1. Bir kecha-kunduzda teri yuzasidagi necha gram epidermis hujayralari chiqindisi hosil boʻladi
Download 62.5 Kb.
|
Ayrish va teri boyicha test
http://nambiolog.zn.uz https://t.me/nambiolog https://t.me/biolog_group Ayrish va teri 1. Bir kecha-kunduzda teri yuzasidagi necha gram epidermis hujayralari chiqindisi hosil boʻladi? a) 25-30 b) 50-35 c) 10-15 d) 40-45 2. Birlamchi siydikning tarkibi qonning qaysi qismi tarkibiga yaqin boʻladi? a) leykotsitlar b) qon plazmasi c) trombotsitlar d) eritrotsitlar 3. Ona suti (a) va qon plazmasi (b) tarkibidagi mineral tuzlarni miqdorini aniqlang. a) a-0.9 % b-0.8 % b) a-0.9 % b-0.3 % c) a-0.3 % b-0.9 % d) a-0.8 % b-0.9 % 4. Qaysi gormon kam hosil boʻlsa, birlamchi siydikning qonga soʻrilishi buziladi? a) oksitosin b) melotanin c) vasoprossin d) intermedin 5. Moddalar almashinuvining oxirgi maxsulotlari qaysi organlar orqali tashqariga chiqariladi a) teri, derma, oʻpka b) oʻpka, bronx, traxeya c) buyrak, yurak, oʻpka d) teri, oʻpka, buyrak 6. Vazoprossin gormoni qaysi jarayonni boshqaradi? a) bolalarda oʻsish va rivojlanishni b) terida pigment hosil boʻlishini taminlaydi c) sut bezlari faoliyatini d) rebsorbisiya jarayoni 7. Moddalar almashinuvining oxirgi maxsulotlari, orttiqcha tuzlar, suv, organiz uchun zarur boʻlmagan va zararli moddalar chiqib ketadigan organlarni aniqlang. 1.oʻpka 2.jigar 3.buyurak 4.taloq 5.teri 6.ichak 7.oʻt pufagi a) 1,2,3,7 b) 2,3,4,7 c) 5,6,7 d) 1,3,5,6 8. Terining ayrish funktsiyasini qaysi organlar orqali ta’minlaydi? a) ter bezlari b) ter va yogʻ bezlari c) ter, yogʻ, sut bezlari d) ter va sut bezlari 9. Mayda muskul tolalari tananing qaysi qismida uchraydi? a) barmoqlarda b) qovurgʻalar orasida c) terining derma qavatida b) kaftlarda 10.Reabsorbisiya jarayoni deb nimaga aytiladi? a) birlamchi siydik tarkibidagi moddalarning vena tomirlariga qayta soʻrilishi b) birlamchi siydkdagi moddalarning arteriya tomiriga qayta soʻrilishi c) birlamchi siydikdan ikkilamchi siydikning hosil boʻlishiga d) filtirasiya davriga 11. Buyurak-tosh kasalliklarining asosiy sababi nima? a) birlamchi siydik hosil boʻlishining tezlashuvi b) organizda tuz almashinuvining buzilishi c) organizmda qon aylanishining jadallashuvi d) organizmda uglrvod va oqsil almashinuvining buzilishi 12. Quyda berilganlarning qaysi birlari siydik ajralishini kamaytiradi? a) simpatik nerv tolalari, antidiuretik gormoni b) parasimpatik nerv tolalari, tiroksin gormoni c) simpatik nerv tolalari, tiroksin gormoni d) parasimpatik nerv tolalari, antidiuretik gormoni 13.Buyurakda qon aylanishining asosiy xususiyatini aniqlang. a) arteriya qoni 2 joyda toʻrsimon shakildagi kapillyarlar orqali oʻtadi b) venoz qon 2 joyda toʻrsimon shakildagi kapllyarlar orqal oʻtadi. c) arteriya qoni venoz qonga juda tez aylanadi d) qon tomirlar boʻylab juda tez harakatlanadi 14. Buyurakda siydik hosil boʻlishining filtrasiya davri nimaga bogʻliq? a) kapillyarlardagi bosimning past, kapsuladagi bosimning yuqori boʻlishiga b) kapillyarlardagi bosimning yuqori, kapuladagi bosimning past boʻlishiga c) kapillyar va kapsuladagi bosimning bir xil boʻlishiga d) buyurakdagi qadaxsimon kapsulalar soniga 15. Buyrak darvozasi orqali unga… a) arteriya qon tomiri kiradi, vena qon tomirlari chiqadi b) vena qon tomirlari kiradi, siydik yoʻli chiqadi c) vena qon tomiri kiradi, arteriya qon tomiri chiqadi d) arteriya qon tomiri chiqadi, siydik yoʻli kiradi 16. Katta odamda siydik yoʻlining uzunligi qancha va u necha qavatdan iborat? a) 30sm, 3 qavat b) 15sm, 2 qavat c) 40sm, 5 qavat d) 20sm, 2 qavat 17. Birlamchi siydikning tarkibi qon plazmasi tarkibiga yaqin boʻlib, uning tarkibidagi plazmada qaysi modda boʻlmaydi? a) oqsil b) yogʻ c) glyukoza d) suv 18. Quvuqda qancha siydik toʻplanishini belgilang (sm kub). a) 200-300 b) 350-400 c) 450-500 d) 500-700 19. Ayrish sistemasi qaysi organlardan tashkil topgan? a) siydik yoʻli, siydik pufagi, siydik chiqarish kanali b) buyurak, siydik pufagi, siydik chiqarish kanali c) buyurak, siydik yoʻli, siydik pufagi, siydik chiqarish kanali d) buyurak, siydik yoʻli, siydik chiqarish kanali 20. Quyidagi birikmalarni qaysilari sog`lom odamning ikkilamchi siydigi tarkibida uchraydi? 1.tuz 2.oqsil 3.glyukoza 4.kreatinin 5.mochevina a) 1, 2, 3, 4, 5 b) 2, 3, 4, 5 c) 1, 4, 5 d) 2, 3 21. Qaysi organ orqali moddalar almashinuvining oxirgi maxsulotlari qoldiq azot va suvda erigan tuzlar tashqariga chiqariladi a) ichak b) buyurak c) oʻpka d) bronx 22. Siydik ajralishining qaysi gormon koʻpaytiriladi? a) katexolamin b) antidyurektik c) estereogen d) tiroksin 23. Buyurakning birlamchi siydik hosil boʻladigan qismi? a) Shumlyanisky karsulasi b) piramidalar c) nefronlar d) kalvasimon naychalar 24. Jismoniy mashq bajarish vaqtida 2000 ml ter ajralgan boʻlsa, uning tarkibidagi azot qoldigʻi (a) va osh tuzi (b) ning miqdorini aniqlang. a) a-8 gr b-4 gr b) a-3 gr b-6 gr c) a-4 gr b-8 gr d) a-1 gr b- 2 gr 25. Ikkilamchi siydik tarkibida qanday moddalar uchraydi? a) qoldiq azot, mochevina, keratin, tuz va suv b) azot, mochevina, oqsil, tuz va suv c) azot, mochevina, vitaminlar, tuz va suv d) azot, keratin, tuz, mochevina, vitaminlar 26. Buyurakda sidik hosil boʻlishining birinchi davri qanday nomlanadi? a) reabsorbsiya b) filtrasiya c) transpirasiya d) plazmoliz 27. Odam terisida qanday retseptorlar boʻladi? a) harorat sezuvchi b) ogʻriqni sezuvchi c) bosimni sezuvchi d) barcha javoblar toʻgʻri 28. Epidermisning ustki qavati har necha kunda butunlay yangilanadi? a) 4-5 b) 7-11 c) 1-2 d) 15-20 29. Terining qaysi qismida yogʻ va ter bezlari joylashgan? a) epidermisda b) dermada c) epidermis, dermada d) teri osti kletchatkasi, dermada 30. Teri qanday funksiyani bajaradi? a) sezish, nafas olish, issiqlikni tartibga solish b) himoya, sezish, nafas olish c) issiqlikning boshqarilishi, nafas olish, sezish d) himoya, sezish, ayrish, issiqlikning boshqarilishi 31.Terining derma qavati qanday toʻqimalardan hosil boʻlganini belgilang. a) bir qavatli epiteliy b) koʻp qavatli epiteliy c) biriktiruvchi d) muskul 32.Tananing qaysi qismlarida terining qalinligi 4 mm gacha boʻladi? 1.qoʻlning kafti 2.yuz 3.koʻkrak 4.oyoqning tovoni 5.qorin 6.tananing orqa a) 1,2,3,4 b) 3,4,5,6 c) 4,5,6 d) 1,4,6 33.Soch va tuk tolalarining ildizi terining qaysi qismida boʻladi? a) gipoderma b) derma, gipoderma c) epidermis, derma d) derma 34. Qon plazmasi (a) va ona suti (b) tarkibidagi oqsillar miqdorini aniqlang. a) a-7-8 % b-4.5 % b) a-7-8 % b-0.3 % c) a-7-8 % b-6.5 % d) a-7-8 % b-1.5 % 35. Odam organizmda ter bezlari ayrishi natijasida bir kecha-kunduzda ajraladigan ter miqdorini uning tarkibidagi osh tuzi va azot qoldigʻining miqdorini aniqlang. a) 700 ml, 2gr, 1gr b) 500 ml, 2 gr, 1gr c) 500 ml, 1gr, 2gr d) 550 ml, 3gr, 2g 36. Ona suti (a) va qon plazmasi (b) tarkibidagi uglevodlar miqdorini aniqlang. a) a-4,5 % b-0,1 % b) a-1,5 % b-0,1 % c) a-6,5 % b-0,1 % d) a-0,1 % b-1,5 % 37. Reabsorbisiya jarayonini pasaytiradigan ichki sekresiya bezi va gormonini belgilang. a) qalqonsimon bez, tiroksin b) gipofiz, vasopressin c) qalqonsimon bez, timozin d) gipofiz, oksitotsin 38. Ayollar ko`krak sut bezlardan ajiraladigan sutning tarkibidagi oqsil, yog`, uglevod, mineral tuzlar, va suv miqdori to`g`ri ko`rsatilgan javobni aniqlang ? a) 1.5 % 4.5 % 5.5 % 0.5 % 87 % b) 1.5% 3.5 % 5.5 % 0.5 % 86 % c) 1.5 % 3.5 % 6.5 % 0.3 % 85 % d) 1.5 % 4.5 % 6.5 % 0.3 % 87 % 39. Siydik yoʻli qayerdan boshlanadi? a) buyrak jomidan b) buyrak darvozasidan c) kalavasimon kanalchalardan d) buyrak poʻstidan 40. Nefrit va piyelonefrit kasalliklarining sababi nima? a) tiroksin gormonining koʻp ishlab chiqarilishi b) tuzni koʻp iste’mol qilish c) kam harakatlanish d) tish kasalliklarini oʻz vaqtida davolamaslik 41. Buyrakdan siydik ajralishini kuchaytruvchi (a) va kamaytruvchi (b) nervlar hammda garmonlarni juftlab ko`rsating ? 1. simpatik nerv tolasi 2. parasimpatik nerv tolasi 3. vasopressin 4. tiroksin a) a-1,3,4 b-2 b) a-2,4 b-1,3 c) a-1,3 b-2,4 d) a-2 b-1,3,4 42. Buyrakdan ajraladigan moddalarni belgilang ? 1.siydik kislata 2.qoldiq azot 3.ortqcha tuz 4.kreatinin 5.oqsil 6.lipaza 7.oziq moddalar a) 3,4,6,7 b) 1,3,5,6 c) 1,2,3,4 d) 1,2,3,5 43. Buyrak dorvoza qismidan … kiradi (a) va … chiqadi(b). 1. buyrak arteriyasi 2.buyrak venasi 3.siydik yo`li 4.buyrak aortasi 5.tojisimon arteriya a) a-5 b-2,3 b) a-1,4 b-2,3 c) a-1,5 b-2,3,4 d) a-1 b- 2,3 44. Bolalar sovuni tarkibida qaysi moddalar teridagi mikroblarni yo`qatadi (a) va terni yumshatadi (b) ? a) a-bor kislota b-lanolin b) a-xlorid kislat b-vazelin c) a-bor kislata b-lytsin d) a-sulfat kilota b-letsitin 45. Teri epidermasining sirtqi qavatidagi oʻlik hujayralar va derma qavati orasida qanday hujayralar joylashgan? a) dermaning oʻlik hujayralar qavati b) gipoderma qavati c) epidermaning tirik hujayralar qavati d) reseptorlar 46. Sogʻlom odamning ikkilamchi siydigida quydagi birikmalarni qaysilari boʻlmasligi kerak? 1.tuz 2.oqsil 3.glukoza 4.kreatinin 5.mochevina a) 2,3,4,5 b) 1,4,5 c) 2,3 d) 1,2,3,4,5 47. Ona suti (a) va qon plazmasi (b) tarkibidagi uglevodlar miqdorini aniqlang. a) a-4,5 % b-0,1 % b) a-1,5 % b-0,1 % c) a-6,5 % b-0,1 % d) a-0,1 % b-1,5 % 48. Buyrakning poʻst qavatidagi qoramtir nuqtalar nima? a) buyrak jomi b) malpigi tuguni c) baumen kapsulasi d) buyrak venasi http://nambiolog.zn.uz https://t.me/nambiolog https://t.me/biolog_group Download 62.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling