Osmotik bosim. Turgor va plazmoliz
Download 78 Kb.
|
O’simlik hujayrasining osmotik xususiyatlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Diffuziya va osmos
O’SIMLIK HUJAYRASINING OSMOTIK XUSUSIYATLARI Reja:
Diffuziya va osmos. Osmotik bosim. Turgor va plazmoliz. Osmotik bosimni aniqlash usullari. Tayanch so’zlar: Diffuziya, osmos, endoosmos, ekzoosmos, osmotik bosim, turgor, plazmoliz, qavariq plazmoliz, botiq plazmoliz, deplazmoliz, so’rish kuchi va tenglamasi, protoplast, absolyut harorat, plazmalemma, tonoplast, elektrolit eritmalar. Diffuziya va osmos. Hujayraning hayotiyligi undagi doimiy modda almashinuv jarayonining mavjudligiga bog’liq. Ya’ni, hujayralar tashqi sharoitdan yoki yonma-yon joylashgan hujayralardan moddalarni to’xtovsiz qabul qiladi, ayrim moddalarni esa aksincha o’zidan chiqaradi. Ya’ni, o’simlikning hayoti uni tashkil qilgan hujayralarning tashqi va ichki muhit omillari bilan munosabati orqali amalga oshadi. Bulardan eng muhimi hujayralarga tashqi muhitdan suv va unda erigan moddalarning kirishi va hujayralararo harakatidir. Ana shu jarayonlarda o’simlik hujayralarida mavjud bo’lgan osmotik potensial katta rol oynaydi. Bu esa diffuziya va osmos qonunlaridan kelib chiqadi. Umumiy sistemada moddalarning bir joydan ikkinchi joyga siljishiga diffuziya deyiladi. Diffuziyalanuvchi modda o’z yo’lida parda uchratsa, uning tarqalishi ancha qiyinlashadi. Hujayraning sellyuloza, gemisellyulozadan iborat po’sti ham shunga o’xshash pardalar qatoriga kiradi. Suyuq va erigan moddalarning parda orqali diffuziyalanish hodisasiga osmos deyiladi. Eritmaning parda orqali ichkariga kirishiga endoosmos, tashqariga chiqishiga esa ekzoosmos deyladi. Keyingi yillarda o’tkazilgan tekshirishlarning ko’rsatishicha, faqat erituvchilarni (suv) o’tkazib, erigan moddalarni butunlay o’tkazmaydigan pardalar ham borligi aniqlandi. Bunday pardalar tanlab o’tkazuvchi pardalar deb ataladi. Download 78 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling