1. Biriktirilgan guruhda mustaqil ravishda kun tartibini o’tkazish


Bola tarbiyasida milliy o‘yinchoq va qo‘g‘irchoqlarning roli


Download 168.26 Kb.
bet9/14
Sana30.04.2023
Hajmi168.26 Kb.
#1413889
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
mavzu

Bola tarbiyasida milliy o‘yinchoq va qo‘g‘irchoqlarning roli. Maktabgacha ta’lim muassasalarida tarbiyalanuvchilarning aqliy ta- fakkurini shakllantirish turli xil vositalar orqali amalga oshiriladi. Av- valo tarbiyalanuvchilarning aqliy tafakkuri har xil faoliyatlar vosita- sida katta kishilarning mehnati bilan tanishtirish jarayonida (masalan, qo‘g‘rirchoq yasash ishi), har xil mashg‘ulotlar va mashg‘ulotlardan tashqari, ta’lim berish asosida, mustaqil topshiriqlarni bajarish bilan rivojlantirib boriladi. Bundan tashqari, har xil bayramlar, turli xil tadbirlar, shoir va yozuvchilarning tavallud topgan kunlarini nishon- lash jarayonlari, san’at vositalari, bolalar badiiy adabiyoti, tasviriy va amaliy san’at, o‘yinchoq va o‘yin materiallari, ommaviy axborot vositalari, kino va turli xil multfilmlar, xalq og‘zaki ijodi namunalari bo‘lgan ertaklar, rivoyat va topishmoqlar, maqollar tarbiyalanuvchi- larning aqliy rivojlanishiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Bu hamma vositalar- dan keng ravishda, izchillik va tizimlilik asosida foydalanib borsagina bolalar aqliy tafakkurining rivojlanishiga samarali ta’sir ko‘rsatadi. Masalan, maktabgacha ta’lim muassasalaridagi bolalar tafakkur va bilimlarini faqat o‘yin-mashg‘ulotlarda yaxshi o‘zlashtirib oladilar. Tarbiyalanuvchilar tomonidan o‘zlashtirib olingan aqliy tafakkur ja- rayoni tasavvur va tushunchalarni ongli ravishda tushunib yetishlari,
fikrlashlari dastlab mashg‘ulotlarda, keyinchalik o‘yin, mehnat, ay- rim topshiriqlarni mustaqil bajarishlari orqali amalga oshiriladi. Ana shunday vositalardan biri maktabgacha yoshdagi (3–5 yoshli) bolalar aqliy tavakkurini shakllantiruvchi asos qo‘g‘irchoqlardir.
6-Umumiy guruh bo‘lib ishlash Nutq o‘stirish va savod xonlik o‘rgatish mashg‘ulotini tashkil etish

Barcha tashqi xissiyotlarni shakllantirish


Mashg’ulotning boshlanishidanoq bolalarning diqqatini tashkil eta bilish kerak. Bu bolalar oldiga qo’yilgan aqliy vazifaga bog’liq. Bolalarga qanday ishlar olib borish zarur­ligi ko’rsatiladi va tushuntiriladi, ularni ayrim bolalarga alohida takrorlash shart emas, balki hamma bolalarni e`ti­bor bilan eshitib o’tirishga o’rgatish kerak, zarurat tug’ilsagina takrorlash mumkin. Bog’chadagi bolalar o’qish, yozishni bilmaganlari uchun o’tilgan materialni qaytarib mustaxkamlay olmaydilar, shuning uchun bolalarga berilgan bilimni mustahkamlash uchun tar­biyachi takrorlash va mashq qildirish usullaridan foydala­nadi. 

Download 168.26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling