. Bu hozirgi davr pedagogikasida ham e’tirof qiluvchi irsiyat, muhit, tarbiyadir. Ma’lum bir davrda inson kamolotiga irsiyat, muhitning ta’sirini inkor etib, faqat tarbiyani tan oladilar. Lekin Beruniy o‘z zamondoshlari-Farobiy, Ibn Sinolar kabi inson kamolotida har uchalasini ham muhim deb hisoblaydi. Ya’ni u insonning kamolotga yetishida ilm-u ma’rifat, san’at va amaliyot asosiy rol o‘ynasada, nasl-nasab, ijtimoiy muhit va ijtimoiy turmush qonuniyatlari ham katta ahamiyatga ega ekanligini ta’kidlaydi. Beruniy nazarida inson kamolga yetishning eng muhim omillari ilm-ma’rifatli bo‘lishi va yuksak axloqlilikdir. Beruniy ilmiy bilimga oid, ta’lim metodlari haqidagi qarashlari bilan ta’lim nazariyasida o‘ziga xos maktab yaratadi. Beruniyning ham tabiiy, ham ijtimoiy fanlarni qamrab olgan 150 dan ortiq asari mavjuddir.
Abu Ali Ibn Sino – Sharqning ulkan qomusiy aqli, jahon ilmi va madaniyatining eng mashhur namoyondalaridan biridir. Ibn Sino o‘rta asr fanining turli sohalari falsafa, tibbiyot tabiatshunoslik, badiiy adabiyot bo‘yicha yozgan asarlari bilan o‘chmas iz qoldirgan, u o‘z davrida “Olimlar raisi” unvoni bilan taqdirlandi. Uning yirik asarlariga quyidagilarni kiritish mumkin “Tib qonunlari”, “Ash-Shifo”, “Al-Qonun”, “Al-Najot”, “Donishnoma” va boshqalar.
Ibn Sino o‘zining ta’lim-tarbiyaga oid qarashlarini ijtimoiy-falsafiy qarashlari bilan bog‘liq holda ifodalagan va maxsus risolalarda talqin qilgan. Shuningdek fanlarni tasnif etadi. Bunda u birinchi o‘ringa tibbiyot fanlarini qo‘yadi.
Ibn Sino bilim olishda bolalarni maktabda o‘qitish zarurligini qayd etar ekan, ta’limda quyidagi tomonlarga rioya qilish zarurligini ta’kidlaydi:
bolaga bilim berishda birdaniga kitobga band qilib qo‘ymaslik;
ta’limda yengildan og‘irga borish orqali bilim berish:
o‘qitishda jamoa bo‘lib maktabda o‘qitishga e’tibor berish;
bilim berishda bolalarning qiziqishi va qobiliyatini hisobga olish;
o‘qitishni jismoniy mashqlar bilan qo‘shib olib borish;
Bu talablar hozirgi davr tamoyillariga ham mos kelishi bilan qimmatlidir.
Ibn Sino o‘qituvchining qanday bo‘lishi kerakligi to‘g‘risida qator fikrlarni bayon etadi. Ular quyidagilardir:
bolalar bilan muomalada bosiq, jiddiy bo‘lish;
berilayotgan bilimni talabalar qanday o‘zlashtirib olayotganiga e’tibor berish;
ta’limda turli metod va shakllardan foydalanish;
talabaning xotirasi, bilimlarini egallash qobiliyati, shaxsiy xususiyatlarini bilishi;
fanga qiziqtira olish;
berilayotgan bilimlarni eng muhimlarini ajratib bera olish;
bilimlarni talabalarga tushunarli, uning yoshi, aqliy darajasiga mos ravishda berish;
har bir so‘zning bolalar xissiyotini uyg‘otish darajasida bo‘lishiga erishish zarur, deydi olim.
Ibn Sino ta’limotida bilishda qaysi metodlardan foydalanilmasin u og‘zaki ifodalash, tajribalarini baribir talabada haqiqiy bilim hosil qilish mustaqil, mantiqiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirish, olgan bilimlarini amaliyotga tadbiq eta olish qobiliyatini tarkib toptirish asosiy maqsad bo‘lgan.
Ibn Sino aqliy, axloqiy tarbiya bilan bir qatorda inson kamolotida jismoniy tarbiyaning muhim ahamiyatini ham nazariy, ham amaliy jihatidan tahlil qiladi.
Ibn Sinogacha insonning kamolga yetishida jismoniy tarbiyaning ta’siri haqida bizlarda bir yaxlit ta’limot yaratilmagan edi.
Jismoniy mashqlar, to‘g‘ri ovqatlanish, uyqu, badanni toza tutish, tartibga rioya etish, inson sog‘lig‘ini saqlashda muhim omillardan ekanini ham ilmiy ham amaliy jihatidan asosladi.
Xulosa qilib aytganda, Ibn Sinoning ta’lim-tarbiyaviy qarashlarida insonning ham aqliy, ham ahloqiy estetik hamda jismoniy tomondan rivojlanishi uning kamolga yetishining asosiy mezoni sifatida talqin etiladi.
5.
Download 35.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling