Osmotik bosim. Turgor va plazmoliz


Download 78 Kb.
bet2/4
Sana03.02.2023
Hajmi78 Kb.
#1152292
1   2   3   4
Bog'liq
O’simlik hujayrasining osmotik xususiyatlari

Osmotik bosim. Ekzoosmosdan ko’ra endoosmosning kuchliroq bo’lishi natijasida rivojlanib, pufakning ichki tomonidan itaruvchi gidrostatik bosim – osmotik bosim deb ataladi. Bunday bosimning mavjudligini birinchi marta 1826 yilda fransuz botanigi Dyutroshe isbotlab bergan. Buni isbotlashda qo’llanilgan asbob esa Dyutroshe osmometri deyiladi. Bu osmometr bilan osmotik qonuniyatni ko’rib chiqish uchun hayvon qovug’idan yoki perg’ament qog’ozidan xaltacha tayyorlab, uni tez diffuziya qilmaydigan modda bilan (saharoza, glyukoza) to’lg’azib suvga solsak, xaltacha shisha boshlaydi, uning devorlari tarang bo’lib qoladi va ichkaridan hosil bo’lgan bosimga chidolmay yoriladi. Agar xaltacha og’zini butunlay bog’lash o’rniga shisha nay o’rnatilsa, uning ichidagi suyuqlik balandligi ichki bosim ta’sirida ko’tarila boshlaydi. Bu jarayon dastlab tezroq borib, keyinchalik sekinlashadi va to’xtab qoladi, keyin esa yana pasaya boshlaydi. Chunki Dyutroshe ishlatgan parda (plyonka) yarim o’tkazgich xususiyatiga ega emas edi.
Bu tajribani 1877 yilda V.Pfeffer o’simlik hujayrasiga yaqinroq holda o’tkazgan. Buning uchun u mayda teshikchali chinni silindr ichiga mis kuporosi eritmasini solgan va silindrni sariq qon tuzi K4[Fe(SN)]6 eritmasi ichiga tushirgan. Natijada o’simlik hujayrasiga yaqinroq yarim o’tkazgich membrana hosil bo’lgan. Pfeffer osmotik bosimning qiymati turli sharoitga bog’liq bo’lganini shu osmometr yordamida tekshirib, uning eritma konsentrasiyasiga nisbatan to’g’ri proporsional ekanligini aniqlagan.
O’simliklarning hujayrasida ham Shunday jarayonlar sodir bo’lishi mumkin. ya’ni, o’simlik hujayrasining po’sti elastiklik xususiyatiga ega bo’lib, cho’zilish qobiliyatiga ega. Suv va erigan moddalarni o’zidan o’tkazadi. Lekin protoplazma membrana qavatlarining mavjudligi (plazmolemma va tonoplast) sababli turli moddalarga nisbatan tanlab o’tkazuvchanlik xususiyatiga ega. Uning bu xususiyati suv va suvda erigan moddalarning hujayra shirasiga turli tezlikda o’tishiga asoslanadi.
O’simlik hujayrasining vakuolasida juda ko’p osmotik aktiv moddalar to’planadi. Bularga shakarlar, organik kislotalar va tuzlar kiradi. Hujayra shirasida osmotik aktiv moddalar qancha ko’p to’plansa, unda osmotik bosim shuncha yuqori bo’ladi.
Hujayraning osmotik bosimini Vant-Goff formulasi boyicha aniqlasa bo’ladi: RqRTSi, bu yerda R – osmotik bosim, S- eritma konsentrasiyasi, R – gazlar qonstanti-0,08207 ga teng, T-absolyut harorat, i –izotonik koeffisiyent bo’lib, elektrolit eritmalar uchun 1,5 ga va elektrolitmas eritmalar uchun 1,0 ga teng.
Osmotik bosim o’simlik turlariga, ularning yashash sharoitlariga va hatto organlariga ham bog’liq, ya’ni ko’pchilik mezofitlarning ildizida 0,3-1,2 mPa teng bo’lsa, yer o’sti qismida 1,0 – 2,6 mPa ga teng. Sho’r tuproqlarda yashovchi o’simliklarda (galofitlarda) eng yuqori – 15 mPa gacha bo’ladi.

Download 78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling